O'zbekiston tarixi


Sovet idoralarida ishlagan. 1930-1934-yillarda Moskva sanoat akademiyasida o'qigan. 1934-


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet465/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   461   462   463   464   465   466   467   468   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

Sovet idoralarida ishlagan. 1930-1934-yillarda Moskva sanoat akademiyasida o'qigan. 1934-
yildan Chirchiqstroyda turli lavozimlarda mehnat qilgan. 1940-yilda O'zKompartiya MQda 
qurilish bo'limi mudiri. 1940-1946- yillarda 0‘zbekiston Moliya Xalq Komissari. 1946-1947-
yillarda 0‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari. 1947-1950-yillarda 0‘z.SSR Oliy 
Soveti Prezidiumining raisi. 1950-1955-yillarda 0‘zbekiston Kompartiya MQning birinchi 
kotibi. 1956-1960-yillarda 0‘zSSR Ministrlar Soveti Gaz va kommunal xo‘jalik Bosh 
boshqarmasining boshlig‘i. U ikki marta «Lenin ordeni», uch marta «Mehnat Qizil Bayroq 
nishoni», ikki marta «Qizil Yulduz» ordeni va medallar bilan taqdirlangan. 
2
1913-yil 9-mayda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkentda vafot etgan. Davlat va jamoat 
arbobi. Tarixchi olim. Tarix fanlari doktori (1963), professor (1964), 0‘zbekiston SSRda 
xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1972), 0‘zSSR FA Muxbir a’zosi (1974). 1946-1947-yillarda 
0‘zSSR Maorif vazirining o'rinbosari. 1951-1952- yillarda 0‘zbekiston Kompartiya MQsining 
kotibi. 1952-1955-yillarda 0‘zbekiston FA Tarix va arxeologiya institutining direktori. 1969-
1976-yillarda Ijtimoiy fanlar o'qituvchilari malaka oshirish instituti direktori. 1976-yilda 
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika instituti rektori.
607


bitta papka berdi-da: «Faqat tanishib chiqishingiz uchun. 0„rtoq Niyozov bu 
haqda hali Siz bilan suhbatlashadi», - deb ogohlantirdi. 60 kishidan iborat 
ro„yxatni o„qib chiqdim - ism-u shariflar, egallab turilgan lavozimlar. 
Vassalom. Imzo yo„q. Ikki karra diqqat bilan o„qib chiqdim. Bu ro„yxatda 
eng malakali, obro„-e‟tiborli, xizmat ko„rsatgan, hurmatli olimlar, shoirlar, 
ziyolilaming boshqa vakillari ism-u shariflari ko„rsatilgandi. Papkani olib, 
Niyozovning huzuriga kirdim. Ro„yxatni ko„rsatdim. «Bizga xabar 
qilishlariga qaraganda, bu odamlar partiya siyosati, davlat manfaatlariga zid 
millatchilik faoliyati bilan shug„ullanishadi, - dedi u menga. - Ular bir-
birlari bilan muntazam uchrashib turishadi, xufyona tarzda masalalar 
muhokama qilishadi, o„z qarashlarini muvofiqlashtirishadi, ziyolilar va 
yoshlar orasidan tarafdorlami yollashadi». 
«Amin Ermatovich, ulaming ko„pchiligi faqat 0„zbekistondagina emas, 
Ittifoqda va dunyoda ham mashhur. Ular o„zlarining butun ijodiy 
faoliyatlarini xalqqa xizmat qilishga bag„ishlagan odamlar. Qanday qilib 
ulami mafkuraviy zararkunandachiliqda ayblash mumkin? Axir Siz ulaming 
har birini mendan ko„ra yaxshiroq bilasiz. Men esa yaqinda harbiydan 
qaytdim, bir oz Namanganda ishladim, xolos», - dedim men unga. 
«Uka, to„g'ri, men ulami bilaman, - javob berdi u. - Ammo tegishli 
idoralar ulaming millatchilik faoliyati, xufyona uchrashuvlar va gurunglar 
o„tkazib turishlari haqida ishonchli dalil-isbotlarga ega. Siz-u biz bu haqiqat 
bilan hisoblashmasligimiz mumkin emas». «Bu ro„yxatni kim tuzdi?» - 
degan savolimga u shunday javob qaytardi: «Ro„yxat tegishli idoralar 
tomonidan ijodiy tashkilotlar va Fanlar akademiyasining ayrim xodimlari 
bilan birgalikda tuzilgan». Shunday deb u fikrida davom etdi: 
«Siz ulaming har biri ustida to„plangan hujjatlami sinchiklab 
o'rganishingiz, 
takliflami 
amalga 
oshirishga 
turli 
yoilar 
bilan 
ko„maklashishingiz va buning uchun zarur axborotlar tayyorlashingiz 
kerak...» 
Men suhbatdoshimning so„zlarini tinglab boiib: Amin Ermatovich, 
ziyolilarga, har qanday insonga bunday yondoshuvni, umuman noto„g„ri, 
deb hisoblayman. Agar ma‟qul desangiz, bu ishda qatnashib o„z nuqtayi-
nazarimm aytishga tayyorman», - dedim. 
«Nuritdinjon, keling masalani osoyishta muhokama qilaylik! Bu ishda 
sizdan kam qayg„urayotganim yo„q. Ulami sizdan ko„ra yaxshiroq bilaman, 
asarlarini o'qiganman. Ko„plarini shaxsan taniy- 
608


man, bir talaylari bilan do„st tutinganman. Ammo hozir qanday vaziyat 
vujudga kelganini ko„rmayapsizmi? Siz-u biz bunday masalalarga qat‟iyat 
bilan baho berish va partiyaning yoiini ogishmay amalga oshirish uchun 
rahbarlik lavozimlarini egallab turibmiz-da»
1

Ha, «rahbarlik lavozimi» deb ko„kragiga urib kerilgan va maqtangan 
Amin Ermatovich egallab turgan «mansab shohsupasi» aslida xalq va 
millatni qullik va asoratda saqlash quroli edi. Hamma uchun oddiy boigan bu 
haqiqatni A.E.Niyozov singari ko„pchilik qo„g„irchoq va laganbardorlar o„z 
vaqtida yo tushunmaganlar yoki tushunishni istamaganlar. 
Milliy o„zligini yo„qotgan bunday mahalliy rahbarlaming qoilab-
quwatlashi va rahnamoligi tufayli Davlat Xavfsizlik Qo„mitasi va ichki 
ishlar organlari V.A.Milchakov
2
singari mahalliy millatlarga nisbatan 
qalbida shovinistik va nafrat toiib-toshgan shaxslardan foydalanib, 
ziyolilarimiz boshiga mislsiz ofat va qirgin keltirdilar. Vladimir 
Andreyevich Milchakov 40-yillaming oxirlarida Davlat Xavfsizlik Qo'mitasi 
tomonidan 0„zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga maxsus yuborilgan edi. 
Milchakov 1946-yil 5-noyabrda Yozuvchilar uyushmasi a‟zoligiga nomzod 
boiib kirdi. Ikki oy o„tar- o„tmas 1947-yil yanvarda unga homiylik qilgan 
idoralaming tazyiqi bilan uyushmaga haqiqiy a‟zo boidi. 0„sha paytda 
Yozuvchilar 
uyushmasiga 
Oybek 
rahbarlik 
qilardi. 
Ulug' 
adib 
V.A.Milchakovga tavsiyanoma berish bilan birga uning xarakteridagi 
nuqsonlar va yovuz niyatlarini ham huddi oldindan ko„ra bilganday 
ogohlantirgan edi: «Biz hammamiz Milchakovning Yozuvchilar 
uyushmasida partorg va mas‟ul kotib yordamchisi sifatida ishlayotganini 
yaxshi bilamiz, unda ba‟zi bir nuqsonlar ham yo„q emas, ammo biz ulami 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   461   462   463   464   465   466   467   468   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling