O'zbekiston tarixi


 Turdiyev Sherali. Ular Germaniyada o‘qigan edilar, -


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Turdiyev Sherali. Ular Germaniyada o‘qigan edilar, - < 
jumali, 1992-yil, 10-son, 107-bet.
450


olindilar va otib tashlandilar. Ana shular qatorida Abdulvahob Murodiy ham 
bor edi. Uning to„g„risida chiqarilgan hukmda quyidagi ma‟lumotlar 
yozilgan: Murodiy Abdulvahob (ayblov ishi 
1
670) 1901-yilda tug„ilgan. 
0„zbek. Qishloq xo'jalik tajriba stansiyasi agronomi. Toshkent shahar. 
Birinchi Egarchi mahallasi. Xotini - Martova, qizi - Maryam, ukasi -
Abduqodir, singlisi - Sohiba. 
1930-yil 25-aprelida hibsga olingan. «Milliy Istiqlol» a‟zosi va uning 
fikrlarini targ„ib qilishda va xorijda boigan vaqtida Sovetlarga qarshi 
millatchilik ishlarida qatnashganlikda ayblangan. OGPU kollegiyasining 
1935-yil 25 apreldagi Abdulvahob Murodiyni otish haqida chiqargan qarori 
10
yil qamash o„n yillik qamoq jazosi bilan almashtirilgan. 
Mustamlakachi Sho„ro hukumatiga xalqimizning milliy uyg„o- nish, 
milliy o'zligini tanishi va milliy taraqqiyotimizning har jab- hadagi rivoji 
yoqmas edi. Shu boisdan ham u bu borada millatning og„irini engil qiladigan 
barcha kuchlami qatag„on qildi va o„z yo„lidan uloqtirib tashladi. Sho„ro 
hukumati Olmoniyada ne-ne yaxshi umidlar va orzular bilan o„qib, Ovrupo 
ilg„or fani yutuqlarini egallab, o„z ona yurti 
0
„zbekistonga qaytgan vatan va 
millat fidoyilarini o„zining eng ashaddiy raqibi deb bildi. Shu bois ham 
Olmoniyaning yetakchi oliygohlarida tahsil olib Vataniga qaytgan 
agronomiya ilmining bilimdoni Solih Muhammad, kimyogar olim Sattor 
Jabbor, genetik Rauf Rasuliy, elektr-injener Toiagan Mo'min, tibbiyot 
mutaxassisi Xayriniso Majidxonova, irrigator Fuzayl Sherahmad o„g„li va 
boshqalar hibsga olinib, 1938-yil 9-oktabrida SSSR Harbiy kollegiyasi 
qarori bilan otib tashlangan edilar. 
Sho„ro hukumati milliy mutaxassislarga ishonmagan. Bu o„rinda 
xorazmlik Maryam Sultonmurodovaning og„ir qismati misol bo„la oladi. U 
1905-yil 13-fevralda Xorazmda ma‟rifatparvar oilada dunyoga kelgan. 
Maryamning otasi Mulla Jumaniyoz Xiva xonligi tuzumiga qarshi 
kurashgan, bolshevoylaming targ„ibotlariga aldanib ular tomoniga o„tgan. U 
«Yosh xivaliklar» To„rtko„l Qo„mitasining raisi, 1920-yil fevralda tuzilgan 
Xorazm xalq muvaqqat hukumatining boshligi edi
.
1
1926-yilda Mulla 
Jumaniyozni «bosmachilan> otib oidirganlar. 
Maryamxon dastlab Urganch va To„rtko„ldagi tatar maktabi- da, 1919-
yildan boshlab esa Toshkentda o„qishga kirishga tayyor- laydigan tatar 
maorif institutida o„qigan. 1920-1921-yillarda Oren- burgdagi pedagogika 
institutida o„qiydi va shu yerda partiya safiga 
451 


kiradi. 0„qishni tugatgach, u bir muddat Xorazm Xalq Respublikasi 
Markaziy Qo„mitasi qoshidagi xotin-qizlar bilan ishlash bo„limida xizmat 
qilgan. 
1922-yil oktabrida Maryamxon Turkiston MIQ qoshidagi Xorazm Xalq 
Respublikasi Muxtor vakili yoilanmasi bilan Moskvaga keladi. Bu yerda uni 
Safoyev va Karimovlar Yevropa fani va texnikasini o„rganib kelib xalqqa, 
vatanga xizmat qilish kerakligi to„g„risida pandu nasihatlar bilan boshqa 
turkistonliklar va buxoroliklar bilan birga Germaniyaga o„qishga borishga 
ko„ndiradilar. Maryamxon 1923-yilda Berlinda ilm olgan. 1924— 
1926- 
yillarda Darmshtat shahrida o„qituvchilar seminariyasida 
o„qidi. 1926-1927-yil yana Berlin shahridagi Fraunshud nomidagi maktabda 
amaliy mashg„ulotlarda boigan. Tinib-tinchimas Maryamxon 1927-yilda 
Berlin shahridagi professor Ferkelshteyn nomidagi kasalxona qoshida 
hamshiralar tayyorlaydigan kursda o„qib qo„shimcha mutaxassislikni 
egallaydi. Huddi shu davrda u Xayriniso Majidxonova bilan Parijga sayohat 
qilib bu yerda Mustafo Cho„qayev va Parij universitetida tahsil ko„rayotgan 
Ahmad Noyim singari yurtdoshlar bilan ko„rishadi. 1928-yilda Maryamxon 
Toshkentga qaytadi va Eski shahardagi Kommunistik universitetda boiim 
mudiri boiib ishlay boshlaydi. 1935-yildan u «Guliston» jumalida o„sha 
davming taniqli xotin-qiz jumalistlari Sobira Xoldorova, Tojixon Shodiyeva, 
Saodat Shamsiyevalar bilan birga ishlaydi. Ammo tez orada 0„zbekistonda 
avj olgan milliy qatag„onlik Maryamxonning «qanotlarini qayirdi». U ham 
o„z davrining yetuk va ilg„or xotin-qizlari hisoblangan Sobira Xoldorova, 
Tojixon Shodiyevalar qatorida hibsga olindi. 1937-yil 13-sentabrda Maryam 
Sultonmurodova yasama va bo„htondan iborat ayb bilan, allaqanday 
millatchi tashkilotning a‟zosi sifatida 
10
yil qamoq jazosiga mahkum etiladi. 
U 1939-yilga qadar Qozon, Suzdal qamoqxonalarida, so„ngra NKVDning 
Kolimadagi «Dalstroy» lageriga o„tkaziladi va 1947-yilga qadar shu yerda 
saqlanadi. 1947-yilda qamoq jazosi tugagach, Maryam Sultonmurodova ona 
yurti Xorazmga qaytadi. Ammo ko„p o„tmay u 1949-yil 29 martda yana 
qamoqqa olinadi. Urganch shahrida 0„zbekiston SSR DXQ Xorazm viloyat 
boiimi leytenanti Polner va katta leytenant Nechaevlaming Maryam 
Sultonmurodovani qamoqqa olish haqidagi qarorida quyidagilar- ni 
o„qiymiz: «Sultonmurodova 1922-1928-yillarda Olmoniyada o„qishda 
boiganida mashhur millatchi muhojirlar yoiboshchilari 
452


Mustafo Cho„qaev va Olimjon Idrisiylar tomonidan tuzilgan hamda 
rahnamolik qilingan millatchi josuslar tashkiloti boigan «Ozod 
Turkiston»ning a‟zosi boigan... 
1927- 
yil Sultonmurodova keyinchalik Sovetlarga qarshi millat-
chilik faoliyati uchun hukm qilingan va otib tashlangan Xayriniso 
Majidxonova bilan birga Berlindan Parijga borishgan va u yerda mashhur 
«millatchilar» Mustafo Cho„qayev va Ahmad Noyimlar bilan uchrashganlar. 
Bayon etilganlarga asoslanib, Urganch tuman, Yangibozor qishloq 
Sho„rosida ishlab va yashab turgan Maryam Sultonmurodova hibsga olinsin 
va uyi tintuv qilinsin»
1

Maryam Sultonmurodova keyinchalik SSSR Bosh prokura- turasiga 
yozgan arizasida unga qo„yilgan barcha ayblar tuhmat va uydirmadan iborat 
ekanligi, Berlindagi «Ozod Turkiston» degan tashkilotning o„zini ham, 
nomini ham bilmasligini aytib, nohaq qamalganligini ta‟kidlab quyidagilami 
yozadi: «1937-yilda 0„zSSR NKVD organlari tomonidan qamoqqa olinib, 
SSSR Oliy Sudi harbiy kollegiyasi tomonidan 57 a, va 3,11,14 moddalari 
orqali 5-yil huquqdan mahrum qilinganlik sharti bilan 
10
-yil qamoq jazosiga 
hukm qilindim. 
1947-yil jazo muddatim tugab, uyga qaytdim; 1949-yil yana shu ish 
bilan qamoqqa olindim va maxsus majlis qarori bilan Krasnoyarsk oikasiga 
surgun qilindim. Vaholanki, men hech qachon Sovet hukumatiga qarshi 
bormaganman va vijdonan inqilobga qarshi hech qanday ish ko„rmaganman. 
0
„zimni faqat vujudga kelgan sharoitning qurboni hisoblab, ishimni 
qaytadan ko„rishingizni so„rayman. 
Menga qo„yilgan ayblami quyidagi sabablarga ko„ra asossiz deb 
hisoblayman: 
1. Meni ayblashlaricha, go„yo men Berlinda boigan vaqtimda 
aksilinqilobiy josuslik tashkiloti «Ozod Turkiston» a‟zosi boiib, shu 
tashkilotning topshirigi bilan Germaniya foydasiga josuslik ishlarini olib 
borgan emishman. 
Men hech qachon birorta aksilinqilobiy tashkilotning a‟zosi boigan 
emasman. «Ozod Turkiston» degan tashkilotning borligini men birinchi bor 
tergov vaqtidagina eshitdim. 
Mening bilishimcha, 1922-yil Buxoro Xalq Jumhuriyati va Turkiston 
Sovet Jumhuriyatidan 60 ga yaqin kishi Olmoniyaga 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling