O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 Геллер М., Некрич А. История России, книга первая. 
28 


mamlakatda butun hokimiyatni o„z qoiiga oldi va yagona hukmron kuchga 
aylandi. Bolsheviklar partiyasi esa qurolli qo„zg„olon yoii bilan hokimiyatni 
Muvaqqat hukumatdan tortib olish uchun astoydil kirishdi. «Butun hokimiyat 
sho„rolarga!» shiori ostida bolsheviklar Turkistonda ham ommani qurolli 
qo„zg„olonga tayyorlanishga chaqirdilar. 1917-yil iyul-avgust oylarida 
Toshkent, Samarqand, Yangi Buxoro (Kogon), Qo„qon va boshqa shaharlarda 
asosan Yevropa millatiga mansub aholining miting va namoyishlari boidi. 
Ularda bolsheviklaming «Butun hokimiyat sho„rolariga!» shiori qo„llab-
quwatlandi va ilgari surildi. Muvaqqat hukumat asosiy e‟tiborini Rossiyaning 
markaziga qaratdi. Turkiston o„lkasidan esa ko„ngli to„q edi. Bu yerda 
hukumatga qarshi biror-bir jiddiy harakat boiishiga ishonmasdi. Ilgari 
Turkistonda boigan Kerenskiy Muvaqqat hukumat tepasiga kelgach, 
Turkiston oikasiga o„z-o„zini boshqarish huquqini berish talabini umuman tan 
olishdan bosh tortdi. U juda katta ishonch va qat‟iyatlilik bilan bunday degan 
edi: «Men Turkiston va uning aholisini juda yaxshi bilaman va ishonamanki, 
ular umuman vatanimizga sodiq boiib qoladilar. Turkistonda Rossiyaga 
qarshi qo„zg„olon tayyorlanmoqda, degan mish-mishlarga ishonmayman. 
Lekin qanday dir besaranjomliklar yuzaga kelsa, darhol eng qattiq choralar 
qoilanilishi kerak»
1
. Turkistonda bunday «besaranjomlik»lardan xavotirlanish 
uchun esa barcha asoslar bor edi. Buni 1917-yil sentabrda Toshkent va 
boshqa shaharlardagi tang vaziyat ochiq-oydin ko„rsatdi. Bu tanglikning 
tashkilotchilari bolsheviklar edilar. Ular Turkiston oikasida oziq-ovqat 
ta‟minotidagi tanqislik tufayli ommaning kuchayib ketgan norozilik miting va 
namoyishla- ridan foydalanib hokimiyatni egallab olishga intildilar. 
Armiyaning bir qismi ham ular tomonga o„tadi. Jumladan, 1917-yil 12-
sentabrda Toshkentdagi Aleksandrovskiy parkida (hozir Temiryoichilar xiyo- 
boni) 7 mingga yaqin namoyishchilar mitingga to„plandilar. Ular asosan 
Toshkent temiryoi va boshqa korxonalaming ishchilari, birinchi va ikkinchi 
Sibir polklarining askarlari edilar. Turkiston Okrugi qo„shinlari qo„mondoni 
Cherkes mitingni tarqatishga buymq berdi. Ammo askarlar bu buymqni 
bajarmadilar. Miting qatnashchilari 
13 kishidan iborat Muvaqqat inqilobiy qo„mita sayladilar. Uning tarkibida 
mahalliy millat vakillaridan hech kim yo„q edi. Qo„mita tarkibiga 3 
bolshevik: A.Shmakov, S.D.Jevakin, Belozerov; 5 so„l 
' «Yangi Sharq» jumali (Berlin), 1917-yil, 2-son, 69-bet. 
29 


eser: Perfilev, Kotelnikov, Bikov, Futkovskiy, Sevsov; 3 menshevik 
baynalminalchi va 2 anarxist kiritildi. General Cherkes buyrug„iga asosan 
«Ozurdalik uyi»da Inqilobiy qo„mita a‟zolari qamoqqa olindi. Bu uyda 
inqilobiy qo„mita va Toshkent Sho„rosining qo„shma majlisi boiishi kerak 
edi. Bu hodisa ishchilar hamda birinchi va ikkinchi Sibir o„qchi polklari 
askarlarining «Ozodlik uyi» bog„ida uyushtirgan norozilik mitingiga sabab 
boidi. Miting qatnashchilarining talabi bilan qamoqqa olingan inqilobiy 
qo„mita a‟zolari ozod qilindilar. 
12-sentabrda Toshkent Sho„rosi ijroiya qo„mitasi qayta saylandi. Soi 
eser rais boigan mazkur qo„mita tarkibiga 16 so„l eser, 10 ta menshevik 
baynalmilalchi va 9 ta bolshevik kirdi. Uning tarkibiga mahalliy millat 
vakillaridan birorta ham vakil kirmagan edi. 
Muvaqqat inqilobiy qo„mita 13-sentabrga o„tar kechasi yangi ijroiya 
qo„mita bilan birga majlis o„tkazib general Cherkesni qo„mondonlikdan 
chetlashtirish to„g„risida qaror qabul qildi. 
Bu tahlikali vaziyatdan vahimaga tushgan Turkiston o„lka sho„rosi 
Inqilobiy Qo„mitani va Toshkent Sho„rosi Ijroiya Qo„mitasini tan olmadi. 
Oika mehnatkashlariga murojaat qilib Toshkentda to„ntarish uyushtirmoqchi 
boigan kuchlarga nisbatan norozilik tadbirlari uyushtirishga chaqirdi. 
Turkiston o„lka umummusulmon, dehqon va qirgiz o„lka Sho„rolarining 
birlashgan Kengashi ham Inqilobiy Qo„mita va Toshkent Sho„rosi ijroiya 
qo„mitasining fitnasini tan olmadi. 
Turkiston oika sho„rosi va oika muvaqqat hukumat qo„mitasining raisi 
V.Nalivkin Toshkentda halokatli vaziyatning vujudga kelganligini hisobga 
olib Kerenskiy hukumatidan yordam so„radilar. Muvaqqat hukumat general 
Korovichenkoni «Turkiston oikasining bosh komissari» etib tayinladi. Uning 
boshchiligidagi jazo ekspeditsiyasi 24-sentabrda Toshkentga yetib keldi. 
Ammo u Toshkentda ma‟lum ma‟noda tartib-intizom o„matgan boisa-da, 
ishchi va askar deputatlari sho„rosining bolsheviklashuv jarayonini to„xtata 
olmadi. 
Yuqoridagi mulohazalardan ko„rinadiki, Turkiston ishchi va askar 
deputatlar sho„rosi bilan oika umummusulmon sho„rosi umumiy maqsad 
birligi yoiida yaqin aloqada boimagan, mahalliy xalq kelgindi «oikaga surgun 
qilingan»ga esa begonasirab ergashmagan. 
1917-yil sentabr-oktabr oylarida hokimiyatni qoiga kiritish masalasi 
bevosita kun tartibiga qo„yilgan kezlarda Turkiston umummusulmon sho„rosi 
o„zining mustaqil dasturi asosida 
30 


faoliyat ko„rsatadi. Bu davrda vujudga kelgan murakkab vaziyat «Sho„roi 
Islomiya» ulamolari o„zaro yaqin yashashga majbur etdi. Buni Turkiston 
o„lka musulmonlarining II va III qurultoylarining chaqirilishi va ular qabul 
qilgan qarorlardan bilsa ham bo„ladi. Turkiston umummusulmonlarining II 
qurultoyi ulamolar tashabbusi bilan 1917-yil 17-20-sentabrdachaqirildi. 
Qurultoy qarorida«Sho„roi Islomiya», «Turon», «Sho„roi ulamo» barchasi 
xalq jamiyatlari boiib, birgalashib, yagona kuch sifatida ish ko„rishi vaqti 
kelgani
1
maxsus qayd etiladi. Kuchlami markazlashtirish maqsadlarini 
ko„zlab qurultoy Turkistondagi barcha musulmon tashkilot va jamiyatlarini 
birlashtirib yagona siyosiy tashkilot - «Ittifoqi muslimin» partiyasini tuzishga 
qaror qildi. 
Qurultoyda Turkiston o„lkasi milliy davlatchiligi va uning taqdiri 
masalasi bo„yicha g„oyatda muhim ahamiyatga ega boigan qaror qabul 
qilindi. Qurultoyning mahalliy hokimiyat to„g„risidagi qarorida, jumladan, 
quyidagilami o„qiymiz: «Turkiston oikasining 98 foiz nufuzini tashkil 
etuvchi 10 million musulmon inqilob eion qilgan Hurriyat, Tinchlik, 
Birodarlik asoslarida milliy madaniy muxtoriyat huquqiga mutlaq ravishda 
ega mahalliy hokimiyat, birinchi navbatda musulmon vakillaridan hamda 
maium miqdorda o„zga siyosiy tashkilotlar vakillaridan tashkil topib ta‟sis 
etiluvi lozim. Hokimiyatning tasodifiy va yerli aholi manfaatiga yot boigan 
kichik guruhlardan tuzilgan ishchi, askar va dehqon tashkilotlarining qoiida 
jamlanuvi xalqchilik asoslariga ziddir va mahalliy musulmon xalqiga odil 
hayot tuzumini ta‟minlab beruvi amri maholdir». Shu bois qurultoy 
nodemokratik va mustamlaka xarakteridagi ishchi va askar deputatlari 
sho„rosi o„miga Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy muxtor federatsiya 
tuzish g„oyasini asoslaydi. Qurultoy qarorida bu g„oya quyidagicha ilgari 
surildi: 
Rossiya Federatsiyasi tarkibida Turkiston Federativ jumhuriyatini 
tashkil etish; 
Toshkentda o„lka fuqarolarini boshqaruvchi 12 kishilik Turkiston oika 
qo„mitasini tashkil etish, uning tarkibiga 3 kishi ishchi, askar va dehqon 
sho„rolari qurultoyidan, 3 kishi shahar ijroqo„mi idoralaridan, 
6 kishi musulmon qurultoylaridan kirish rejalashtirilgan. 
Besh yillik muddat bilan saylanadigan 24 kishidan iborat qonun 
chiqarish huquqiga ega boigan oliy organ «Mahkama-i Shariya» 
1
Qarang. «Ulug„ Turkiston», 1917-yil, 30-sentabr. 
31 


(Qonunlar palatasi, parlament) va uning «Shayhul-islom» (bosh prokurori) 
lavozimini tashkil etish, uning tarkibiga besh kishi ishchi, askar va dehqonlar 
qurultoyidan va 14 kishi o„lka musulmonlari tashkilotlaridan kirishi 
belgilangan. 
Turkiston parlamenti «Mahkamai Shariiya» o„z amaliy faoliyatini 
shariat 
asosida 
Rossiya 
respublikasining 
asosiy 
qonunlariga 
(konstitutsiyasiga) mos sur‟atda olib boradi. Sirdaryo, Samarqand, Farg„ona 
va Kaspiy orti viloyatlari xalq xohish-irodasiga ko„ra alohida hududiy muxtor 
federatsiya huquqida boiishi va Turkiston federativ jumhuriyatiga kirishi 
lozimligi ko„rsatiladi. Qurultoy qarorida Rossiya hukumatining vakolatlari va 
Turkiston Federatsiyasiga beriladigan haq-huquqlar ham aniq ko„rsatib 
o„tiladi. 0„z binosiga, xazinasiga, federativ bankiga ega boiish, chegaradosh 
davlatlar bilan savdo-iqtisodiy shartnomalar tuzish, turli xalqaro anjuman va 
konferensiyalarga o„z vakillarini yuborib turish kabilar ana shular 
jumlasidandir. 
Qurultoy diqqat-e‟tiborini faqat siyosiy masalalargagina qaratib 
qolmadi. Unda iqtisodiy muammolar ham hal qilindi. Jumladan, aholi 
o„rtasida kuchayib borayotgan ocharchilik balosi oldini olish uchun Turkiston 
o„lkasida paxta ekishni to„xtatib, faqat bug„doy va boshqa boshoqli ekinlar 
ekishni maqsadga muvofiq, deb topdi. 
500 kishi vakil boiib qatnashgan mazkur qurultoyning yana bir katta 
ahamiyati shunda ediki, uning ishida Turkistondan tashqari 0„rol va To„rg„ay 
viloyatlari ham ishtirok etdilar. Ular qurultoyda so„zga chiqib, bu 
viloyatlaming ham Turkiston federatsiyasi tarkibiga kiritilishini iltimos 
qildilar. 
Xullas, Turkiston umummusulmonlarining ikkinchi o„lka qurultoyi 
milliy istiqlol harakati tarixida muhim iz qoldirgan anjuman sifatida tarixga 
kiradi. Qurultoy ilgari surgan tarixiy g„oya va qarorlar «Turk odami 
markaziyat (federalist) partiyasi»ning 1917-yil sentabrda e‟lon qilingan 
Dasturi va Nizomida ham o„z aksini topdi. Dastuming kirish qismida 
muxtoriyatga ega boimoq uchun birdan-bir to„g„ri tadbir «Turk odami 
markaziyat (federalist) partiyasi»ni tashkil etmoqdan iborat ekanligi 
ta‟kidlanadi va Turkistonda muxtoriyat tuzilishini istagan har bir kimsa ana 
shu partiyaga kirishi, qoiidan kelgan har qanday yordamni unga berib xizmat 
qilishi kerakligi qayd etiladi. Partiya dasturida Turkiston muxtor jumhuriyat 
boiishi bilan bir qatorda o„z parlamentiga ega boiishi, ichki boshqaruv 
masalalarini - iqtisod va moliya, shariat, madaniyat, maorif, adliya, 
32 


mulkchilik, saylov o„tkazish tartib - qoidalari, yerga egalik va boshqa 
masalalami o„zi mustaqil hal qilishi lozimligi ilgari suriladi. Bulardan 
tashqari partiya dasturida vijdon va e‟tiqod erkinligi himoya qilinishi, 24 soat 
ichida hibsga olingan mahbusning aybnomasi e‟lon qilinishi, ayollar va 
bolalar mehnatini muhofazalash, salomatlikka zarar keltiruvchi korxonalarda 
ish soatlari tartibga solinishi kabi g„oyat muhim masalalar ham o„z aksini 
topgan edi. 
Yana shu narsani alohida ta‟kidlash joizki, 1917-yil sentabr oyiga kelib 
«Ulug„ Turkiston» gazetasida jadid faollaridan boigan Sh. Shoahmedov 
Turkiston muxtoriyat konstitutsiyasi loyihasini tayyorlab chop ettirgan edi. 
Bu, Turkiston oikasi istiqlol fidoyilari o„lkada hokimiyatni qo„lga olish 
masalalarida bir qator amaliy tadbirlami ilgari surganlaridan dalolat edi. Ular 
Vatan va millat taqdiri to„g„risida qayg„urdilar. Ammo Turkiston milliy 
mustaqilligi uchun kurash fidoyilari ijtimoiy-siyosiy, nazariy-g„oyaviy 
dunyoqarashlarining cheklanganligi va torligi, inqilobiy kurash tajribalarining 
yetarli darajada rivojlanmaganligi oqibatida hokimiyatni qoiga olishda 
faollik, dadillik va yetarli tashkilotchilik fazilatlarini ko„rsata olmaydilar. Bu 
milliy istiqlol harakati a‟zolarining xatosi emas, balki fojiasi edi. Chunki bu 
fojia Turkiston oikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi 
qoloqligi, eng asosiysi esa oikaning uzoq yillardan beri Chor Rossiyasining 
mustamlakasi boiib kelayotganligi bilan izohlanardi. 
Turkiston oikasida hokimiyat uchun raqiblashayotgan kuchlar o„zaro bir 
maromda ustunlik uchun kurash olib borayotgan paytda 
1917- 
yil 25-27-oktabrda Petrogradda bolsheviklar harbiy to„ntarishni 
amalga oshirdilar, muvaqqat hukumatni zo„rlik yoii bilan ag'darib tashladilar. 
Albatta, bu voqea Rossiya fuqarolari uchun kutilmagan hodisa boidi. 
Shu boisdan oktabr to„ntarishiga qarshi Rossiyaning turli muzofotlarida 
qurolli chiqishlar boshlanib ketdi. Xatto proletar yozuvchisi Maksim Gorkiy 
ham Oktabrga nisbatan o„zining salbiy munosabatini bildiradi. 
«Turkestanskie vedomosti» gazetasi uning «Novaya jizn»da e‟lon qilingan 
«Demokratiyaga» deb nomlangan murojaatnomasini ko„chirib bosgan edi. 
Unda jumladan quyidagilami o„qiymiz: «Lenin, Troskiy va ulaming 
yoidoshlari hokimiyatning chuqur zaqqumi ila zaharlanib boidilar. Ulaming 
so„z erkinligi, demokratiya erishgan shaxs huquqlariga bo „ lgan sharmisor 
munosabati bunga shahodatdir. So„qir mutaassib va vasvasaga uchragan 
2

1746
33


jahongashtalar oldi-ketini bilmay, go„yoki, «sotsial inqilob» tomon 
bormoqdalar, aslida esa bu yo„l - o„zboshimchalik yoii, inqilobning va 
yo„qsillaming oiim yo„lidir. 
Mazkur yoida Lenin va uning safdoshlari Peterburg atrofidagi xunrezlik, 
Moskvani yemirish, so„z erkinligini puchga chiqarish, bem‟ani hibsga 
oluvchilar singari o„z vaqtida Pleve va Stolipin qoilagan qabihlik va 
jinoyatlarga qodirligini namoyon qildilar»
1

Bolsheviklar Markazda erishgan o„z g„alabalarini mustahkam- lash 
maqsadida ayyorlik ishlatib 27 oktabrda Sho„rolaming II syez- dida Yer va 
sulh to„g„risida Dekret qabul qildilar. N.K.Krupskaya Yer to„g„risidagi 
Dekret g„oyasini V.I.Lenin eserlardan olgan edi
2
, deb eslagandi. Biroq 
mamlakat sotsialistik o„zgarishlarga tayyor emasdi. Shu bois bolsheviklaming 
hokimiyatni o„z qoilarida uzoq saqlab qola olmasliklari aniq edi. Ikkinchi 
tomondan esa hokimiyat masalasini uzil-kesil Ta‟sis majlisi hal qilishi lozim 
edi. Ta‟sis majli- sini chaqirish to„g„risidagi qaromi Muvaqqat hukumat 
qabul qilgan edi. Lenin va bolsheviklar Ta‟sis majlisiga qarshi chiqa 
olmasdilar. 
Chunki M.Gorkiy aytgani singari «sara ms kishilari qariyb yuz yil Ta‟sis 
majlisi g„oyasi bilan yashadilar»
3

Demokratik asosda o„tgan Ta‟sis majlisiga saylovlar oktabr 
to„ntarishidan so„ng bo„lib o„tdi. Saylov natijalariga ko„ra sotsialistik 
Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling