O'zbekiston tarixi
0‘zR MDA, 2456-fond, 1-ro‘yxat, 193-ish, 175-varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘zR MDA, 2456-fond, 1-ro‘yxat, 193-ish, 175-varaq. 2 O'sha manba, 60-ish, 29-varaq. 3 O'sha manba, 155-ish, 122-varaq. 4 O'sha manba, 194-ish, 14-16-varaqlar. 5 O'zR MDA, R-2456-fond, 1-ro‘yxat, 174-ish, 14-16-varaqlar. 644 «Bilim» jamiyati orqali keng mehnatkashlar ommasi o„rtasida olib borilgan «ateistik» (dahriylik) targ„ibot-tashviqotiga asosiy diqqat- e‟tibor qaratildi. Ала shu ikki yo„nalishda islom diniga qarshi kurash Sovet tuzumining so„nggi nafasiga qadar ham to„xtagan emas. Qadimiy tarixiy an‟anaga ko„ra, Islom urf-odatlari va qoidalari o„zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan va kundalik odatiy turmush tarziga aylanib qolgan. Oddiy xalq u yoqda tursin, hatto Sovet va Kompartiya rahbarlarining o„zlari ham ateist «sarposi»ni kiyib olgan bo„lsalar-da, Islom dini urf-odatlari va qoidalaridan chetga chiqib ketolmaganlar. Sovet davrida davlat hokimiyati va Kompartiya bilan Islom diniga e‟tiqod qo„ygan musulmonlar o„rtasidagi o„zaro munosabat bamisoli charxpalak o„yinini eslatar edi. Ya‟ni xalq Islom yo„lidan qaytmas, hokimiyat, ma‟muriyat esa zo„rlik, buyruq va kuch ishlatishdan to„xtamas edi 1 . Jumladan, 1946- yil dekabrga qadar Andijonda - 183 ta, Namanganda - 26 ta, Qashqadaryoda - 11, Xorazmda - 30 ta yangi masjidlar 2 ochilgan. 1947- yil 24-maydagi ma‟lumotlarga qaraganda, birgina Samarqand viloyatida 572 ta masjidlar boigan, ulaming 230 tasi omborxona, 30 tasi madaniy-oqartuv tashkilotlariga aylantirilgan, 2 tasi yotoq- xona sifatida foydalanilgan va 310 tasi bo„sh boigan 3 . 0„zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1953-yil 25-iyundagi 12-13/s- sonli «Diniy tashkilotlar haqidagi Sovet qonunlarining buzilish holatlari to„g„risida»gi qarorida dindorlar tomonidan «o„zboshimchalik» bilan yangi ochilgan masjidlar tanqid etiladi. Unda ko„rsatilishicha, 0„zbekiston hududida 59 masjid yashirin tarzda faoliyat ko„rsatgan. Qarorda mahalliy shoio tashkilotlariga bunday yashirin ish olib borayotgan masjidlami zudlik bilan yopish vazifasi topshirildi 4 . 1958-yil 28-noyabrda KPSS MQ «Muqaddas joylar» deb atalmish joylarga Haj qilishni to„xtatish to„g„risida» maxsus qaror qabul qildi. 1959-yil 3-yanvarda 0„zbekiston Kompartiyasi MQ Byurosi ham bu masalada maxsus qaror qabul qildi 5 . Sovet va Kompartiya rahbarlari 0„zbekistondagi 138 ta muqaddas qadamjolami yopishga qaror qildilar. Ular orasida «Shohi-Zinda», Ismoil Buxoriy, Bahovuddin Naqshband, Abduxoliq Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling