O'zbekiston tarixi


 «0‘zbekiston adabiyot va san’ati» gazetasi, 1990-yil 5-oktabr


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet530/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   526   527   528   529   530   531   532   533   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «0‘zbekiston adabiyot va san’ati» gazetasi, 1990-yil 5-oktabr.
2
«0‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil 14-fevral.
3
«0‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil 14-fevral.
684


Alisher Ibodinov Bog„dod-Qo„qon yoiida shaharga shoshilib 
ketayotgan odamlar orasida bir oqsoqol bilan qilgan suhbatini eslab 
yozadi: «oqsoqol mesxeti turklari bilan hech qanday ishi yo„qligi, o„z 
dardi bilan shaharda boiadigan mitingga otlanganligini so„zladi. Uning 
o„n farzandi bor ekan. To„rt kelin, nabiralar, olti farzand 'bilan katalakdek 
xonadonda tiqilib yashayotganliklari,. tirikchilik ogirligidan hasrat qildi. 
«Negadir biz o„zbeklar o„z yurtimizda boshqalarga qaraganda nochor 
yashaymiz, aybimiz qishloqda tugilganimizmi?» deya nola qilgan edi, u. 
Choi Qo„qonga kelgan kattalarga shu dardlarini aytmoqchi ekan»
1
. 0„sha 
olovli damlarda mantiqan qiziq bir jumboq hosil boigan edi. Qizil 
qo„shinlar, osmondan vertolyotlar mesxeti turklar bilan talashib bir-
birlarining uylariga o„t qo„yayotgan bezorilami o„qqa tutmadilar, balki 
siyosiy talablar bilan Lenin nomli maydonda o„tirib olib, tinch miting 
qilayotgan aholi ulami qurshab olgan askarlar tomonidan avtomatlardan 
va vertolyotlardan o„qqa tutildi. Bu bejiz emas edi, albatta. Aslini olganda 
o„sha mash‟um kunda 0„zbekistonning mustaqilligi o„qqa tutilgan edi.
Sovetlar va uning mahalliy malaylari o„zbek xalqini qo„rqitish, 
milliy uyg„onish davriga kirgan fidoyi vatanparvarlami tiz cho„ktirish 
maqsadida bunday vahshiyona tadbimi qoilagan edilar.
Ammo xalqimizning to„kilgan qonlari zoe ketmadi. Chunki u qonlar 
qutlug„ qonlar edi. Mustamlakachilarga qarshi ozodlik, erk, ijtimoiy-
adolat va baxtli istiqbolni deb 1989-yil iyun oyida Qo„qonda shahid 
boigan Shuhrat Olimov (Qo„qon taksomotor parkida shofyor, uch 
farzandning otasi), Abdumavlon Mahkamov («Tekstilmash» korxonasi 
ishchisi), Alijon Bobojonov (Qo„qon Qishloq xo„jalik texnikumining 
talabasi), Azizxon Dehqonboyev (Qo„qon Lokomotiv deposi ishchisi), 
Alisher Rahmatullayev (mushtipar onaning yakkayu yagona o„g„li), 
Qodirjon Nurmatov (ikki bolaning otasi) va boshqalar tufayli sovetlarga 
va Kompartiyaga ko„r-ko„rona ishongan xalqning ko„zlari ochildi, 
xalqimiz ongida jiddiy o„zgarish yasadi.
Farg„onadan so„ng Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, 
Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ham xalq g„alayonlari boidi. Ammo 
bu g„alayonlaming oldi olindi. Farg„ona voqealari xalqimizga katta va 
achchiq hayotiy saboq berdi.

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   526   527   528   529   530   531   532   533   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling