O'zbekiston tarixi
Qilichev Fayzulla. Zulmatdan sadolar. - Т.: Adolat, 19946 138-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Qilichev Fayzulla. Zulmatdan sadolar. - Т.: Adolat, 19946 138-bet. 2 O'sha manba, 139-bet. 3 Qilichev Fayzulla. Zulmatdan sadolar. - Т.: Adolat, 1994, 139-bet. 441 qaraganda «uchlik» har soatda 100 ga yaqin ish ko„rgan, hukm esa ikki xil: oliy jazo - otib oidirish yoki 10 yil yozishma olib borish cheklangan holda qamoq bo„lgan. Bulaming ikkalasi ham oiim degani edi. Uchlikning qarori mening ishtirokimda, NKVD komendanti Shishkin tomonidan darhol ijro etilardi. Mahbus otib tashlanardi. Hukm qilinganlar orasida oiimi oldidan «Yashasin Stalin, Yashasin Sovet hokimiyati!» degan xitoblar aytilganini ko„p marta eshitganman. Ular nazarimda vijdonan ishlagan, hukumatga sodiq insonlar edi. Shishkinga ijrochiligi uchun, «Hurmat belgisi» ordeni topshirilganligini ham bilaman» 1 . Ish shu darajaga borib yetdiki, odamlar qamoqda o„z jonini saqlab qolish uchun bir-birlariga, qo„ni-qo„shnilariga, birga ishlay- digan kasbdoshlariga tuhmat qilib ayg„oqchilik bilan shug„ullandilar. Ba‟zi hollarda odamlar o„zaro bir-birlariga o„tmishdagi gina-kudurat va adovatlar uchun ham o„ch olib tuhmat qilar edilar. Tuhmat uchun esa bosh qotirishga ham ehtiyoj yo„q edi: «Fayzulla Xo'jayev qarindoshlarining qarindoshi», «Akmal Ikromovga aloqasi bor edi», «Fayzulla Xo„jayev, Akmal Ikromovni «maqtagan» va hokazo deyilsa, bo„ldi, qamayverganlar. Yoki millati forsiy bo„lsa «Eron josusi» boiib qamoqqa olinavergan. 0 „zbeklar esa duch kelgan ayb bilan qamoqqa olinib otilganlar. «Bir kuni Leonov meni chaqirib, - deydi Sergey Qalmiqov, - mahbuslami urayapsizlarmi, deb so„radi. Men, «yo„q» dedim. «Axmoqsanlar, ular bilan pachakilashib o'tirmasdan «ishlash» kerak, jismoniy ta‟sir ko„rsatmasanglar ish cho„zilib ketaveradi», dedi. So„ng mendan «Samarqand viloyatida qancha eroniylar yashaydi» deb so„radi. Men «o„n mingtacha boisa kerak» dedim. Leonov menga «kamida ulaming yarmini qamoqqa olish kerak, bu senga xususiy topshiriq» deb ko„rsatma berdi» 2 . Ichki ishlar xodimi Vasilevning bergan maiumotiga qaraganda, Xorazm viloyatining Oq-Darband degan qishlogida qamoqqa olinmagan birorta erkak zoti qolmagan ekan. 0„zbekiston Ichki ishlar xalq komissarligi kotibiyati boshligi boiib ishlagan P.S.Martinenkoning bergan maiumotlariga qaraganda, Apresyan: «Qamoqqa olish uchun adreslar byurosidan yoki saylovchilar ro„yxatini olib, navbat bilan qamashga kirishish kerak», Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling