O'zbekiston tarixi


 Muhitdinov N. Kremlda o‘tgan kunlarim. - Т.: 0‘zbekiston, 1995. 18-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Muhitdinov N. Kremlda o‘tgan kunlarim. - Т.: 0‘zbekiston, 1995. 18-bet. 
438


0„z. kompartiya MQning sentabr plenumida qatnashgan Y.Oxunboboev 
1937-yil 7-oktabrda Andijon shahar partiya I qo„mi- tasi II plenumida 
«0„zbekiston KP(b) MQ III va IV plenumlari qarorlari yakunlari» to„g„risida 
ma‟ruza qilib, A.Ikromov, F.Xo„jayev va boshqalaming «xalq dushmani» 
sifatidagi «faoliyatlarini ochib» tashlaydi. Plenumning butun ruhi 
F.Xo„jayev, A.Ikromov boshliq « kontrrevolyutsion banda»ga qarshi 
qaratiladi. 
6
-son yog„ zavodi nomidan so„zga chiqqan Ahmadaliyev 
A.Ikromov, F.Xo„jayevlar «dumlari» bizning Andijonda ham bor deb, 
xalqni ko„proq Lenin partiyasiga jipslashib ichki dushmanlarga qarshi 
kurashishga chaqirdi. Shahar partiya qo„mitasi instruktori 0„rmonov esa 
«0„rtoq Oxunboboyev bizga Ikromov va boshqalaming kontrrevolyutsion 
xatti-harakatlarini tasvirlab berdi, ulaming gumashtalari Andijonda ham 
bor», deb ta‟kidlab o„tdi. Mirzaboyev ham Y.Oxunboboyev nutqini 
quwatlab, Krikanov, Boltayev, Teshaboyev, Abdug„ofurovlami partiyadan 
o„chirib, sudga berishlikni talab qildi. Plenum shahar partiya qo„mitasi 
byurosi eski tarkibini tarqatib yuborishga, uning a‟zolarini partiyada qolish-
qolmasligi 
masalasini 
yangi 
byuroga 
topshirishga 
qaror 
qildi. 
Y.Oxunboboyev tavsiyasi bilan shahar partiya qo„mitasi byurosining yangi 
tarkibi saylandi. Keyinchalik yangi byuro a‟zolari ham qatag„on qilinadi
1

Usmon Yusupov esa o„zining «Kontrrevolyutsion banda batamom 
tugatilsin» deb nomlangan maqolasida bunday deb yozgan edi: «Xalq 
dushmanlarining 
fosh 
etilgan 
bandasi, 
yaramas 
kontrrevolyutsion 
millatchilar Ikromov, Fayzulla Xo„jayev, Islomov, Boltaboyev, Karimov, 
Shermuhammedov, Tursunxo„jayev, Usmonov, To„rabekov, Sorokin, 
Hasanov, Mirzaahmedov va boshqalar partiya bileti bilan niqoblanib
egallab turgan lavozimlari hamda yaratib qo„yilgan imkoniyatlardan 
foydalanib, o„z yaramasligi va tubanligi bo„yicha misli ko'rilmagan fitna 
uyushtirdilar. Ular o„zbek va butun sovet xalqlarini xoinlikka 
tayyorladilar»
2

U.Yusupovning 1937-yil 10-noyabrda «Qizil 0„zbekiston» gazetasida 
bosilgan «Yangi g„alabalar sari olg„a!» deb nomlangan maqolasidagi 
quyidagi jumlalar ham g„oyatda dahshatlidir: «Xalq dushmanlari, ajnabiy 
davlat josuslari Fayzulla Xo„jayev, Ikromov, Sexer, Manjara, R.Islomov, 
Selkina, Karimov, Nemsovich va 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling