O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
' 0‘sha joyda.
447 panturkistik guruhning taniqli a‟zosi. Sho„ro hokimiyatining dastlabki kunidan boshlab sho„rolarga qarshi 0 „zbekistondagi guruhda faol xizmat qilgan. 2. U Qo„qon muxtoriyati davrida aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining gazetasida muharrirlik qilish bilan birga turkiy- parastlikni xalq orasida faol tashviq qilgan... 3. 1918-yildan (Zohiriy buni o„z qo„li bilan 1921-yilda deb yozgan) «Milliy ittihod» aksilinqilobiy millatchilik tashkilotiga a‟zo bo„lgan. 1930- yil mazkur tashkilotning «Botir gapchilar» jamiyatida faol vakil boigan. Shu davrda u sudlangan... 4. 1936-yilda qamoq va surgundan qaytgach, Zohiriy yana aksilinqilobchi unsurlar Choipon, G„ozi Olim Yunusov kabilar bilan uzviy bogiangan... 5. U partiya va sho„ro hukumatiga nisbatan millatchilik va aksilinqilobiy ruhda izchillik bilan ig„vo tarqatgan, haqorat qilgan. Shunga ko„ra qaror qilamiz: Ashurali Zohiriy qamoqqa olinsin. Trigulov Agabekov» 1 . Ashurali Zohiriy ana shu «ayblovlar» asosida Sho„ro salta- natining qurboni boidi. Uni 1937-yilning 4 dekabrida otuvga hukm qildilar. Qatag„on qilinganlar orasida juda ko„plab oddiy o„qituvchilar va maorif xodimlari ham bor edilar. 1937-yilda hech qanday gunohsiz qatag„on qilingan o„qituvchi Abduvahob Ibodiyev ana shulaming biridir. U 1877-yilda Qo„qon shahrining eski aravasozlar mahallasida tugilgan. Abduvahob Ibodiyev Qalandarxona mahallasidagi So„fi Badal eshon xonaqoyida jadid usulidagi ilm dargohini tashkil etadi. 1914-yilda bu maktab Qo„qonda «Urfon» nomi bilan katta shuhrat qozongan. Abduvahob Ibodiyev o„zi ochgan maktab uchun qoilanma va darsliklar yaratgan. «Taxsilul alifbo» (1912-yil), «Miftohul alifbo» (1912-yil) va «E‟tiqodoti islomiya» (1913-yil), to„rt qismdan iborat) va boshqalar shular qatoriga kiradi. 1917-yildan so„ng moddiy yordamga muhtoj bolalar uchun maktab- intemat ochadi. So'ngra Qo„qonda tashkil etilgan birinchi bolalar uyiga A.Ibodiyev direktor etib tayinlanadi. Bu lavozimda u 1937-yilda qatag„on qilingunga qadar ishlaydi. Abduvahob Ibodiyev Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling