O'zbekiston tarixi


partiyalar jami 59,6 foiz (shu jumladan eserlar 40,4 foiz, mensheviklar 2,7


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


partiyalar jami 59,6 foiz (shu jumladan eserlar 40,4 foiz, mensheviklar 2,7 
foiz), bolsheviklar 24 foiz, burjua partiyalari 16,4 foiz vakillik nomzodiga 
ega bo„ ldilar. 1918-yil 5-yanvarda, Ta‟sis maj lisi chaqirildi. V.I.Leninning 
buymg„iga binoan 200 moryak Ta‟sis majlisini o„rab turdi, bu hokimiyatning 
kimning qoiida ekanligini ko„rsatar edi. Shunga qaramasdan Ta‟sis majlisi 
hokimiyatni bolsheviklar qoiiga topshirmadi. Lenin boshliq bolsheviklar 
magiubiyatga uchradilar. Lenin Ta‟sis majlisini tashlab chiqib ketdi va o„z 
kabinetidan turib Ta‟sis majlisini tarqatib yuborish to„g„risida buymq berdi. 
V. I.Lenin imzo chekkan dekret asosida kadetlar partiyasi qonundan tashqari 
deb e‟lon qilindi va faoliyati taqiqlandi. Ta‟sis majlisining deputati boigan bu 
partiyaning ikki rahbari A.I.Shingarev va F.F.Kokoshkinlar kasalxonada 
oidirildilar. 
1
«Туркестанские ведомости», 1917-yil, 16-noyabr. 
2
 Geller М., Nekrich A. Istoriya Rossii. Utopiya u vlasti. Kniga pervaya, 1996, 42-bet. 
3
 Geller М., Nekrich A. Istoriya Rossii. Utopiya u vlasti. Kniga pervaya, 1996, 42-bet. 
34 


Ta‟sis majlisining tarqatilishiga qarshi Petrogradning Obuxov, Patron va 
boshqa zavodlari ishchilari namoyish uyushtirdilar. Qizil gvardiyachilar 
namoyishchilami vahshiylarcha qirg„in qildi. «Pravda» har qancha aldamasin, 
bu sharmandali voqeani yashira olmaydi»
1
, degan edi M.Gorkiy. Ana shu 
tariqa Lenin va bolsheviklar o„z hokimiyatini o„matish va mustahkamlash 
maqsadida mamlakatda qizil terromi boshlab yubordi. Xalq ommasining 
ko„pchiligi Oktabr to„ntarishiga qarshi kurashga otlandi. 1918-yilda 
bolshevik Uriskiy o„ldirildi, V.I.Lenin yarador qilindi. Bu voqealar 
bahonasida ming- minglab begunoh kishilar, chollar, kampirlar va yosh 
bolalar «buijua ayg„oqchilari» degan soxta aybnoma bilan otib tashlandi. 
1918-1920- yillami o„z ichiga olgan fuqarolar urushi boshlandi. Mamlakatda 
harbiy kommunizm siyosati joriy qilindi. Oppozisiyachi partiyalar faoliyati 
ta‟qiqlab qo„yildi. Zo„rlik va behisob qon to„kish yo„li bilan bolsheviklar 
mamlakatda yolg„iz va hukmron partiyaga aylandilar. V.I.Lenin taz‟yiqni, 
otish, qirg„in qilishni hokimiyatni qoiga olish va mustahkamlashning birdan-
bir vositasi deb bilgan. 1917-yil 25- oktabrda Sho„rolaming II syezdi 
Kamenevning taklifi bilan Rossiyada oiim hukmini bekor qilganda Lenin 
dahshatga tushgan: «Nodonlik, nodonlik... Ular otishlarsiz inqilobni amalga 
oshirish mumkin, deb o„ylaydilarmi
2
? V.I.Lenin har doim inqilobiy zo„rlik, 
qon to„kish va qirg„inlar vositasi bilan sotsialistik tartibotlami o„matish 
lozimligini ilgari surgan edi. U 1917-yil 24-27-dekabrda yozgan 
«Musobaqani qanday uyushtirish kerak?» degan maqolasida bunday deydi: 
«Katta- yu kichik ishlarda, mahalliy xususiyatlarda ishga qanday 
munosabatda boiish usullarida, kontrolni amalga oshirish usullarida, 
parazitlami (boylar bilan muttahamlami, intelligensiyadan chiqqan noshudlar 
bilan shallaqilami, hokazo va shunga o„xshashlami) qirib bitirish va zarari 
tegmaydigan qilish yoilarida xilma-xil usul qoilanish asosiy, tubli, muhim 
bo„lgan birlikni buzmaydi, balki bu birlikni ta‟minlaydi»
3
. V.I.Lenin 
maqsadga erishish yoiida turli va xilma-xil usullardan foydalanishni maslahat 
beradi. 
«Rossiya tuprog„ini har qanday zararli hashoratlardan, burga- lardan - 
muttahamlardan, kanalardan - boylardan va hokazo va 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling