O'zbekiston tarixi
«Turkiston» gazetasi. 1992-yil 21-
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
«Turkiston» gazetasi. 1992-yil 21- aprel. 448 qo„lida tahsil ko„rganlar orasida Usmon Nosir, Ibrohim Nazir, Abdulla Shokir, Sidiq Salim, G„ofir Qodiriy, Shokir Sulaymon, Saodat Sodiqov, Rahmon Usmonov, Olim Usmonov, Olim Qurbon Nazirov, Abdulla Qahhor 1 va boshqa siymolaming nomlari bor. Qatag„on 0„zbekistonning kelajagi bo„lgan yosh ijodkorlami ham chetlab o„tmadi. 20-yillaming boshlarida Buxoro, Xorazm va Turkistondan 300 ga yaqin yoshlar xorijiy mamlakatlarga o„qishga yuborilganligi yuqorida ta‟kidlandi. 0 „sha kezlarda ko„plar qatori Germaniyaga o„qishga yuborilgan, Berlin Oliy ziroat maktabini, ya‟ni akademiyasini bitirgan Abdulvahob Murod 1927-yilning aprel oyida katta umid bilan yurtga qaytdi. U Buxorodan talabalar kelmasidan 2-3-yil ilgari Afg„oniston orqali Berlinga kelib og„ir sharoitda kun kechirib, tahsil ko„rgan edi. Abdulvahob Murod Berlin ko„chalarida gazeta sotib, ta‟til vaqtlarida qishloqlarda ishlab tahsili uchun aqcha to„plagan edi. Shuningdek, Berlin Oliy ziroat akademiyasini bitirgan Berimjon Gazimbek A'zam (qozoq), Berlin oliy texnika maktabini (texnik- elektrik akademiyasini) bitirgan Mo„min To„lagan, Sultonbek Matqul, Sattor Jabbor, Solix Muhamedov (turkman), Hayriniso Majidxon qizi, Maryam Jumaniyoz qizi va boshqalar, yurtga qaytdilar. Bulami ham agent - «dushman» deb o„limga hukm qildilar. Ezgu-niyatlar bilan xorijiy mamlakatlarda tahsil ko„rayotgan bu yoshlaming umrlari nega bunchalik erta xazon bo„ldi, ulaming aybi ne edi? Ulaming aybi shu ediki, Rusiyaning mustamlakasi hisoblanmish Markaziy Osiyoning, Turkistonning farzandlari edilar. Ular erta-indin oliy malumot olib o„z yurtlariga qaytsalar, Ovmpadagi ilg„or ilm-ma‟rifatni, ozod va hur insoniy hayot, turmush tarzini vatandoshlari orasiga olib kelar edilar va ulaming milliy ongini uyg„otib, mustamlakachilarga qarshi qaratar edilar. Bu, albatta, Sho„rolarga xush kelmas edi. Shu boisdan ular turli uydirma va bo„htondan iborat aybnomalar to„qib, vatandoshlarimizning yosh umrlarini xazon qildilar. Birinchilar qatorida zo„r qiyinchiliklar bilan Olmoniyaga borib ilm- tahsil olgan Abdulvahob Murodiy 1928-yilda millatga, Vatanga xizmat qilish niyatida yurtiga qaytdi. Ammo ikki yil o„tar o„tmas 1930-yil 25- aprelda hibsga olindi va qatag„on qilindi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling