O'zbekiston tarixi


 «Xalq so‘zi» gazetasi, 1994-yil 6-dekabr


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet474/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «Xalq so‘zi» gazetasi, 1994-yil 6-dekabr.
2
«0‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1996-yil 19-dekabr.
619


ligiga ko„tarildi va 24-yil mobaynida muttasil shu lavozimda ishladi. Albatta, 
bu raqamlar tagida murakkab va iztirobli taqdir yotibdi. Sharof Rashidov 
to„g„risida juda ko„p yozilgan. Ammo bu yozilganlaming barchasini adolat 
va haqiqat tarozisiga solib baho berish kerak. Chunki bu yozma 
manbalaming hammasini ham xolislik bilan yozilgan, deb bo„lmaydi. 
Ulaming kattagina qismi Sharof Rashidovga nisbatan g„arazlik, alamzadalik 
va ichi qoralik bilan ehtiroslar ta‟sirida yozilgandir. 
0„tmishga noto„g„ri munosabat, tarixiy shaxslar faoliyatiga bir yoqlama 
baho 
berish, 
yuqori 
lavozimdagi 
rahbarlaming 
kayfiyati 
va 
manfaatparastligiga tarix haqiqatini qurbon qilish hamisha katta va 
kutilmagan fojialarga olib keladi. Bu, ayniqsa, ulug„ allomalar va siyosiy 
arboblar faoliyatini o„rganish, o„sha davr, ular yashab o„tgan ijtimoiy-
siyosiy muhit imkoniyatlarini, hukmron siyosat ta‟sirini, tarixiy muhitni 
soxtalashtirishda yaqqol ko„rinadi. Aholini ataylab chalg„itish, tarix 
haqiqatini buzish yoii bilan o„ziga maqbul imkoniyat yaratish hamisha 
vaqtinchalik shuhrat keltirgani, so„ng esa bu haqiqat ochilib, sharmandai 
sharmisor boiish hollari hayotda ko„p uchragan. Tarix bunday nomaqbul va 
g„ayriinsoniy harakatlarga ko„p marta guvoh boigan. Siyosiy arbob 
faoliyatiga mamlakat aholisi umumiy dunyoqarashi, voqea va hodisalarga 
munosabati, siyosiy hushyorligi va tayyorgarligi, ma‟naviy boyligi hamda 
bir qator omillami hisobga olmay turib baholash sira mumkin emas. 
Sharof Rashidov faoliyatiga har kim har xil qaraydi. Uning vafotidan 
so„ng respublika rahbarligiga erishgan bir qator shaxslar markazga tobeligi, 
o„zining shaxsiy fikri yo„qligi sababli Rashidov va uning obro„-e‟tiborini 
barbod qilish orqali millat sha‟niga dog„ tushirish yoiiga o„tib oldilar. 
Mash‟um XVI Plenum (1984-yil) va 0„zbekiston Kompartiyasining XXII 
syezdi o„zining munofiqona qarorlari bilan respublikadagi mavjud 
ma‟naviy-siyosiy iqlimni loyqalatib yubordi. Yetuk, har tomonlama 
tajribaga ega boigan rahbar kadrlar qirib tashlandi. Ming-minglab odamlar 
hibsga olindi. Qanchadan-qancha oilalar xonavayron qilindi. Natijada, 
odamlarda loqaydlik, ertangi kunga ishonchsizlik kayfiyati paydo boidi. 
Ishlab chiqarish maromi buzildi. Siyosiy parokandalik oddiy oila tashvishi- 
dan tortib, umumdavlat ahamiyatiga molik boigan masalalargacha barcha-
barchasini boshi berk ko„chaga kiritib qo„ydi. 
0„z mustaqilligining bir yilligini nishonlagan respublikamizda Prezident 
Islom Karimov tashabbusi, rahnamoligi va g„oyatda 
620


qat‟iyatliligi bilan o„tmishga munosabatni o„zgartirish, garchi bir qator 
kamchiliklar sodir boigan boisa-da, yaxshi an‟analami qabul qilish hamda 
aholi asosiy ko„pchiligi kayfiyatini hisobga olib Sharof Rashidov faoliyatiga 
xolis baho berish, adolat yuzasidan mulohaza yuritish imkoniyatini yaratdi. 
Bu bevosita ziddiyatli, murakkab bir sharoitda respublikada sogiom 
ijtimoiy-siyosiy, ruhiy va ma‟naviy muhitni barqarorlashtirishga bir muncha 
asos boidi. 
Awalgi boblarda ko„rdikki, Sharof Rashidovgacha 0„zbekis- tonga 
rahbarlik qilgan biron bir arbob xotirjam hayot kechirmagan. Dastlab 
Fayzulla Xo„jayev, Akmal Ikromov va ulaming safdoshlari qatag„on qilindi. 
Keyin Usmon Yusupov katta hamdu sanolar bilan markazga olib ketildi. Har 
xil bahonalar bilan uni lavozimidan bo„shatishdi. Qo„polroq qilib aytganda, 
Mirzachoiga surgun qilindi. Uni qo„riq o„zlashtirishga yuborishdi. Shunga 
o„xshatib Nuriddin Muhiddinovni KPSS Markaziy Qo„mitasi Kotibligi va 
Markaziy Qo„mita Prezidiumi (Siyosiy byuro) a‟zoligi lavozimidan xorijga 
elchi qilib yuborib qo„ya qolishdi. Ana shunday g„ayriyinsoniy, 
mustamlakachilik va zo„ravonlik siyosati Sharof Rashidovni ham o„z domiga 
tortgan edi. 
Xo„sh, Rashidov qanday qilib uzoq muddat ishladi? Har holda, ayrimlar 
aytganidek, laganbardorlik, markazga siginish tufayli emas! Bunday odat 
uning tabiatiga va xarakteriga mutlaqo to„g„ri kelmasdi. Rashidov vaziyatni 
tez payqaydigan va undan to„g„ri xulosa chiqara oladigan, voqealar borishini 
oldindan sezadigan, unga moslashadigan diplomat va yuksak muomala 
madaniyatiga ega shaxs boiganligi sir emas. U o„z qadr-qimmatini yaxshi 
biladigan, g„oyat oriyatli kishi boiganligini ko„pchilik gapiradi. 
Rashidov siyosatidagi «baynalmilal»lik, ms xalqiga keragidan ortiq 
baho berish, «ulug„ og„a»chilik sifati uning markazga to- beligidan emas, 
o„sha davr ijtimoiy-siyosiy muhiti qobigidan chiqolmaslik, o„zining katta-
katta maqsadlariga mamlakat rahbari- ning kayfiyatiga mos ravishda ish 
tutish, murosaga borish yoii bilan erishish muddaosidan kelib chiqqan. Har 
qanday maqtovu arzon qarsaklarga o„ch boigan yoiboshchilarga (xususan, 
L.Brejnev) ana shunday muomalada boigan Rashidov 0„zbekiston 
taraqqiyoti uchun ulardan, mamlakat hokimiyatidan ustalik bilan 
foydalangan. U faqat shu yoi bilangina yurt va xalq farovonligini, qisman 
boisa- da, oshirish mumkinligini yaxshi bilgan. 
621


Xo„sh, Rashidovning o„mida boshqa odam ishlaganida nima boiardi? 
Yoki Rashidovni bo„shatib, uning o„miga chiqmoqchi boiganlar, bordi-yu, 
o„z maqsadlariga yetib, respublika rahbarligi lavozimini egallaganlarida 
0„zbekistonda ahvol o„zgararmidi? Yo„q! Ahvol o„zgarmas edi! Balki... 
bundan ham battarroq boiishi mumkin edi. Chunki, o„sha davr ijtimoiy-
siyosiy muhitini tanqidiy nazar bilan qarab, xolis baho bergan taniqli olim, 
0„zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a‟zosi Haydar Poiatov iborasi bilan 
aytganda: «ОЧа markazlashgan siyosiy mexanizmning shiddatli 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling