O'zbekiston tarixi


Anneksiya - bosib olish.  3  Kontributsiya


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 Anneksiya - bosib olish. 
3
 Kontributsiya - tovon to„lash. 
4
Программные документы мусульманских политических партий (1917— 1920), 
Оксфорд, 1958, 10-бет. 
5
 Диманштейн С. Революция и национальний вопрос, Ш, М.: 1930, 16- 17-бетлар. 
18 


Barcha 
mintaqaviy 
partiya 
va 
boshqa 
tashkilotlar 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish hamda Rossiya musulmonlarini boshqarishni amalga 
oshirish uchun Butunrossiya ta‟sis majlisi chaqirilgunga qadar qurultoy 
Butunrossiya musulmon sho„rosi (milliy sho„ro)ni sayladi. Uning ijroya 
qo„mitasi tarkibiga Turkistondan o„lka musulmon sho„rosi a‟zolari Ubaydulla 
Xo„jayev va Islom Shoahmedovlar kirdilar. 
Qurultoyda Rossiya milliy davlat qurilishi masalasida qizg„in bahslar 
bo„lib o„tdi. Ushbu masala bo„yicha qurultoy qatnashchilari ikkiga bo„linib 
ketdilar. Ulardan biri markazchilik tamoyilini himoya qilib, demokratik 
Rossiya tarkibida xududiy-madaniy muxtoriyat huquqi tarafdori edi. Ikkinchi 
guruh vakillari esa Rossiya Federatsiyasi tarkibida musulmon xalqlariga 
hududiy muxtoriyat berilishiga moyillik bildirdilar. 
Keskin va davomli bahs-munozaralardan so„ng ushbu masala yuzasidan 
qurultoyda quyidagi qaror qabul qilindi: «Rossiyada musulmon xalqlari 
manfaatlarini ko„proq ta‟minlovchi davlat qurilishi shakli milliy-hududiy 
federativ asosdagi demokratik respublika deb tan olinsin; Muayyan hududga 
ega bo„lmagan millatlar milliy-madaniy muxtoriyatdan foydalanadi»
1

Bundan ko„rinadiki, jadidlar sho„ro tarixchilari soxtakorlik bilan tuhmat 
qilganlaridek, «Turkistonni Rossiyadan ajratib olishni», «Buyuk Turkistonni 
Ьафо qilishni» o„z oldilariga bosh maqsad qilib qo„ymaganlar, balki Rossiya 
tarkibida muxtoriyat uchun kurashganlar. Bu fikrni Mahmudxo'ja 
Behbudiyning «Haqiqatning bayoni» maqolasidagi quyidagi jumlalar yanada 
aniqroq va ravshanroq ifodalaydi: «Biz istaymizki, butun Rossiya 
musulmonlari muxtoriyat (federatsiya) usuli yuzasidan tiriklik qilsunlar. 
Rusiyadan ajralmagan holda muhtoriyatni vujudga keltirmoq uchun biz 
Rusiya musulmonlari al- xusus biz Turkiston musulmonlariga lozimki, awalo 
qadim
2
va jadid nizo lafzisini qo„yib o„zaro ittifoq istasak. Biz istaymizki, 
Turkiston musulmonlari bundagi rusiya, yahudiy va boshqalar qo'shilgan 
holda o„z boshlariga Rusiyaning bir parchasi hisoblana turg„on Turkiston 
1
Программные документы мусульманских политических партий, 33-bet. 
2
Istiqlol uchun kurash tarafdorlarining bir guruhi o„zlarini «qadamchilar» deb atashar 
edi. Ular ruhoniyat tarafdorlari bo„lib maydonga chiqadilar va muxtoriyatga qarshi yagona va 
mustaqil Turkiston g„oyasini ilgari suradilar. Qadimiylar 1917-yil iyundan boshlab 
jadidlardan ajralib chiqadilar va «Sho„roi ulamo» nomi bilan o„z mustaqil tashkilotlarini 
tuzadilar. 
19 


hukmini (hukumatini) ta‟sis etsak, o„zimiz majlis muborovatimiz 
(parlamentlarimiz) bo„lsin desak. Turkiston musulmonlari shariat va 
odatlariga, o„z qonundinlariga muvofiq tiriklik qilsinlar. Turkiston yahudiy, 
nasroniy va musulmonlari uchun hammalarining manfaatlarini e‟tiborga 
olaturg„on qonunlar tuzilsin»
1

Mahmudxo„ja Behbudiy Butunrossiya musulmonlarining Mos- kvadagi 
qurultoyiga qadar ham muxtoriyat tarafdori bo„lgan. U 1917- yil aprel oyida 
Turkiston o„lkasi ijroya qo„mitasi qurultoyida shovinist Geodakovning 
«...madaniy xalqlarga muxtoriyat, qolganlariga esa... (qirg„iz, sartlarga), 
madaniyatga ega bo„lishlari sayin muxtoriyat berilishi» haqidagi fikrga 
norozilik bildirib bunday degan edi: «Yerlik dehqonlar rus dehqonlaridan 
qolishmaydi, g„arbiy viloyatlardan qochgan kelgindilardan esa ustun. 
Turkiston fuqarosinig madaniy qoloqligida fuqaro emas, o„lkani tish-timog„i 
bilan jaholatda ushlagan eski mustamlaka tuzumi aybdordir»
2

Turkiston o„lkasi xalqlari hayotida Butunrossiya musulmonlarining 
1917-yil 21-31-iyul kunlari Qozon shahrida o„z ishini olib borgan 2-
Qurultoyi qabul qilgan qarorlar katta o„rin tutar edi. Jumladan, Qurultoyning 
qarorida Turkiston, Qirg„iziston, Kavkaz va Qrimda boshqaruv shaklini 
mazkur o„lka aholisining o„zi hal qilsin, deyiladi. Ichki Rossiya va Sibir 
musulmonlari uchun esa keng milliy madaniy muxtoriyat talabi qo„yildi
3

Qurultoyning qabul qilgan eng muhim qarorlaridan biri musulmon 
qo„shinini yaratish haqidagi qaror edi. Bu ishni amaliy jihatdan ro„yobga 
chiqarish uchun Butunrossiya Markaziy harbiy Sho„rosini tashkil qilishga 
qaror qilindi
4

Qurultoyda kun tartibida agrar masala yetakchi o„rinlardan birini 
egalladi. Ushbu masalada so„zga chiqqan Turkiston vakili Ubaydulla 
Xo„jayev o„lkadagi xalq ommasining og„ir va qismatli ahvolini ochib 
tashladi. Gap shundaki, chor Rossiyasi davrida ham, muvaqqat hukumat 
davrida ham mustamlakachilaming mahalliy xalqqa nisbatan munosabatlarida 
o„zgarish bo„lmaydi, ulami ezish, kamsitish va qirg„in qilish davom etadi. 
General Kuropatkin mustamlakachi shovinistlarga qirg„in qurollari 
tarqatganligi oqibatida 1917-yil aprel 
1
«Ulug„ Turkiston» gazetasi 1917-yil, 12-iyun soni. 
2
«Туркестанский курьер», 1917-yil, 14-aprel. 
3
«Hurriyat», 1917-yil, 15-avgust. 
4
Qarang: A’zamxo‘jayev S. «Turkiston birligi uchun». Т., «Fan», 1995. 10-bet. 
20 


oyiga qadar oikadagi qirg„iz va qozoq millatlariga mansub xalqlardan 50 
ming aholi xunrezlik qurboni bo„ldi. Bu jinoyat uchun Turkiston 
musulmonlari Kuropatkinni sudga berdilar. Ammo bundan hech qanday 
natija chiqmadi. Na muvaqqat hukumat, na ishchi, dehqon va askar 
deputatlari Sho„rolari mahalliy ommaning arz-dodiga quloq solmadi. Yeming 
xalq mulki ekanligini tan olgan qurultoy agrar masalaning uzil-kesil hal 
qilishini ta‟sis majlisi chaqirilguncha qoldirib turishga qaror qildi. 
Turkiston o„lkasidagi taraqqiychilar, jadidlar bilan diniy arboblar, 
qadimchilar о „ rtasida yuz bergan bo „ linish boshqa masalalarda bo „ lgani 
singari mazkur Qurultoyda ham yagona jabha bo„lib harakat qilishga imkon 
bermadi. Xotin-qizlarga munosabat masalasi ko„rilganda bu hoi, ayniqsa, 
ko„zga yaqqol tashlanadi. Taraqqiychilar ayollaming siyosiy huquqlarini 
erkaklar bilan baravarlashtirish tarafdori edilar. Ruhoniy vakillar - 
qadimchilar esa bunday qaroming qabul qilinishiga qarshi turadilar. Ammo 
Qurultoyda taraqqiychilar ustun keldilar. 
Jadidlar bilan qadimchilar o„rtasidagi bo„linishning asl mohiyati va 
sabablari nimalardan iborat, u qachon yuz berdi? 
Ikki o„rtadagi bo„linishning asosiy sababi Turkiston o„lkasining 
mustaqilligini ta‟minlash masalasi va unga erishishning taktik yo„llaridagi 
ikki xil yondashuv edi. Ruhoniyat vakillari bo„lgan qadimchilar 
nasroniylarga, Rossiya mustamlakachilariga qarshi g„azovat yo„li bilan 
mustaqillikni qo„lga kiritishga chorlar edilar. Ilg„or ziyolilar, jadidlar esa bu 
yoiga qarshi chiqdilar. Ular bu g„azovat yo„li xalqni og„ir ahvolga solib 
qo„yishi mumkin, deb hisobladilar. Natijada, 1917-yil iyun oyining milliy 
mustaqillik jabhasidagi istiqlol harakatchilari yagona kuch bo„lib may donga 
chiqish imkoniyatidan mahrum boidilar va ular boiinib ketdilar. Bundan 
millat zarar ko„rdi, Turkiston o„lkasi yutqazdi. 
Turkiston o„ lkasi milliy mustaqillikning dushmani bo„ lgan Rossiya 
mustamlakachilari esa bu qulay vaziyatdan ustalik bilan foydalandilar. 
Yagona milliy jabhaning bo„linishi tobora chuqurlashib boradi. 1917- yilning 
o„rtalarida ruhoniylar «Sho„roi Islomiya» dan chiqib «Sho„roi ulamo» 
jamiyatini tuzdilar. Ular o„z g„oya va qarashlarini tashviq va targ„ib qilish 
maqsadida «Al-Izoh» jumalini ta‟sis etdilar. Jumalning nashr va 
muharrirligini Abdumalik Xoji Nabiyev olib bordi. Uning birinchi soni 1917-
yil 19-iyundabosilib chiqdi. Jami bo„lib jumalning 31 soni e‟lon qilingach, 
1918-yil may oyida Turkiston Sho„ro Respublikasi XNK buymg„i bilan 
yopib qo„yildi. Uning sahifalarida 
21 


ulamochilar Qur‟oni Karimdan oyatlar keltirib feodal turmush tarzi va o„rta 
asrchilik munosabatlarini himoya qildilar, taraqqiyot yo„lidagi har qanday 
yangi fikmi tanqid qildilar, ayollaming erkaklar bilan teng bo'lolmasliklarini, 
ko„p xotinlikni yoqlaydigan xarakterdagi maqola va chiqishlarga keng o„rin 
berdilar. 0„sha paytda jadidlar bosh bo„lgan «Turon» gazetasi ayollar 
maktabini ochish, ulami ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb qilishni targ„ib 
qilayotgan edi. Bunga javoban «Al-Izoh» o„z sahifalarida «Turon»ga qarshi 
o„t ochdi, gazetada maqolalar bilan chiqqan mualliflami «Xudo yo„lidan 
toygan»likda ayblaydi. Jumal ayol kishi ayolligicha qolishi kerak va uni 
erkakka tenglashtirish aqlsizlikdir deb yozadi
1
. Jadidlaming yirik vakillaridan 
biri bo„lgan Mirmuhsin Shermuhamedov «Turon» gazetasida mutaassib 
ulamolami tanqid qilgani uchungina dahriylikda ayblandi va qozixonada 
kaltaklanadi. Bu ham yetmagandek, uni o„lim jazosiga hukm qiladilar, so„ng 
hukm 18 oylik qamoq jazosi bilan almashtirildi. Gazeta muharriri A.Avloniy 
«shakkoklik» qilib bu hildagi maqolani bosganligi uchun «Turon»ning 3-
sonida «E‟tiroz» maqolasi bilan chiqib, ulamochilar va jamoatchilikdan uzr 
so„rashga majbur bo„ladi. Gazeta 20-sonidan so„ng umuman yopib qo„yildi. 
1. «Al-Izoh» 0„lka musulmon Sho„rosi atrofida to„plangan ilg„or milliy 
ziyolilarga nisbatan o„z sahifalarida nafrat urug„ini sepadi, ulami islomga 
xiyonatda ayblaydi, xalqdan chetlashtirishga intildi. Ahvol shu darajada 
achinarli yo„nalish oldiki, ulamolar xalq ommasi o„rtasida o„z ta‟sirlarining 
kuchli ekanligidan foydalanib sartaroshlarga ziyolilar soqolini olishni, 
choyxonalarda ularga choy berishni man etdilar. Chunki mahalliy aholi islom 
dinida edi-da. 
Turkiston o„lkasi milliy istiqlol harakati kuchlarining yagona jabhasi 
nihoyatda qaltis va noqulay paytda, Toshkent shahar dumasiga saylovlar 
e‟lon qilingan paytda bo„lindi. Saylov demokratik mhda 
о „ tdi. Kutilganidek о „ tkazilgan saylov «Sho „ roi ulamo»ning musulmon 
ahli o„rtasida kuchli ekanligini ko„rsatdi. Saylov natijalariga ko„ra Toshkent 
shahar Duma mandatidagi jami 112 o„rindan 64 tasi ulamolarga, 11 tasi 
sho„roislom, 24 tasi eserlarga va 5 o„rin sotsial - demokratlarga nasib etdi. 
Shunday qilib, Duma saylovlarida mahalliy aholi hammasi bo„lib 75 ovozga 
va yevropaliklar esa 37 ovozga ega bo„ldilar. Milliy kuchlar harakatining 
bunday muvafaqqiyati Turkiston o„lkasining boshqa shaharlaridagi Duma 
saylovlarida ham kuzatildi. 
1
Qarang: A’zamxo‘jayev S. Turkiston birligi uchun. Т., «Fan», 1995. 12-bet. 
22 


Masalan, milliy harakat namoyondalari Samarqand Dumasidagi 75 o„rindan 
59 tasini, Andijon Dumasidagi 97 o„rindan 84 tasini egallab oldilar. Bu juda 
katta g„alaba edi. Ammo bu g„alaba va imkoniyatdan o„zaro birlik va ahllik 
bo„lmaganligidan 
foydalana 
olmadilar, 
ulaming 
g„oyaviy-siyosiy 
dunyoqarashlarining torligi va cheklanganligi bunga imkon bermadi. Bundan 
Turkistonning yevropalik aholi vakillari unumli foydalandilar, ulamolar 
misolida mahalliy xalqni siyosiy jihatdan yetilmaganlikda ayblab, ular 
davlatni idora qila olmaydilar, deb tashviqot qildilar. Bu hoi millatlararo 
munosabatlami yanada keskinlashtirdi. 
Vatan va millat taqdiri hal bo„layotgan ana shu g„oyatda murakkab 
sharoitda jadidlar yana tashabbus ko„rsatdilar. Ular Turkiston, milliy istiqlol 
harakati manfaatlari yo„lida xalqni birlashishga, ahillikka chaqirdilar. Bu esa 
o„z navbatida «Sho„roi Islomiya» bilan «Sho„roi ulamo» jamiyatlarining 
birgalikda harakat qilishiga imkoniyat yaratar edi. Jadid shoiri A.Fitrat 
bunday deb yozgan edi: «Ey Turkiston xalqi musulmonlari, Tangri uchun, 
payg„ambar uchun, millat uchun, keling, birlashaylik, oramizdagi shaxsiy 
tortishmalar, sinfiy ayriliqlardan ko„z yumaylik. Islom dinining birinchi 
bo„lgan - qardoshlik va Ittihod bog„lari bilan bog„lanaylik. Qo„lni-qo„lga 
beraylik. Haq yo„lida, millat yo„lida jadidmiz, qadimmiz, mullomiz, boymiz, 
bir yerda to„planaylik»'. Bunday fikrlami jadidlardan M.Cho„qayev, 
M.Behbudiy va boshqalar ham ilgari suradilar. 
Xullas, Turkiston o„lkasidagi milliy istiqlol uchun olib borilgan 
umumxalq harakatiga jadid taraqqiyparvarlari va islom dini mhoniylari 
boshchilik qildilar. Ulaming shiori «Ozodlik», «Tenglik» va «Adolat» edi. 
Bu ezgu shiorlar o„lka fuqarolarining talab-ehtiyojlaridan kelib chiqadi. 
«Sho„roi Islomiya» va «Sho„roi ulamo» jamiyatlarining milliy istiqlol 
uchun olib borgan kurashlariga «Ittihod» tashkiloti ham xayrixoh edi. Bu 
tashkilotning rahbarlari Rossiyaga asir tushgan sobiq turk ofitserlari 
Afandizoda, Rizo afandi, Doniyorbek va boshqalar bo„lib, ular fevral inqilobi 
g„alabasidan so„ng Turkistondan borgan mardikorlar bilan birga o„lkamizga 
kelgan edilar. «Ittihodchi»laming Turkistonda o„z qardoshlari bo„lgan tub 
yerli aholi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko„rsatishlari armanlaming 1917-
yil yozida tiklangan «Dashnaksutyun» va «Gichak» partiyalari a‟zolarining 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling