O'zbekiston tarixi


harakatini to‘xtatish, uni boshqa izga solish hech kimning qoiidan


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet475/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   471   472   473   474   475   476   477   478   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

harakatini to‘xtatish, uni boshqa izga solish hech kimning qoiidan 
kelmas edi. Bunday qilishga uringan har qanday arbobni mavjud 
siyosiy mashina majaqlab tashlar edi. Demak, Rashidov masalasi uning 
shaxsiyati doirasidagi masala emas. Balki turg‘unlik davri ehtiyoji bilan 
vujudga kelgan siyosiy hodisadir». 
Keling, Rashidovning respublikaga chorak asr mobaynidagi rahbarlik 
faoliyatiga yana ham kengroq qaraylik. Fashizm ustidan qozonilgan 
g„alabadan so„ng sotsializm bir mamlakat doirasidan chiqib, jahon doirasini 
qamradi, deb jar soldik. Aslida ham shunday boidi. Yevropadagi bir qator 
mamlakatlar fashizm zulmidan ozod etildi. Biroq, ularga o„zlariga ma‟qul 
boigan ijtimoiy-siyosiy tuzumni tanlash huquqi berilmadi. Aksincha, 
sotsialistik tuzum zo„rlik bilan joriy etildi. Natijada, huddi sobiq SSSR 
tarkibidagi qardosh respublikalar singari Bolgariya, Chexoslovakiya, 
Ruminiya, Polsha, GDR va boshqa mamlakatlar ham jahon xaritasida 
mustaqil davlat sifatida belgilangan boisa-da, Moskva siyosatiga qaram 
boiib qolaverdi. Xuddi siyosat va davlat arboblari Sh.Rashidov, 
Dinmuhammad Qo„nayev, Haydar Aliyev, V.Shcherbiskiy, Masherov 
singari Gustav Gusaak, Todor Jivkov, Voysex Yaruzelskiy, Erix Xonekker 
va boshqalar ham totalitar tuzum, sotsialistik yakka- hokimlik, zo„ravonlik, 
mustamlakachilik va kommunistik dikta- tura siyosati o„chog„i boigan 
Moskvaga tobe boidilar. «Qizil imperiya»ning dahshatli tazyiqi ostida 
qoldilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a‟zo boigan tom ma‟nodagi bu 
mustaqil davlatlarda sobiq Sovet Qurolli Kuchlari, harbiy aslahaxonalari 
joylashtirilgan edi. Bu yerlarda har qanday kichik bir chekinishlarga 
intilishni tag-tugi bilan yo„qotish uchun barcha choralar ko„rildi. Jumladan, 
Germaniya Demokratik Respublikasida turli yillarda yuz bergan noroziliklar, 
1968-yili Chexoslovakiyada, undan so„ng Polsha va Ruminiyadagi qonli 
to„qnashuvlar sobiq Sovet Qurolli kuchlari 
622


ishtirokida bostirildi. Ana endi o„ylab ko„ring. To„la mustaqil boigan 
Yevropa mamlakatlari shunchalik iskanjaga tushgach, SSSR tarkibiga 
kirgan respublikalar ahvoli qanday boisin? Bunday sharoitda ishlash naqadar 
ogir va ayanchli. Mustaqil fikrlash, mustaqil ish yuritish, xalqi bilan yuzma -
yuz, ochiq-oydin gaplashish huquqi eng kichik rahbardan eng kattasigacha - 
hech kimga berilmagan edi. 
«Xalq so„zi» ro'znomasida Qoraqalpogiston viloyati partiya 
Qo„mitasining sobiq birinchi kotibi Qallibek Kamolov o„z esdalik- larida 
yozishiga qaraganda, Sharof Rashidov Toshkent metropoliteni qurilishi 
masalasi bo„yicha KPSS MQning Bosh kotibi L.I.Brejnev qabuliga turli 
paytlarda va holatlarda olti marta kirgan ekan. Yettinchi marta kirganida 
«Sen, Rashidov, metroing bilan jonimga tegding» deb hujjat ustiga qo„1 
qo„yib bergan ekan. Mamlakat «otasi»ning xonasidan ogir xo„rsinib 
«Nihoyat hal boidi...» deb chiqqan Rashidov holatini, dard aralash 
sevinchini Q.Kamolov alohida ta‟kidlaydi
1
. Bunday iztirobli holatlar Sharof 
Rashidov hayotida tez-tez boiib turardi. 
Sh.Rashidovning opponentlari turg„unlik yillarida butun mamlakatda 
gazak otib, avj olgan qo„shib yozishlarda uni ayblaydilar, Sh.Rashidov 
tufayli «o„zbeklar ishi», «o„zbek mafiyasi», «paxta ishi» kelib chiqqan 
emish. Aslida esa 0„zbekistonda ro„y bergan salbiy hodisalar butun sobiq 
SSSRga xos boiib, Rossiyaning markaziy shaharlari Moskva, Leningrad va 
boshqa yerlarda qo„shib yozishlar, o„g„irliklar, davlat mulkini talon-toroj 
qilishlar va qonunbuzarliklar bir necha barobar dahshatli ahvolda edi. 
Belorussiya, Moldova, Ukraina, Qozogiston va 
boshqa res- 
publikalardagi ko„zbo„yamachiliklar 0„zbekistondagidan kam boimagan. 
Unda nega 0„zbekistondagi qo„shib yozishlar va noxush voqealarga faqat 
Sh.Rashidovni aybdor qilish kerak? Axir bunday yaramas va axloqiy tuban 
poraxo„rlik, ko„ngil ovlash kabi illatlaming ilhomchisi, tashkilotchisi va 
markazi Moskvaning o„zi, siyosiy nobop tuzum edi-ku? «o„zbeklar ishi», 
«o„zbek mafiyasi», «paxta ishi» yoki «rashidovchilik» deb atalmish, 37-
yillaming yangicha bir ko„rinishi boigan 80-yillardagi qatag„onliklar sobiq 
Ittifoqning yana qaysi bir nuqtasida, qaysi bir respublikasida sodir etildi? 
Yo„q, hech qayerda bunday dahshatli ishlar sodir etilmadi. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   471   472   473   474   475   476   477   478   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling