O'zbekiston tarixi
«Народный депутат» журнали, 1990, 1-сон, 43-бет
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
«Народный депутат» журнали, 1990, 1-сон, 43-бет. 2 Геллар М., Некрич А. История России 1917-1995, Утопия у власти. Кн. Вторая. Мировая империя, 254-255-betlar. 3 0‘sha manba. 599 Sovet davlat ma‟muriyati tomonidan qo„llab-quwatlandi, ommaviy- axborot vositalari orqali targ„ibot qilindi. Xullas, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida sof shovinistik mustamlakachilik siyosati olib borildi. «Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi», deganlaridek, «milliy adolat» haqida balandparvoz ma‟ruzalar qiladigan M.S.Gorbachev singari partiya va davlat arboblaridan tortib SSSR Xalq deputatlari-yu Rossiyadagi olim-u yozuvchilar, jumal va ro„znomalarga qadar 0„zbekistonga, uning fuqarolariga tosh otib, bizni «boqimanda respublika», «dotatsiyalar va qarzlar hisobidan yashayotgan respublika» deb jahonga jar soldilar. Emishki, 0„zbekiston Ittifoqdan har yili 2-3 milliard so„m «xayriya- sadaqa» olib yashayotgan ekan. Albatta bunday shovinistik ruhdagi tashviqot va targ„ibotlar natijasiz qolmadi. Butun mamlakatda o„zbeklarga nisbatan nafrat va millatchilik kuchli tus oldi. Milliy nizolar va fojialar avj olib ketdi. Buni Sovet armiyasi timsolida yorqin ko„rish mumkin edi. Awalo, shu narsani alohida ta‟kidlash kerakki, sovet 0„zbe- kistoniga o„zining milliy armiyasini tashkil qilishiga yo„1 berilgan emas. 0„zbekistonlik yigitlar haqiqiy harakatdagi jangovar armiyaga kamdan kam chaqirilar, ular asosan «stroybat» - qurilish bata- lonlariga olinar edilar. 0„zbek yigitlari xizmatda bo„lgan qismlarda «shovinizm», milliy kamsitilish va tahqirlash shu darajada kuchayib ketdiki, har yili 300-400 ga qadar temir tobutlarda ulaming jasadlari respublikaga keltiriladigan boiib qoldi. Buning bosh sababi milliy nizo hisoblanar edi. Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tanglikni sovet hukumatining 1979- yilda qo„shni Afg„onistonga qarshi boshlab yuborgan bosqinchilikdan iborat agressiv siyosati yanada keskinlashtirdi. Ilgari respublika yoshlari asosan qurilish batalyonlariga olingan boisalar, endi ular ommaviy tarzda Afg„on umshiga safarbar etila boshladilar. Mustamlaka asoratida boigan 0„zbekiston SSSRning 1979- yilda Afg„onistonga qarshi boshlagan adolatsiz va bosqinchilikdan iborat umshiga qatnashishga majbur boidi. Bu umsh mamlakatimiz uchun juda katta fojialar, kulfat va ofatlar keltirdi. Afg„on umshi tufayli har yili yuzlab-minglab o„zbek oilalari motam liboslarini kiydi, respublika, mamlakat aholisi o„zi qashshoq va nochor hayot kechirgani holda juda katta hajmdagi oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy ne‟matlami Moskvaning buyrugi bilan Afg„onistonga yuborishga majbur edi. 600 SSSR Savdo vazirining o„rinbosari S.E.Saruxanov imzosi bilan 1979- yil 16-noyabrda 0„zbekiston SSR ministrlar soveti nomiga yuborilgan 41/1356 s sonli «ADRga qaytarib olmaslik yordami ko„rsatish to„g„risida» deb nomlangan xatda SSSR Savdo vazirligi 1980- yilda bozor fondi hisobidan 0„zbekiston SSR zimmasiga 9 million so„mlik qimmatga ega boigan tovarlami Afg„onistonga yetkazib berish vazifasini yukladi 1 . Shu jumladan: tikilgan tayyor buyumlar - 3 million so„mlik, trikotaj mollari - 3,6 million so„mlik, gazlama - 1,4 million so„mlik, poyafzal - 0,4 million so„mlik va madaniy-maishiy hamda galanteriya tovarlari - 0,6 million so„mlik hajmda 2 belgilangan edi. 0„zbekiston SSR Afg„oniston Demokratik Respublikasiga kadrlar tayyorlashda ham yordam ko„rsatdi. 1980-yil 27-iyun- da 0„zbekiston Kompartiya MQ «Afg„oniston Demokratik Respublikasiga huquqiy masalalarda yordam berish to„g„risida» maxsus qaror qabul qildi. 1980- yil 25-avgustda mazkur masalada 0„zbekiston SSR ministrlar sovetining 653 rs sonli farmoyishi ham chiqdi 3 . Ana shu hujjatlar asosida 0„zbekiston SSR Yustitsiya vazirligi, 0„zbekiston SSR Oliy va o„rta maxsus taiim vazirligi, respublika prokuraturasi va boshqa mas‟ul vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda ADR yustitsiya, sudlov va prokuratura idoralari xodimlarini qayta tayyorlash bo„yicha ish olib bordi. 0„zbekiston SSR ministrlar soveti huzurida tashkil etilgan Rahbar xodimlaming malakasini oshirish instituti bazasidagi maxsus kursni 150 kishi tamomlab chiqdi. 50 kishidan uch potokda (1980- yil 1-oktabrdan 1981-yil 15-yanvargacha; 1981-yil 1-martdan 1981- yil 10-iyungacha va 1981-yil 15-sentabrdan 1982-yil 6-yanvargacha) tashkil etilgan mazkur kursda o„quv mashg„ulotlarini 0„zMU (ToshDU), 0„zbekiston SSR FA, Respublika Ministrlar Soveti huzuridagi rahbar xodimlar malakasini oshirish instituti, Toshkent Oliy partiya maktabi, SSSR Ichki ishlar vazirligining Toshkent Oliy maktabining taniqli olimlari va boshqalar olib bordilar. Bundan tashqari afg„onistonlik tinglovchilar bilan o„tkazilgan o„quv mashg„ulotlariga yustitsiya, sudlov va prokuraturaning tajribali va bilimdon xodimlari ham safarbar qilindilar 4 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling