O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
Uchinchisi, fashistlar Germaniyasining tashviqot-targibot ma- shinasi
ham barcha rus boimagan millatlar vakillariga, shu jumladan, 1 «Sharq Yulduzi» jumali. 1992-yil, 3-son, 152-bet. 496 turkistonliklarga qarata ham faol ish olib bordi. Mahkamasi Minsk shahrida bo„lgan general Mirshakar boshchiligidagi turkiston- liklaming ma‟lum bir qismidan ko„r-ko„rona shu targ„ibotga ishonib o„z ixtiyori bilan nemislarga asir tushgan vatandoshlar ham bo„ldi. Fashistlar qo„mondonligi asirga olingan turkistonliklami yoppasiga qirib tashlay boshladi. Mana shunday bir murakkab va tang vaziyatda o„sha davrda Germaniyada yashab istiqomat qilayotgan vatandoshimiz Vali Qayumxon «Turkiston legioni»ni tuzish g„oyasini ko„tarib chiqdi va uning Prezidenti bo„ldi. Vali Qayumxon kim? «Ozodlik» radiosining sobiq faollaridan biri, hozir Turkiyada istiqomat qiluvchi vatandoshimiz Usmonxo„ja o„g„li Temurxo„ja Vali Qayumxon haqida bunday degan edi: «Vali Qayumxon juda kuchli shaxs, unda insonlami birlashtiruvchi iqtidor, yoiboshchilik qobiliyati bor. Otamiz oigandan so„ng u bizga ma‟naviy ota boidi. U ko„pgina musofirlarning milliy ruhini tarbiyaladi. Bilimdon, ziyrak, irodali kishi» 1 . Vali Qayumxon asli toshkentlik. 1904-yil 15-iyulda Pichoqchi mahallasida tugilgan. Navoiy nomli maktabda o„qigan. 1993-yil 13- avgustda Germaniyaning Kyoln shahrida vafot etgan. Vali Qayumxonni Germaniyaga Fayzulla Xo„jayevning shaxsan do„sti va maslakdoshlaridan Fitrat 1921-yilda o„qishga yuborgan. Uni Germaniyaga jo„natishdan oldin Fitrat Samarqandga olib boradi. Vali Qayumxonni Samarqandda Amir Temur sag„anasi oldida qasam ichuradi. Fitrat o„shanda yigiab turib Vali Qayumxonga bunday deydi: «...Sen Vataningdan uzoqqa ketayapsan, shunday vaziyatlar boiadiki, sen xalqingni, yurtingni esdan chiqarishing mumkin. Shuning uchun shu yurtga, shu elga hamisha sodiq qolishga qasam ich. Hozirgi siyosatga aralashma, bu elga ilm kerak, sen unga o„sha yoqlardan ilm olib kel» 2 . Vali Qayumxon o„z va‟dasida turdi, uni Usmonxo„ja va Fransiyada «Yosh Turkiston» majmuasini chiqara boshlagan Mustafo Cho„qay har qancha undashmasin siyosatga aralashmaydi, ilm olish bilan band boiadi. Germaniyada Vali Qayumxon iqtisodchi diplomini oladi, doktorlik ishi ustida ishlay boshlaydi. Ammo Markaziy Osiyoda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi va 0„zbekiston SSR tashkil etilgandan so„ng mamlakatdan Germaniyaga o„qishga yuborilgan turkistonliklami Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling