O'zbekiston tarixi


 O'sha manba, 1228-ish, 164-varaq


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet449/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 O'sha manba, 1228-ish, 164-varaq.
2
 O'sha manba, 1309s-ish, 72-varaq.
3
 O'zR MDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 945s-ish, 165-varaq.
4
O'sha manba, 163-varaq.
5
 O'sha manba, 164-varaq.
6
O'zR MDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 1269-ish, 7-8-varaqlar.
7
 «Yoshlik» jumali, 1989-yil. 9-son, 4-5-betlar.
590


0„zbekistonda har yili mhiy nuqsonli 6 mingdan ortiq bola
1
tug„ilardi.
Xullas, 80-yillaming o'rtalarida mamlakat boshiga tushgan ekologik 
qabohat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Vujudga kelgan og„ir 
vaziyat yaxlit ijtimoiy adolatli ekologik siyosat yuri- tishni talab 
qilayotgan edi.
ll-§. Ijtimoiy-siyosiy tanglikning kuchayishi 
Sovet mustabid tuzumining hukmronligi 80-yillarga kelib ijtimoiy-
siyosiy sohada ham boshi berk ko„chaga kirib qoldi. Bu jarayonning 
sabablari nimalardan iborat?
Birinchidan, 
70-yildan ortiq vaqt mobaynida sovet jamiyatida amal 
qilib kelgan Kompartiyaning yakkaboshchilikka asoslangan ma‟muriy 
buyruqbozlik va shovinistik ish yuritish uslubi hayot sinoviga bardosh 
bera olmadi. Kommunistik partiya Sovetlar jamiyati uchun kurashdi va 
ommani o„z orqasidan ergashtirdi. 1917-yil Oktabr to„ntarishi natijasida 
hokimiyat tepasiga kelgan Kompartiya boshqa siyosiy partiyalar 
faoliyatini cheklab qo„ydi, har qanday erkin hur fikrlashlarga barham 
berdi va proletariat diktaturasi tizimi (Sovetlar, partiya, kasaba ittifoqi, 
yoshlar uyushmalari, kooperativlar va hokazolar)da yagona rahbarlikni 
da‟vo qilib chiqdi. U endi o„zining siyosiy partiya sifatidagi qiyofasini 
batamom yo„qotdi, u ma‟muriy organga, zo„rlikka tayanuvchi davlat 
mashinasini harakatga keltiruvchi eng asosiy richag-vositaga aylandi. 
Kompartiya sovet jamiyatining rahbar, tashkilotchi va yetakchi kuchi 
bo„lib qoldi. Bu hoi SSSR Konstitutsiyalarida ham qonun kuchiga 
kiritilib mustahkamlandi. SSSR Konstitutsiyasining 6-moddasida 
quyidagi jumlalami o„qiymiz: «sovet jamiyatining rahbar va yetakchi 
kuchi, sovet jamiyati siyosiy sistemasining davlat va jamoat 
tashkilotlarining o„zagi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasidir»
2
. Bu 
qoida hech qanday o„zgarishsiz 0„zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy 
qonuni)ning 60-moddasida ham yozib qo„yildi
3
. SSSR va 0„zbekiston 
SSR Konstitutsiyalarining 2-moddasida «hokimiyat xalqnikidir», xalq 
davlat hokimiyatini davlatning siyosiy negizini

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling