O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
A’zamxo‘jayev S. Turkiston muxtoriyati. - Т.: Fan, 1996, 33-bet.
44 234 o„rin bo„lgani holda, uning ikki guruhga - musulmonlar va nomusulmonlar guruhiga ajratilishi ham ana shu o„lchov va andozadan kelib chiqqan edi. Yevropa millatiga mansub xalq vakillariga bu yerda ham 3/1 o„rin ajratilganligi diqqatga molikdir. Nihoyat uzoq va bahsli tortishuvlardan so„ng Qurultoyda Muvaqqat hukumat saylandi. Uning tarkibiga 8 kishi kiritildi: 1. M.Tinishpayev-bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a‟zosi, Turkiston Muvaqqat hukumati qo„mitasining a‟zosi, yoi muhandisi. 2. Islom Sulton o„g„li Shoahmedov (Shagiahmedov) - bosh vazir o„rinbosari, Butunrossiya musulmonlari kengashi Markaziy qo„mitasining a‟zosi, huquqshunos. 3. Mustafo Cho„qayev - Turkiston Musulmonlari kengashi Markaziy qo„mitasining raisi, huquqshunos. 4. Ubaydulla Xo„jayev - Harbiy vazir, Butunrossiya musulmonlar kengashi MQ a‟zosi, huquqshunos. 5. Hidoyatbek Yurguli Og„ayev - yer va suv boyliklari vaziri, agronom. 6. Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri, Qo„qon shahar dumasining rais o„rinbosari, jamoat arbobi. 7. Abdurahmon 0„razayev - ichki ishlar vazirining o„rinbosari, huquqshunos. 8. Solomon Abramovich Gersfeld - moliya vaziri, huquqshunos. «Qo„qon muxtoriyati» hukumati a‟zolari ro„yxati «Ulug„ Turkiston» (1917-yil 8-dekabr) va «Turkestanskiy vestnik» (1917-yil 1- dekabr) gazetalarida e‟lon qilingan edi 1 . Turkiston Muvaqqat hukumati tarkibi nega 12 ta emas-u, 8 kishi degan haqli savol tug„ilishi tabiiydir. Chunki hukumat tarkibidagi 4 kishi Yevropa millatlariga mansub aholi safidan ko„rsatilgach, to„ldirilishi lozim edi 2 . Turkiston musulmonlarining IV qurultoyi Muvaqqat hukumat kengashi (milliy majlis)ni ham saylaydi. Uning tarkibiga quyidagi kishilar kiradi: Ubaydulla Xo„jayev, ToshpoMatbek Norbo„tabekov, Sadriddinxon Sharifxo'jayev, Qo„ng„irxo„ja Xojinov, Ismatulla Ubaydullin, Saidnosir Mirjalilov, Said Ja‟farboy Saidov, Islom Sulton o„g„li Shoahmedov, Abdurahmonbek 0„razayev, Hidoyatbek Yurguli 1 0„zR MDA, R-1714-fond, 5-ro„yxat, 1490-ish, 54-varak; «Ulug„ Turkiston», 1917-yil 8 dekabr, 2 «Туркестанский вестник», 1917-йил, 1 dekabr. 45 Agayev, Nosirxonto„ra Kamolxonto„rayev, Mirodil Mirahmedov, Toshxo„ja Ashurxo„jayev, Abduqodir Qushbegiyev, Obidjon Mahmudov, Jamshidboy Qorabekov, Solomon Abramovich Gersfeld (Gershveld), Abdusamad Abdusalimov, Ubaydulla Dorbisalin, Muso Akchurin, Mustafo Mansurov, Mahmudxo„ja Behbudiy, Ibrohim Davletshin, Muhammadjon Tinishpayev, Xalil Shirinskiy, Tolibjon Musaboyev, Alixonto„ra Shokirxonto„rayev, Sobiijon Yusupov va Odiljon Umarovlar 1 . «Sho„roi Ulamo»ning rahbari Sherali Lapin Kengash tarkibiga rais sifatida kiritildi. Ammo u bu taklifni rad etdi. Qurultoy iqtisodiy masalalarga ham katta e‟tibor berdi. Muxtor jumhuriyatning Angliya hukumatidan harbiy yordam bilan bir qatorda iqtisodiy yordam olishi ham ta‟kidlandi. Bu holni o„lkada hukm surayotgan ochlik taqozo etar edi. Non mahsulotlarini paxta va junga almashtirish masalasida bir fikrga kelindi 2 . Shu munosabat bilan «0„lkaning Janubiy- Sharqiy ittifoqqa qo„shilishi» to„g„risida muhim qaror qabul qilindi. Chunki, 0„lka Shimoliy Kavkaz va Orenburgdan g„alla mahsulotlari olardi. Ayni chog„da Turkiston o„z paxtasini ularga sotishi ham mumkin edi. Qolaversa, «Januby-Sharqiy Ittifoq» hududi aholisining katta qismi musulmonlardan iborat edi. Ammo qurultoyda ba‟zi noiblar Turkistonning yana mustamlaka bo„lib qolishidan xavotirga tushadilar. Ulardan biri bu xususda o„z fikrini shunday bay on etadi: «Kazaklar azaldan samoderjaviyaning suyanchig„i boiib kelgan. Ular xalqimizni qanchalik azob-uqubatga duchor qilmadi. Kazaklar doimo inqilobga qarshi chiqqan. Hozir ham kazaklar tepasida podshoh tuzumini qayta tiklamoqchi bo„lgan Krasnovlar, Paraulovlar, Kaledinlar turibdi-ku? Ular Olmoniya bilan urushni g„alabagacha davom ettirmoqchi. Istambulni zabt etib, Oyo-Sofiya cherkovini qayta tiklamoqchilar. Ulaming bizdan yordam so„rab murojaat qilishiga yagona sabab - o„z maqsadlari yo„lida foydalanishdir. Biz ular bilan birlasha olmaymiz» 3 . Mazkur masala shu qadar bahsli o„tdiki, Qurultoyning 27-noyabr kunidagi majlisida ham munozara davom etdi. Nihoyat, bo„lg„usi davlatning iqtisodiy holatini e‟tiborga olib Ittifoqqa kirish haqida qaror qabul qilindi 4 . 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling