O'zbekiston tarixi
0‘sha manba, 211-212-betlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘sha manba, 211-212-betlar. 2 O'zR MDA, R-2037-fond, 282-ish, 28-varaq. 571 kanalizasiya qurilishi, madaniy-maishiy inshootlami barpo qilish va hokazo sohalarda ancha ishlar qilindi, bunday ishlar har qanday sharoitda ham qilinmasligi mumkin emas edi. Biz bu o„rinda o„quvchi diqqat- e‟tiborini sho„rolar hukumatining 0„zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada ko„rsatgan shovinistik-ulug„ davlatchilik faoliyatiga qaratmoqchimiz. Ittifoq-yagona xo„jalik kopleksi, unda hamma respublikalar va xalqlar teng huquqlarga ega, deb e‟lon qilingan va u Sovet Konstitutsiyasida yozib qo„yilgan boisa-da amalda, hayotda mutlaqo boshqa qonunlar harakatda edi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasidagi ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va idoralaridagi xodimlar bilan 0„zbekistondagi xo- dimlaming ish haqlari bir-biridan keskin farq qilardi. Hatto 0„z- bekistonning o„zida ham Ittifoq tasarrufidagi (497 ta) korxonalar bilan mahalliy korxonalarda ishlaydigan ishchilarning oladigan oylik maoshlari o„rtasida ham katta farq boiardi. Jumladan, 1950- yilda ittifoq tasarrufidagi korxonalar ishchilarining ish haqlari 133 foiz oshgani holda, respublikaga qarashli korxonalardagi mehnatkashlaming ish haqlari faqat 73 foiz oshdi, xolos. 80- yillaming o„rtalariga kelganda 0„zbekiston aholisining jon boshiga to„g„ri keladigan daromadlari Rossiya Federatsiyasi va boshqa respublikalarga taqqoslaganda 2-3 barobar kam edi. Ayniqsa, jamoa xo„jaliklari a‟zolarining oylik ish haqlari juda past edi. Aholiga tibbiyot xizmati ko„rsatish ham talab darajasida emasdi. Markaziy hukumat 0„zbekistonda aholi jon boshiga tibbiyot xizmati ko„rsatish maqsadlari uchun o„rtacha 49 so„m 77 tiyin mablag„ ajratdi. Holbuki, bu ko„rsatgich Ittifoq miqyosida qariyb ikki barobar ortiq boiib, 81 so„mu 85 tiyinga teng edi. 0„zbekiston aholini uy-joy bilan ta‟minlashda ham eng ogir ahvolda boigan. To„g„ri, har bir kishiga to„g„ri keladigan foydali yashash joyi bilan hisoblaganda mamlakatda 1980-yilda 10,3, 1985- yilda 11,0 m o„sganligini ko„ramiz. Ammo bu Ittifoq miqyosidagi eng past ko„rsatgich edi. Bolalar bog„chalari bilan ta‟minlanish va boshqa madaniy-maishiy ishlar sohasida ham respublikada ogir vaziyat vujudga kelgan edi. 80-yillarda aholining 60 foizdan ortiqrog„i yashab istiqomat qilayotgan o„zbek qishlogining ahvoli g„oyatda tang edi. 1978- yilga qadar Samarqand viloyatining 46 foiz, Jizzax viloyatining 60 foiz, Buxoro viloyatining esa 20,1 foiz qishloq aholisigina 572 toza ichimlik suvi bilan ta‟minlangan edi. Samarqand viloyatining Paxtachi, Xatirchi, Ishtixon, Jomboy, Kattaqo„rg„on tumanlari 11- 29 foizgacha, Buxoro viloyatining Olot tumani 9%, Kogon tumani 12%, Shofirkon tumani 11% 1 vodoprovod suvi bilan ta‟minlangan edi, xolos. Toshkent viloyatining faqat 4 tagina davlat xo„jaligida kanalizasiya mavjud edi. Respublika qishloq aholisining atigi 12,6 foizi 2 kanalizasiya bilan ta‟minlangan edi. 0„zbekiston Respublikasi bolalar bog„chalari va yaslilar bilan ta‟minlanishda ham ittifoqda oxirgi o„rinlardan birida edi. 1982- yilda Buxoro viloyatida bolalar bog„chalari va yaslilari bilan viloyat aholisining atigi 29 foizi ta‟minlangan boisa, jamoa xo„jaliklarida esa bu ko„rsatgich undan ham past - 19,1 foizni, davlat xo„jaliklarida 14,2 foizni tashkil etgan. Viloyatning Kogon, Navoiy, Navbahor, Romitan kabi tumanlarida ahvol yanada achinarli boiib, faqat 9-10 foiz bolalar bog„cha va yaslilarga joylashtirilgan 3 edi, xolos. Viloyatdagi bolalar bog„chalari va yaslilari boshliqlari va tarbiyachilarining atigi 66 foizi oliy va o„rta maxsus maiumotga ega boigan. Bolalar bog„chalarining yarmi musiqa sohasi mutaxassisi bilan ta‟minlanmagan 4 . 1983-yilgi maiumotlarga qaraganda, Xorazm viloyatida bolalar bog„chalari va yaslilari bilan ta‟minlanish darajasi 26,5 foizni tashkil etgan, xolos. Respublika miqyosida bu ko„rsatgich 37,5 foizga teng edi 5 . 0„zbekiston Kompartiya MQ Byurosining 1985-yil 10 apreldagi 120-sonli qarorida ko„rsatilishicha, respublika Maishiy xizmat ko„rsatish vazirligi tarkibiga kiruvchi korxonalarda faqat 1984-yilda yoi qo„yilgan qo„shib yozishlar oqibatida davlat 27 million so„m zarar ko„rdi. Bu 1981-1983-yillardagi keltirilgan zararga nisbatan 5 baravar ko„p demakdir. Vazirlik 1981-1984-yillarga belgilangan davlat rejalarini bajar- madi. Faqat 1984-yilning o„zida aholiga 42 million so„m hajmdagi maishiy xizmatlar ko„rsatilmadi 6 . 0„zbekiston eng bolajon respublikalardan boiganligidan aho- Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling