O'zbekiston tarixi
Шамсутдинов P. Жертвы репрессии. - Андижан, «Мерос», 1994,74-75- betlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
Шамсутдинов P. Жертвы репрессии. - Андижан, «Мерос», 1994,74-75- betlar.
2 «Komsomoles Uzbekistana» gazetasi, 1937-yil 2-sentabr. 439 boshqalar o„zbek xalqiga ko„p yomonlik va ifloslik qildilar. Ular paxtachilikning rivojlanishiga to„siq bo„ldilar, almashlab ekishni so„z takrorlash, urug„liklarga kasal yuqtirib so„z takrorlash, 0 „zbekistondagi hayotning asosiy manbai suv xo„jaligini yemirdilar. Qoramollarni zaharladilar, yuqumli kasalliklar tarqatdilar, qo- rako„l sifatini so„z takrorlash, qoramollarni qirdilar. Ular VKP(b) Markazqo„mi, SSSR Xalq Komissarlar Soveti qarorlarini va Qishloq xo„jalik arteli Ustavini so„z takrorlash, o„n minglab kolxozchilardan tomorqa yerlarini tortib oldilar, kolxozchilami sutli sigirlardan mahrum qildilar. Xalq dushmanlari xo„jalik va madaniy qurilishning ko„p uchastkalarida ziyon yetkazish va o„sishga to„siq bo„lish uchun hamma choralami ko„rdilar. Ba‟zi uchastkalarda ulaming hali fosh qilinmog„on qoldiqlari hozir ham ziyon yetkazayotirlar va ziyonchilik oqibatlarini tugatish tadbirlariga sabotaj qilmoqdalar». Bunday xatti-harakatlar va fikr-mulohazalar 30-yillarda Usmon Yusupov faoliyatida anchagina sodir bo„lgan, albatta. Bunday yo„lni tutmasdan u o'zining egallab turgan lavozimida ishlay olmas ham edi. Mabodo «boshqacha» yo„1 tutgan taqdirda ham uning qo„lidan hech narsa kelmasligi aniq edi. Ammo bundan mamlakatda uyushtirilgan ommaviy qatag„onliklarga 0 „zbekiston rahbari befarq qaragan, deb aytish, albatta, Usmon Yusupov xotirasiga nisbatan hurmatsizlik bo„lur edi. Jumladan, u 1938-yilda shaxsan I.Stalin, Andreev va Malenkovlarga maxsus xat bilan murojaat qiladi va unda NKVD (Ichki ishlar Xalq Komissari) xodimlari haddidan oshayotganliklari va shu boisdan ulami jilovlab qo„yishni so„raydi: «0„zbekiston Ichki ishlar xalq komissarlari organlari faoliyatida juda katta kamchilik va qonunbuzarliklarga yo „1 qo„yilmoqda, bu holat NKVD organlariga suqilib kirib olgan dushmanlar, ayniqsa Leonov (xalq komissarining sobiq o„rinbosari) va Apresyan (sobiq xalq komissari) tomonidan har jihatdan rag„batlantirib, hatto shunga majburlab kelindi. Ommaviy qamoqqa olishlarga zo„r berildi, ko„p holatlar yetarli darajada asoslanmadi. Ichki ishlar Xalq komissarligida, uning rayonlardagi bo„limlarida hatto eng ko„p qamoqqa olish uchun musobaqa e‟lon qilindi. Binobarin, NKVD xodimlari faoliyatiga baho berishda ulaming o„zlari hibsga olgan odamlaming ko„rsatmalari va soni dalil bo„lib xizmat qildi. Bu esa yetarli darajada asoslanmay qamashlarga keng yo „1 ochdi» 1 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling