O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 Doniyorov Shoniyoz. Muxtoriyat qismati. - «Sharq Yulduzi», 1991-yil, 12- son, 160-
bet. 
47 


barcha davlat mahkamalarini, umumiy va xususiy muassasalami e‟tirof etib, 
ularga o„z zimmalariga olgan og„ir vazifalarini hal etishda yordam berish ham 
shu murojaatda ko'rsatildi. 
Hurriyatga erishgan Turkiston o„z hududida, o„z joyiga o„zi xo„jayin 
bo„lishi, o„z tarixini o„zi vujudga keltirishi davrini boshlab bergani 
murojaatda uqtirib o„tildi. «Biz, - deyilgan edi unda, - oldimizda turgan 
masalalaming muhimlig„in va ulug„lig„in komil sur‟atda anglab, ham 
ishlagan ishlarimizning haqligina ishonib, xudodan madad tilab ishga 
boshlaymiz». 
Murojaat o„lka xalqlari, ayniqsa musulmon aholi tomonidan zo„r 
quvonch va tantanavor qabul qilindi. Xalq ko„pdan beri orzu qilib kelgan 
milliy davlatga ega bo„lganidan behad shodu xurram edi. 
Muxtoriyat e‟lon qilingan kundan boshlab omma o„rtasida o„zining 
siyosiy faoliyatini avj oldirdi. Eng awalo musulmon siyosiy tashkilotlari va 
ular ixtiyoridagi targ„ibot hamda tashviqot ishlarini kuchaytirdi. 
Taraqqiyparvarlar, ma‟rifatparvar milliy yoshlar guruhi va uyushmalari ham 
muxtoriyatni keng targ„ib etdilar. Toshkentda «Ishchilar to„dasi», Andijonda 
«Maorif havaskorlari» uyushma va jamiyatlari muxtoriyat manfaati yoiida ish 
olib bordi. Ulaming faoliyatida Toshkentda Akmal Ikromov, Andijonda 
Usmonxon Eshonxo„jayev va boshqalaming o„rni katta boidi. Muxtoriyat 
o„zbek, rus va qozoq tillarida gazetalar chiqara boshladi. Bu «Е1 bayrog„i», 
«Svobodniy Turkestan» va 1917-yil 13-dekabrda rus tilida chiqa boshlagan 
«Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana» shular 
jumlasidandir. Obidjon Mahmudovning bos- maxonasi ham muxtoriyat 
hukumati hisobiga o„tdi. 
Qo„qon 
shahridan 
Muxtoriyat 
hukumati 
nomidan 
uyezdlar 
komissarlariga va mansabdor shaxslarga farmoyishlar, telegrammalar va turli 
ko'rsatmalar yo„llanib, ular orqali joylarda Muxtor hukumatining birdan-bir 
qonuniy hukumat ekanligi va shu bois faqat uning ko„rsatmalarini tan olish 
lozimligi ta‟kidlandi. Shunday hollar ham bo„ladiki, joylardagi ishchi, askar 
va dehqon deputatlari Kengashlari Muxtoriyatni tan olmay uning 
farmoyishlarini ham yo„qqa chiqarishga harakat qiladilar. Jumladan
Kattaqo„rg„on Kengashi 1918-yil 11-yanvarda shunday yo„l tutdi. Muxtor 
hukumat bunday urinishlami daf etish choralarini ko„rdi. U shoshilinch 
ravishda 30 million so„mlik zayom chiqardi. Bundan ko„zlangan asosiy 
maqsad hukumatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash va milliy armiya tuzish 
edi. Milliy qo„shin tuzish harakati boshlab yuborildi. 
48 


Awal boshda hukumat ixtiyorida 60 yollanma askar bo„lgan bo„Isa, qisqa 
fursatda Muxtoriyat ixtiyorida 2 ming kishilik qo„shin hozir bo„ldi. Bundan 
tashqari Qo„qon milisiyasining boshlig„i Ergashning qo„l ostida ham 
anchagina kuchlar bor edi. Milliy armiyada xorijdan chaqirilgan harbiy 
kishilar, aksariyat holda turk zobitlari yo„riqchilik ishlarini olib bordilar. 
Ayni vaqtda milisiya qismlarini tuzishga ham kirishildi. 
Bu borada Ubaydulla Xo „ j ayev bosh bo „ lgan ichki ishlar vazirligi - 
xalq milisiyasining tashkil bo„lishi katta voqea bo„ldi. Pul islohoti 
o„tkazishga kirishildi. Zayom chiqarildi. Muxtoriyat o„z bayrog„i va o„z 
madhiyasini yaratdi. Shunisi e‟tiborliki, Muxtoriyatni bir qator xorijiy 
mamlakatlar ham tan oldi. Shu bois Muxtoriyat hukumati yordam so„rab 
xorijiy mamlakatlarga murojaat qildi, ulardan ham moddiy, ham harbiy 
yordamlar olishga muvaffaq bo„ladi. 
1918- 
yil yanvarida Toshkent Jome‟ masjididagi yig„inda nutq 
so„zlagan Shukurxon Hazratlari«... Muxtoriyatchilar yolg„iz emaslar. Ulami 
Angliya himoya qilayotir» degan edi. Muxtoriyatni Angliya, Fransiya, 
Germaniya, Turkiya va boshqa davlatlar qo„llab-quwatlagan edilar
1

Xullas, Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi oika 
xalqlarining tarixiy taqdirida buyuk burilish ahamiyatiga ega bo„lgan 
qarorlami qabul qildi. Bu ulkan ahamiyatli voqea «Ulug„ Turkiston» 
gazetasida o„z davrida odilona baholandi. Gazeta bu haqda quyidagi 
jumlalami yozdi: «Bolshevoylar hukumatining boshlig„i Lenin ham so„nggi 
farmonida Rossiyada yashagan millatlarga va shul jumladan qozoqlar ila 
Turkiston musulmonlariga muxtoriyat e‟lon qilib, o„z ishlarini qo„llariga 
olurg„a mumkin bo„lg„anlig„ini bayon etdi. Shunlikdan bukun Turkiston 
qurultoyining Turkiston Muxtoriyatini e‟lon qilishi ham xalq, ham markaz 
hukumatining tilagiga xilof tuguldir. Zotan, so„nggi vaqtda mayda millatlar 
hammasi muxtoriyat e‟lon qilib yotalar. 
Nufuslari boshqalarga qaraganda yuzdan yetmish besh bo„lg„on (75 
foiz) millatlar yerlik muxtoriyat e‟lon qilurg„a haqli edilar. So„nggi 
qoidalarga ko„ra yuzdan oltmish tashkil qilg„an (60 foiz) millatlarda 
muxtoriyat e‟lon qiluvg„a haqlik sanala boshladilar. Hoi shu ila yuzga tashkil 
qilg„in (95 foiz) Turkiston musulmonlarining Muxtoriyat 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling