O'zbekiston tarixi
partiyalar jami 59,6 foiz (shu jumladan eserlar 40,4 foiz, mensheviklar 2,7
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geller М., Nekrich A.
partiyalar jami 59,6 foiz (shu jumladan eserlar 40,4 foiz, mensheviklar 2,7 foiz), bolsheviklar 24 foiz, burjua partiyalari 16,4 foiz vakillik nomzodiga ega bo„ ldilar. 1918-yil 5-yanvarda, Ta‟sis maj lisi chaqirildi. V.I.Leninning buymg„iga binoan 200 moryak Ta‟sis majlisini o„rab turdi, bu hokimiyatning kimning qoiida ekanligini ko„rsatar edi. Shunga qaramasdan Ta‟sis majlisi hokimiyatni bolsheviklar qoiiga topshirmadi. Lenin boshliq bolsheviklar magiubiyatga uchradilar. Lenin Ta‟sis majlisini tashlab chiqib ketdi va o„z kabinetidan turib Ta‟sis majlisini tarqatib yuborish to„g„risida buymq berdi. V. I.Lenin imzo chekkan dekret asosida kadetlar partiyasi qonundan tashqari deb e‟lon qilindi va faoliyati taqiqlandi. Ta‟sis majlisining deputati boigan bu partiyaning ikki rahbari A.I.Shingarev va F.F.Kokoshkinlar kasalxonada oidirildilar. 1 «Туркестанские ведомости», 1917-yil, 16-noyabr. 2 Geller М., Nekrich A. Istoriya Rossii. Utopiya u vlasti. Kniga pervaya, 1996, 42-bet. 3 Geller М., Nekrich A. Istoriya Rossii. Utopiya u vlasti. Kniga pervaya, 1996, 42-bet. 34 Ta‟sis majlisining tarqatilishiga qarshi Petrogradning Obuxov, Patron va boshqa zavodlari ishchilari namoyish uyushtirdilar. Qizil gvardiyachilar namoyishchilami vahshiylarcha qirg„in qildi. «Pravda» har qancha aldamasin, bu sharmandali voqeani yashira olmaydi» 1 , degan edi M.Gorkiy. Ana shu tariqa Lenin va bolsheviklar o„z hokimiyatini o„matish va mustahkamlash maqsadida mamlakatda qizil terromi boshlab yubordi. Xalq ommasining ko„pchiligi Oktabr to„ntarishiga qarshi kurashga otlandi. 1918-yilda bolshevik Uriskiy o„ldirildi, V.I.Lenin yarador qilindi. Bu voqealar bahonasida ming- minglab begunoh kishilar, chollar, kampirlar va yosh bolalar «buijua ayg„oqchilari» degan soxta aybnoma bilan otib tashlandi. 1918-1920- yillami o„z ichiga olgan fuqarolar urushi boshlandi. Mamlakatda harbiy kommunizm siyosati joriy qilindi. Oppozisiyachi partiyalar faoliyati ta‟qiqlab qo„yildi. Zo„rlik va behisob qon to„kish yo„li bilan bolsheviklar mamlakatda yolg„iz va hukmron partiyaga aylandilar. V.I.Lenin taz‟yiqni, otish, qirg„in qilishni hokimiyatni qoiga olish va mustahkamlashning birdan- bir vositasi deb bilgan. 1917-yil 25- oktabrda Sho„rolaming II syezdi Kamenevning taklifi bilan Rossiyada oiim hukmini bekor qilganda Lenin dahshatga tushgan: «Nodonlik, nodonlik... Ular otishlarsiz inqilobni amalga oshirish mumkin, deb o„ylaydilarmi 2 ? V.I.Lenin har doim inqilobiy zo„rlik, qon to„kish va qirg„inlar vositasi bilan sotsialistik tartibotlami o„matish lozimligini ilgari surgan edi. U 1917-yil 24-27-dekabrda yozgan «Musobaqani qanday uyushtirish kerak?» degan maqolasida bunday deydi: «Katta- yu kichik ishlarda, mahalliy xususiyatlarda ishga qanday munosabatda boiish usullarida, kontrolni amalga oshirish usullarida, parazitlami (boylar bilan muttahamlami, intelligensiyadan chiqqan noshudlar bilan shallaqilami, hokazo va shunga o„xshashlami) qirib bitirish va zarari tegmaydigan qilish yoilarida xilma-xil usul qoilanish asosiy, tubli, muhim bo„lgan birlikni buzmaydi, balki bu birlikni ta‟minlaydi» 3 . V.I.Lenin maqsadga erishish yoiida turli va xilma-xil usullardan foydalanishni maslahat beradi. «Rossiya tuprog„ini har qanday zararli hashoratlardan, burga- lardan - muttahamlardan, kanalardan - boylardan va hokazo va 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling