O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
A’zamxo‘jayev S. Turkiston muxtoriyati. - T.: Fan, 1996, 49-50-bet.
2 O l zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). -T: 0„qituvchi, 1994, 32-bet. 61 zo„r matonat va irodani ishga solib muxtoriyatni mustahkamlash yo„lidagi qiyinchiliklarga qarshi sabr-toqat bilan ishlayotgan edilar. Bu qiyinchiliklar nimalardan iborat edi? Eng asosiy qiyinchilik, birinchidan, mahalliy aholi siyosiy saviyasining milliy istiqlol talablari darajasida emasligi edi. Turkiston Muxtoriyatini himoya qilish, uni qoilab-quwatlashda istiqlol harakati kuchlaming birlasha olmaganligida ko„rindi. Ikkinchidan, yanada katta qiyinchilik - Turkiston Muxtor hukumatining yashab qolishining sharti bo„lgan moddiy qiyinchilik edi. Bu ham, albatta, yana birinchi qiyinchilikka borib taqaladi. Bolsheviklar Oktabr to„ntarishini Germaniya hukumatining bergan bir milliard nemis markasi evaziga amalga oshirganlari yuqorida ta‟kidlandi. Turkiston Muxtoriyatida bunday imkoniyat yo„q edi. Moddiy tayanchsiz, mablag„siz hech narsa qilib boimasdi. «Ulug„ Turkiston» gazetasida 1918-yil 4-yanvarda Potelyaxovning yozishicha, Turkiston muxtoriyatiga yahudiylar yarim million so„m yordam tariqasida berishgan. Namangan va Andijon banklari juda qiyinchiliklar bilan 500 ming so„mdan pul ajratganlar. Albatta bu mablagiar muxtor hukumat sarf qilishi lozim boigan xarajatlar oldida urvoqqa arzimas edi. Chunki birgina «Birlik tug„i» gazetasini moliyaviy qoilab turish uchun 5 ming so„m, «Svobodniy Turkestan» uchun esa 50 ming so„m xarajat qilinar edi. Qo„shinni ta‟minlash uchun ketadigan moliyaviy xarajat to„g„risida gapirmasa ham boiadi. Bu davrda qo„shinlar sonining xalq milisiyasidan tashqari 2 mingga yetganligi yuqorida aytildi. Uchinchidan, eng muhim qiyinchilik - Turkiston muxtoriyatini ko„krak kerib himoya qila oladigan milliy qo„shinning yo„qligi edi. Atigi 2 ming, buning ustiga yomon qurollangan, asosan tayoq, bolta, ketmon, oshpichoq, qilich, ayrimlari pilta miltiq bilan qurollangan qo„shin tish- timog„igacha zamonaviy qurollar: samolyotlar, o„zi yurar tanklar, bronepoezdlar, nayzali besh otar miltiqlar, pulemyotlar bilan qurollangan qizil askarlarga qarshi turolmas edi. Buning ustiga 1918- yil 19 yanvarda Qizil qo„shinlar Orenburgni qoiga kiritgach, Moskva bilan Toshkent o„rtasida uzilib qolgan aloqa tiklandi. Natijada Markazdan Turkistonga qo„shimcha kuchlar va qurol-aslaha yuborish imkoniyati tug„ildi. Bu hoi o„z navbatida milliy istiqlol jabhasi kurashchilarining vaziyatini yanada og„irlashtirdi. Toshkent Sho„ro hukumati Turkiston Muxtor hukumatining keng mehnatkashlar ommasi o'rtasida chuqur tomir otishiga imkon bermaslik maqsadida 1918-yil yanvarning oxirlaridan e‟tiboran qurolli hujumga tayyorlana boshladi va ig„vogarlik bilan turli 62 bahonalar izlashga turdi. Qo„qon Sho„ro hukumati ixtiyoriga eng ashaddiy qizil gvardiyachilami, avstro-venger harbiy asirlari va asosan dashnoqlardan tashkil topgan kallakesar qismlami yubordi. 29- 30-yanvarda Qo„qonda favqulodda vaziyat mislsiz darajada keskinlashdi. Bu vaziyat arzimagan bir bahona uchquni ila o„t olib ketishi hech gap emas edi. Ana shunday bir sharoitda 30 yanvarda Qo„qon ishchi va askar deputatlari Kengashining majlisi boidi. Unda Turkiston muxtoriyatini daf etishni amalga oshiruvchi organ - inqilobiy qo„mita tuzildi. Uning raisligiga bolshevik Ye.G.Babushkin saylandi. Inqilobiy qo„mita tarkibiga tub yerli aholi vakillaridan birorta kishi kiritilmadi. Qo„mita o„z qoiida chegaralanmagan hokimiyatni mujassam- lashtirdi. Unga katta vakolatlar, jumladan, favqulodda choralar ko„rish, hamma narsani sho„ro hokimiyatini himoya qilishga bo„ysundirish va safarbar etish huquqi berildi. Inqilobiy qo„mita oldidagi eng asosiy bosh vazifa Muxtoriyat hukumatini tugatish, shahar aholisini qurolli kuch bilan sho„ro hokimiyatini tan olishga majbur qilish, «Inqilobiy tartib» o„matishdan iborat edi. Inqilobiy qo„mita ishni ishchilar va temir yo„lchilami qurol bilan ta‟minlashdan boshladi. Ayniqsa bolsheviklaming Qo„qon shahridagi arman millatiga mansub dashnoqlami: baqqollar, sartaroshlar, vino sotuvchilami qurollantirishlari haddan tashqari jirkanch maqsadlami ko„zlar edi. Toshkent, Skobelev, Andijon, Namangan va boshqa shaharlardan harbiy madad so„rab murojaat qilindi. 30-yanvarga o„tar kechasi nomaium kishilar gumhlari atayin ig„vogarlik bilan bahona uchun Qo„qon telefon stansiyasiga, Qo„qon Sho„ro binosiga hujum uyushtirdilar. Bu hujum Qo„qonda qizil qo„shinlarining ommani qirg„in qilishni boshlashi uchun shunchaki bir bahona bo„ldi. Xuddi shu kuni 30- yanvarda Qo„qondagi inqilobiy qo„mita Toshkentga - I.O.Tobolinga, EKolesovga va Skobelev shahriga telegraf orqali xabar qildi va zudlik bilan yordam berishni so„radi. Inqilobiy qo„mita aholiga qarata murojat qabul qildi. Murojaatda sodir etilgan voqealar uchun barcha va asosiy ayb muxtoriyatchilarga qo„yildi. Inqilobiy qo'mita o„z tarkibidan maxsus gumh tuzdi va uning oldiga muxtoriyat hukumati a‟zolarini hibsga olish vazifasini qo„ydi. Inqilobiy qo„mita Turkiston Muxtoriyati a‟zolariga 31-yanvarda ultimatum topshirdi va 2 soat muddat bilan taslim boiishni talab qildi. Lekin Mustafo Cho„qayevning xotirlashicha, «31 -yanvar, kunduz soat 12 da Xo„qand bolsheviklarining bizga bergan ultimatumini tekshirib 63 o„tganimizda birdan to'xtovsiz miltiq ota boshladilar, bu miltiq otuvchilar bolsheviklar boiib chiqdi. Bolsheviklaming ultimatumida bizga 2 soat muddat tayin etilgan va ul muddat 2 soat 20 minutda toiar edi: Nechundir alar shartnomasiga xilof harakatga kirishib muomala yoiin kesdilar. Sho„roi islomiya yurtinda hukumat qo„shinlaridan boshqa xalqda jiyilg„an edi. Bolshevik soldatlari yaqinlashib kelarlar, degan xabami eshitib boshqa xalq tarlan kibik hukumat kishilarida ikkinchi bosh qo„shurg„a yoi qolmagach tarqalishdilar. Chunki xalq muvaqqat hukumatning (Qo„qon muxtoriyati - mualliflar) halida boisa kelishurmiz, bolsheviklarga qarshi qurol ko„tarmangiz» - degan so„ziga quloq solmay, har qaysi borincha so„g„ish asboblarin olib o„ramg„a chiqdilar. Bolsheviklaming va‟dalarindan ilk ota boshlovlari xalqning ko„nglina, alar muvaqqat hukumatigina tugil, butun xalqqa qarshi harakat boshladilar, degan qo„rquv soldi. Bu vaqt muvaqqat hukumatining yoii butunlay kesilgan edi. Qo„qonda boigan bu ko'ngilsiz voqeani siyosiy sabablaridan boshdan oyoq yozuvni hozirgi zamon koiarmiy» 1 . Ana shu tariqa, Qo„qon shahrida bolsheviklar musulmon xalqlami qirib tashlashdan iborat dahshatli fojiani boshlab yubordi. Turkiston oikasi Xalq Komissarlar Kengashi Turkiston Muxtoriyatiga chetdan keladigan har qanday yordamning oldini olish choralarini ko„rdi. 1918- yil 14-fevralda Butun Farg„ona vodiysida harbiy holat eion qilindi. Farg„ona temir yoiida esa qamal holati joriy etildi. Toshkent, Samarqand, Namangan shahar dumalari yopildi va faoliyatlari to„xtatildi. Sobiq general-gubemator kanselyariyasi tugatildi. Paxta zahiralari musodara etildi, neft qazib chiqarish, baliq sanoati va boshqalar milliylashtirildi. Dinning davlatdan va maktabning dindan ajratilganligi eion qilindi. Albatta, bunday ogir sharoitda Turkiston Muxtoriyati o„zini-o„zi himoya qilishga ojiz edi. U boshlangan dahshatli qirginga qadar tinch vositalar yoii bilan hokimiyatni qoiga olishga ishonar edi. Shunga qaramay Turkiston Muxtoriyati qo„shinlari oddiy qurollar bilan boisa-da, shahami uch kun davomida himoya qildilar. Kofirlarga qarshi norozilik eion qilgan muxtoriyatchilaming shiori «Turkiston -turkistonliklar uchun» edi. Muxtor hukumat vaziyatning nihoyatda ogir ekanligini hisobga olib, so„nggi imkoniyatini ishga soldi va bolsheviklar bilan boshlangan muzokara tashabbuskori boidi. Bu muzokara 17 fevralda Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling