O'zbekiston tarixi
«Sharq yulduzi» jumali, 1989-yil, 4-son, 174-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
«Sharq yulduzi» jumali, 1989-yil, 4-son, 174-bet. 2 Геллар М., Некрич А. История России 1917-1995. Утопия у власти. Кн. Вторая. Мировая империя, 54-bet. 3 O'zR MDA, 837-fond, 31-ro‘yxat, 51-ish, 23-varaq. 4 0‘sha manba. 604 tilga olingan qarorlarda va ijtimoiy-siyosiy va nazariy masalalarda o'tkazilgan munozaralarda o„z aksini topdi. Mamlakatdagi barcha ziyoli ahli «ulug„ dohiy»ning «nazariy-ilmiy dunyoqarashi» g„oyalari bilan yo„g„rilgan ana shu qarorlar va munozaralar davomida «xalqlar dohiysi» tomonidan bildirilgan «qimmatli fikrlar va xulosalar»dan chetga chiqmasligi va «buyuk Korifey»ga shak keltirmasligi kerak edi. Kimki bu yo„ldan chiqsa, u xalq dushmani va aksilinqilobiy, burjuacha qarashlaming targ„ibotchisiga yo„yilgan. «Xalqlar dohiysi» rejalari asosida amalga oshirilgan bunday xavfli va dahshatli tadbirlar tezda o„zining «natija»larini bera boshladi, «Leningrad ishi», «Gruziya ishi» va hokazo atalmish qo„lbola va to„qima ishlar sun‟iy tarzda yaratilib, juda katta qonli qurbonlarga sabab bo„ldi. Bu fojialaming dahshatli oqibatlarini shu dalildan ham bilsa boiadiki, 1945-1954-yillar mobaynida mamlakat bo„yicha qatag„onlar, surgun va ochlikdan 4.000 000 odam qirilib ketdi 1 . Qatag„onlar, ayniqsa, Sho„ro Rossiyasi mustamlakasi hisoblanmish 0„zbekistonda og„ir va dahshatli kechdi. 1939-1953- yillarda 0„zbekistonda faqat ziyolilaming o„zidan jami boiib 61 ming 799 kishi qamoqqa olindi. Shulardan 56 ming 112 kishi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi, 7 ming 100 kishi 2 esa otib tashlandi. Bu hisobga «aksilinqilobchi», «panturkist», «panislomist», «I.Stalinni haqorat qilgan», «zararkunanda», «kundalik mehnat normasini bajarmagan», «quloq avlodi» va boshqa «ayblar» bilan ommaviy qatag„onlikka uchragan vatandoshlarimiz kirmaydi. 1948- 1952-yillarda o„zbek ziyolilari boshiga tushgan dahshatli qatag'onlar fan va madaniyatimizning haqiqiy jonkuyar, otashqalb o„g„lonlarini qatli om etdi. Bunday dahshatli fojialaming kuchayishiga ziyolilarimiz va ijod ahlining o„zi ham hissa qo„shdi. Ular saflarida,. har doim boiganidek, bu davrda ham mansab, obro„, unvon, nishon va medallar ilinjida, mustamlakachi va bosqinchi to„ralarga yoqish, ularga yaxshi ko„rinish va ko„nglini ovlash maqsadida bir-birlarini tavqi la‟natlab, ular to„g„risida ig„vo-bo„hton va fisq-u fasodlar tarqatish, tuhmatlar yog„dirish hollari kuchli avj oldi. 0„zbekiston xalq shoiri Shukrullo hikoya qiladi: «Urushdan keyingi paytda Oybek uyushma raisi, men esa maslahatchi edim. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling