O'zbekiston tarixi
partiya va sovet tashkilotlarining rahbar xodimlari, boiim boshliqlari
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
partiya va sovet tashkilotlarining rahbar xodimlari, boiim boshliqlari Moskva «nomenklaturasi»da boiib, KPSS Markaziy Komiteti tomonidan tayinlanar edi. Chunki «birinchi rahbar» faqat nomigagina edi, xolos. Asosiy ish mahalliy boimagan ikkinchi rahbar qoiida edi. Xullas, kadrlar tanlashda 0„zbekistonning hech qanday o„mi va roli yo„q edi. Bu haqda I.Usmonxo„jayevning 1 0‘zR MDA, 2037-fond, 6-ro‘yxat, 287-ish, 56-59-varaqlar. 2 O'sha manba, R-2356-fond, 1-ro'yxat, 330-ish, 157-varaq. 3 O'sha manba, 2037-fond, 6-ro‘yxat, 287-ish, 56-59-varaqlar. 4 0‘sha manba. 5 0‘zR MDA, R-2037-fond, 6-ro‘yxat, 271-ish, 93-varaq. 596 quyidagi iqrori g„oyatda ahamiyatlidir: «Bir so„z bilan aytganda, hamma narsani markaz hal qilardi. U nima desa, shu bo„lardi. Hattoki obkomning boiim boshligidan tortib, raykomning birinchi kotibigacha Moskva ixtiyorida turardi. Moskva topshirigiga ko„ra 40 yoshdan oshgan kishi raykomning birinchi kotibi, 50 yoshdan oshgan kishi esa obkomning birinchi kotibi boia olmasdi. U har qancha ishchan boisin, har qancha ishbilarmon boisin, baribir Moskva uning nomzodini 0„tkazmasdi» 1 . Kadrlami tanlash va joy-joyiga qo„yishda asosiy oichov sifatida xodimning ish qobiliyati, ishbilarmonligi, saviya darajasi, kasb mutaxassisligi kabi zarur belgilar hal qiluvchi rol o„ynamasdi. Balki, birinchi navbatda, xodimning rus tilini nechogiik egallaganligi, uning Markazga shaxsan sadoqati va «baynalmilalligi» hisobga olinar edi. Mustamlakachilik va milliy tahqirlash siyosatining yorqin ko„rinishlaridan biri 0„zbekiston KP MQsining 1984-yil iyunida boiib o„tgan XVI Plenumidan so„ng Markazdan respublikaga yuborilgan «kadrlar desanti» boidi. Bu xodimlar «0„zbekiston Kompartiyasining faoliyatiga musaffo oqim baxsh etmoqdalar, eng yirik partiya tashkilotlarining tajribasini jamlab, undan foydalanishga yordamlashmoqdalar» 2 deb maqtangan edi I.Usmonxo„jayev 0„z- bekiston KPsining XXI syezdidagi hisobot ma‟ruzasida. Bu «de- santchilar» respublikada asosan sovet, partiya va huquq-tartibot idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishladilar va «layoqatsiz» kadrlar o„mini egalladilar. To„g„ri, 0„zbekistondan ham Rossiya Federatsiyasiga xodimlar «rejali» jo„natilgan. Ammo e‟tiborli joyi shundaki, 0„zbekistonga Shimoldan yuborilgan xodimlar asosan «ish o„rgatish» uchun rahbarlik lavozimlariga o„mashgan boisalar, 0„zbekistondan boruv- chilar esa faqat «qora mehnat» talab qiladigan zonalarga «doimiy» yashash va ish o„rganish uchun yuborilganlar. 0„zbekiston aholisini Rossiyaning turli oikalariga «rejali sochib yuborish» tashabbusi 30-yillarga borib taqaladi va «xalqlar dohiysi» I.Stalinning «oimas g„oyalari»dan biri hisoblanadi. 0„zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1973-yilda «Ko„chirma oilalar uchun yengilliklar» to„g„risida maxsus qaror ham qabul qilgan. Ushbu qarorga asosan har bir ko„chirma oilada albatta ikkita Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling