O'zbekiston tarixi
Bu paytda D.Eyzenxauer G'arbiy Yevropa qo'shinlari Oliy Bosh qo‘mondoni
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Bu paytda D.Eyzenxauer G'arbiy Yevropa qo'shinlari Oliy Bosh qo‘mondoni edi. 503 undan pushaymon bo„ldilar. Chunki ulami vijdon azobi qiynagan edi. Ingliz ma‟murlari sovetlarga topshirilgan legionerlar xotirasi uchun London shahrining Kensington qismida haykal o„matdilar. Haykalning tantanali ochilishi marosimida 200 dan ortiq rasmiy davlat arboblari ishtirok etdilar. Xullas, «Turkiston legioni» tarixi zahmatkash xalqimizning ikkinchi jahon umshi yillaridagi mashaqqatli hayotidan saboq bemvchi alam va hasratlar bilan toia faoliyatining ajralmas bir boiagi, uning tarkibiy qismidir. Bas, shunday ekan, «Turkiston legioni» va «Milliy Turkiston Birlik Qo„mitasi» faoliyatiga Kompartiya, Sovet mafkurasi, mustamlakachilik siyosati mafkurasi andozasi va oichovlari asosida emas, balki mustaqil 0„zbekiston, Turkiston xalqlarining milliy birligi g„oyalaridan kelib chiqqan holda baho beraylik. 7- §. O‘zbekistonning ozod qilingan tumanlarga yordami Fashistlar Germaniyasining 1941-1945-yillardagi umshda Sovet Ittifoqi xalq xo„jaligiga keltirgan moddiy va ma‟naviy zararini so„z bilan ifodalash mumkin emas. Bu zaraming barchasini jamlab, fashistlar talab ketgan va yo„q qilib yuborgan 679 milliard so„mlik moddiy boylikni ham birga qo„shib hisoblaganda, umsh davridagi baholar bo„yicha keltirilgan zarar taxminan 2 trillion 600 milliard so„mni tashkil etar edi. Buning ustiga 25 million fuqaro umsh tufayli boshpanasiz qoldi. Ha, xalq mehnati bilan yaratilgan milliy boylikning deyarli uchdan bir qismini umsh alanga si yutib yubordi. VKP(b) Markaziy Qo„mitasi va SSSR Xalq Komissarlari Soveti 1943- yilning 21 avgustida «Nemis fashistlari okkupatsiyasidan ozod qilingan tumanlarda xo„jalikni tiklash yuzasidan shoshilinch choralar ko„rish to„g„risida» maxsus qaror qabul qildi. Bu qarorda boshqa respublikalar qatorida 0„zbekiston zimmasiga ham bir qator majburiyatlar yuklandi. 0„zbekiston xalqi fashistlar okkupatsiyasidan ozod qilingan hududlar xalqlariga xo„jalikni tiklash sohasida yordam ko„rsatdi. 0„zi och-yalang„och, qiyin turmush sharoitida yashayotgan boisa- da topgan nonining yarmini Gitler fashizmidan azob ko„rgan ms, ukrain, beloms, Boltiq bo„yi xalqlari bilan baham ko„rdi. Ozod qilingan tumanlarga yordam ko„rsatish harakatini 0„z- 504 bekistonda partiya va sovet tashkilotlarining rejalashtirishlari asosida birinchi boiib Surxondaryo oblastining Sherobod rayoni mehnatkashlari boshlab berdilar. Sherobod MTSining brigada me- xanigi Odishi Chexemov yordam fondiga 10 ming so„m, traktorchi Ro„ziyev 15 ming so„m topshirdi. Bu harakat respublikamizda tez orada ommaviy tus oldirildi. Faqat 1943-yilning bahorida ozod qilingan rayonlarga 0„zbekiston- dan 2000 dan ortiq traktor, avtomobil va qishloq xo'jaligi mashi- nalari yuborilgan edi. Dushman okkupasiyasidan ozod qilingan tumanlarga yordam ko„rsatish harakatiga «namuna» tariqasida 0„zbekiston sanoati ishchilar sinfi vakillari safarbar qilindilar. Bu o„rinda Toshkent parovoz- remont zavodi jamoasini misol tariqasida ko„rsatish mumkin. Zavod jamoasi Xarkov va Dnepropetrovsk temir yo„l aloqa korxonalarini tiklash bo„yicha katta hajmdagi ishlami amalga oshirdi. Qisqa muddat ichida bu korxonalar Toshkent parovoz-remont zavodi jamoasidan 20 vagondan ortiq asbob- uskunalar va yuzlab mutaxassis kadrlar oldi. Toshkent temir yoii xodimlarining kuchi bilan temir yo„1 transportini qayta tiklash uchun 40 mingga yaqin yuk vagoni va 35 mingdan ko„proq passajir vagoni qayta tiklandi va ta‟mirlab berildi. Respublikaning yirik sanoat korxonalari okkupasiyadan ozod qilingan shaharlaming ayrim sanoat tarmoqlarini qaytadan tiklash bo„yicha otaliq yordami ko„rsatishga safarbar etildilar. Jumladan, «Tashselmash» zavodi «Rostselmash» zavodini, 0„zbekiston ener- getiklari Ukraina va Belomssiyada elektrostantsiya qurilishini, Angren shaxtyorlari Donetsk shaxtyorlarini, «Tekstilmash» zavodi jamoasi ozod etilgan rayonlardagi to„qimachilik korxonalarini tiklashni otaliqqa oldilar. 0„zbekiston Yengil sanoat Xalq Komissarligi ozod qilingan Xarkovga yordam ko„rsatish bo„yicha maxsus fond tashkil qildi. 1943- yilda Toshkent «Qizil tong» tikuv fabrikasi xarkovliklar uchun rejadan tashqari ichki imkoniyatlar hisobiga 2,5 ming paxtalik va 500 ta kalta kamzul, 200 paxtalik to„shak, 100 yostiq, Toshkent poyabzal fabrikasi esa 1600 juft oyoq kiyimi tikib jo„natdilar. Jami boiib 0„zbekiston mehnatkashlari xarkovliklarga 40 million so„m pul, 300 sentner meva va sabzavot, 400 sentner g„alla, 9500 boshdan ziyod qoramol, yana boshqa juda ko„p oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va asbob-uskunalar yubordilar. 0„zbe- 505 kistonliklar Kiyev, Krivoroje va Donbassni qayta tiklashda va aholini kiyim- bosh, oziq-ovqat bilan taminlashda ishtirok etdilar. 0„zbekistonlik aloqachilaming yordami tufayli, jumladan, Kiyev bosqinchilardan ozod etilgach, bir necha kundan so„ng pochta, telefon va telegraf ishlay boshladi. 1944-yilda Toshkentdan Kiyevga bir necha o„nlab tonnalab qurilish materiallari, rangli simlar, asbob- uskunalar, ehtiyot qismlar, tikuv mashinalari, stanoklar, oziq-ovqatlar yuborilgan edi. Chirchiqdagi elektroximiya kombinati jamoasi Gorlovkaga 1944-yil davomida qimmatli asbob-uskunalar, shu jumladan, elektromotorlar, transformatorlar, nasoslar, 300 ta kontrol- oichov asboblari, 150 ta elektr asboblar, 27 ta yirik elektromotor, o„nlab og„ir yuk ko„taradigan chig„ir va nasoslar 1 jo„natdilar. 0„zbekiston mehnatkashlari Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Boltiqbo„yi respublikalarining urush tufayli vayron bo„lgan korxonalarini qayta tiklashda ham faol qatnashdilar. Faqat Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sverdlovsk, Orenburg, Kuybishev, Gorkiy va shu kabi yirik sanoat korxonalarida respublikamizdan 60 mingdan ortiq kishi jonbozlik ko„rsatib mehnat qildilar. Respublika jamoa va davlat xo„jaliklari ozod etilgan rayonlarga yordam fondlari, «Mudofaa sektorlari» tashkil etdilar. Qishloq mehnatkashlarining ozod etilgan tumanlarga qoramollar jo„natish bo„yicha qo„shgan hissasining naqadar salmoqli boiganligini quyidagi raqamlardan ham bilish mumkin: 1943-yilda jami jo„natilgan qoramollar 182 ming boshni, 1944-yilning faqat 17 martigacha 122 ming 147 boshni tashkil etdi. Bundan tashqari yana 1944 - yilning 1 iyuniga qadar aholidan 176 ming 148 bosh chorva mollari sotib olinib, ozod etilgan tumanlarga jo„natilgan. 0„zbekiston jamoa va davlat xo„jaliklari qishloq xo„jaligi texnikalariga o„zi muhtoj boisa-da, ozod etilgan tumanlarga traktorlar, mashinalar, kombaynlar, mexanizmlar va boshqa xildagi asbob-uskunalar bilan ham yordam berdi. 0„zbekiston fashizm hujumidan zarar ko„rgan tumanlarga turli xildagi kasb egalari, mutaxassislar bilan ham yordam ko„rsatdi. 1943- yilda respublika qishloq xo'jaligi mutaxassislaridan 1595 traktorchi, 225 traktor dala brigadalarining brigadirlari, 50 kom- baynchi, 11 buxgalter Ukraina va Stavropol oikasiga yuborildi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling