O'zbekiston tarixi
«Xalq so‘zi» gazetasi. 1991-yil 23-may
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
«Xalq so‘zi» gazetasi. 1991-yil 23-may. 437 ikki kun o„tar-o„tmas 15 martdayoq A.Ikromov shoshilinch sur'atda qamoqxonaning o„zida otib tashlandi. U bu paytda hali 40 yoshga ham toimagan navqiron yigit edi. A.Ikromovning Toshkentdagi qamoqxonada ushlab turilgan umr yo„ldoshi E.L.Zelkina ham 1938- yil 7-oktabrda otib tashlandi. A.Ikromovdan so„ng uning beshta aka- ukalari, 2 farzandi - Urgut (birinchi xotini Hanifa Ibrohimovadan 1919- yilda tug„ilgan) va Komil ham qatag„onga uchradilar, qamoq va surgunlarda azob chekdilar. 1957- yil 31-iyulda ko„pchilik qatag„on qilinganlar qatorida Akmal Ikromov ham oqlandi, kechikib bo„lsa-da, adolat tiklandi. Ammo A.Ikromov o„zining otilishiga bir necha kun qolgan boisa- da, mustamlakachilaming asl maqsadlari mohiyatini tushunib yeta olmaydi va ulardan muruwat kutadi. Buni sud zalida aytgan quyidagi so„zlarida ko„rishimiz mumkin: «Men ko„p xato va kamchiliklarga yo „1 qo„ydim, ammo hech qachon xalqning, partiyaning, o„rtoq Stalinning dushmani boimaganman. Partiyaning bosh yoiini ro„yobga chiqarish uchun kuch- g„ayratimni ayamasdan mehnat qildim. Agar hayotim saqlab qolinsa, har qanday ishda, har qanday joyda o„zimning sofligimni va Vatanga sadoqatimni mehnatim bilan ko„rsataman va isbotlayman»‟. Afsuski, 0„zbekistondek katta respublikaga boshchilik qilgan Akmal Ikromovning shoio hukumatiga uning «sofligi» va «sadoqati» emas, balki «joni va qoni» kerakligini tushunolmadi. Agar mabodo ushbu oddiy haqiqatni u o„z vaqtida tushunganida, o„zidan keyingi avlodlarga o„ziga xos ibratli siyosiy da’vat qilarmidi..! F.Xo„jayev va A.Ikromovlar nohaq qatag„on qilinganda ulami yaxshi bilgan, birga yelkadosh boiib ishlagan 0 „zbekistonning Y. Oxunboboyev, U.Yusupov kabi rahbarlari qanday pozitsiyani egalladilar? Ular insoniy burch va vijdon amriga quloq solib F. Xo„jayev va A.Ikromov to„g„risida bor haqiqatni ochiq-oydin o„rtaga tashlab ulami himoya qildilarmi? Axir F.Xo„jayev bilan A.Ikromovni Y.Oxunboboyev bilan U.Yusupovdan ko„ra ham yaxshiroq biladigan kishini o„sha davrda topish qiyin edi-ku. Ming afsuski, Y.Oxunboboyev ham, U.Yusupov ham Moskvadagi xo„jayinlarining ko„nglini ovlab, F.Xo„jayev bilan A.Ikromovning «xalq dushmani» sifatidagi qiyofasini ochib tashlashda «namuna» ko„rsatdilar. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling