O'zbekiston tarixi
Воспоминание участников гражданской войны в Андижанской области
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustafo Choqay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari, 49-bet. 5 Zaki Validiy. Xotiralar. «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 7-8-sonlar. 165— 166- betlar.
1
Воспоминание участников гражданской войны в Андижанской области. Выпуск-1. Андижан, 1957. 2 0‘zRMDA, R-1714-fond, 5-ro‘yxat, 1490-ish, 48-varaq. 3 0‘zR MDA, 615-fond, 1-ro‘yxat, 97-ish, 12 varaq. 4 Mustafo Cho'qay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari, 49-bet. 5 Zaki Validiy. Xotiralar. «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 7-8-sonlar. 165— 166- betlar. 67 yuborildi. Qadimgi madaniy va boy savdo shahri bo„lgan Qo„qon tag-tugi bilan vayron qilindi, qonga botirildi. Qo„qon xalq militsiyasiga boshchilik qilgan Ergash o„z kuchlari bilan shahami tashlab chiqdi va Sho„roga qarshi kurashni davom ettirdi. Rahbarsiz va tashkilotsiz qolgan Qo„qon shahri mudofaachilari fojianing yanada og„irroq tus olmasligi maqsadlarini ko„zlab Sho„ro rahbariyati bilan muzokaralar boshlashga majbur boidilar. Nihoyat, 22 - fevral (9-fevral)da bolsheviklar tomonidan taqdim etilgan mahalliy musulmon xalqining milliy manfaati va izzat- nafsini kamsituvchi «Tinchlik shartnomasi»ga imzo chekishga majbur boidilar. Shartnomaning birinchi moddasida «Aholi xalq Komissarlari Sho„rosining hokimiyati va mahalliy Sho„ro muassasalarini tan oladi», deyilgan edi. Shunday qilib, Turkiston Muxtoriyati hukumati pay do boigan dastlabki davrdayoq ag„dariladi va tugatiladi, mustamlakachi bosqinchi Sho„ro hukumati o„z g„alabasini tantana qildi. Turkiston muxtoriyatidan so„ng 1917-yil dekabrda qozoq milliy demokratlari Orenburgda tashkil etgan Alash muxtoriyati ham tor-mor qilindi. Ammo zo„rlikka, bosqinchilikka asoslangan va Turkiston muxtoriyatini tugatishga qaratilgan Sho„rolaming adolatsiz siyosati mehnatkash xalq ommasi ko„zi oldida bu hukumatning asl maqsadi va mohiyatini ochib tashlaydi. Natijada butun Turkiston xalqlari istiqlol uchun erk va milliy ozodlik uchun kurashga otlanadilar. Bolsheviklaming Qo„qon shahrida amalga oshirgan dahshatli fojialaridan hatto Turkistonda yashayotgan Yevropa millatiga mansub eserlar, kadetlar va mensheviklar vakillari ham nafratlangan edilar. Menshevik - baynalmilal fraksiyasining boshligi Vaynshteyn Toshkent shahar Kengashi 1918-yil 23-fevraldagi yiginida Respublika Harbiy Komissari Ye.Perfelevning Qizil gvardiyachi jangchilari bilan Qo„qonda dahshatli xunrezliklar qilganini taftish etish kerak va aybdorlar javobgarlikka tortilishi lozim, deb talab qildi. Jumladan, u bunday degan edi: «Qiziq, sinfiy kurash nomi bilan armanlar va forslaming o„zaro milliy kelishmovchiliklari haqidagi gaplar, musulmonlardan qanday qilib himoyalanishimiz loyihasi to„g„risidagi fikrlar quloqqa chalinmoqda. Biz sinfiy kurash o„miga milliy kurash olib boryapmiz, bu ahvolni, shubhasiz, tabiiy hoi deb hisobga olmaymiz. Lekin u mantiqan toia, Sho„rolaming Turkiston oikasida olib borayotgan siyosati oqibatidir. Oikada musulmonlar xohish-irodasi bilan hisoblashmay turib sotsializm qurishga intilmoqdamiz. 68 0„rtoq Perfilev mehnatkash omma muxtoriyatni xohlamadi, qoilab- quwatlamadi, deb ta‟kidlab o„tdi. 0„rtoq Perfilevning o„z fikrini isbotlashga asosi bormi? Uning asosi shundaki, qaysiki musulmonlar to„pdan o„qqa tutilgandan keyingina o„zlarini bo„ysunishga tayyor ekanliklarini bildirganini nazarda tutayotgan bo Isa kerak.. Yerli xalq Kuropatkinga o„zlarining itoatgo„yligini o„shanday usullardan keyingina bildirganmidi? 0„rtoq Kuropatkin qoilagan usullar bilan yondoshmoqni mulohaza qilyapti. Ma‟ruzada biz faqat milliy qirg„inlami ko„ryapmiz; uni yovuz dushmani boimish podsho monarxiyasi va hukumati qoilab-quwatlagan edi. Qaysi sotsialist bunga ishonishi mumkin? Siz Turkistonni tashlab chiqib ketasizmi? Agar bu yerli xalqning xohish-irodasi boisa-chi? Kimki bu to„g„rida gapiradigan bo„lsa, sizlar darrov uning ovozini o„chirasizlar. Yo„q, sizlar sotsialist emas, o„sha imperialist, o„sha istilochisizlar. ...Intemasionalistlar fraksiyasi nomidan zudlik bilan ro„y bergan voqeani taftish qilib, o„rganib chiquvchi komissiya tuzishni, inqilobning qizil bayrog„iga kimki dog„ tushirgan boisa, oddiy gvardiyachidan tortib, otryad komandirigacha hamma-hammasini qat‟iy javobgarlikka tortishni talab qilamiz. Biz uchun ayrim kishilaming shuhrati emas, demokratiyaning vijdoni va tutgan yoii ahamiyatlidir. Inqilobiy demokratiya bayrogidan bu dog„ni yuvib tashlash kerak. Aybdorlar qonun oldida javob berishlari lozim» 1 . 1918- yil yanvar oyidayoq Skobelev shahar hokimi V.D.Do- riomedov «Znamya svobodi» gazetasida muxtoriyatchilarga xayri- xohlik bildirib, «rus bolsheviklari har qanday muxtoriyatni tan olmadi va mazlum xalqlar o„z huquqlari va taqdirlarini haqiqatan o„zlari belgilamoqchi boiganlarida bunga yo„l qo„ymadi», deb yozgan edi. Turkiston muxtoriyatiga nisbatan adolatsiz siyosatni ba‟zi bir bolshevik arboblaming o„zlari ham tanqid qilgan edilar. Jumladan, Sho„ro istibdodi arboblaridan D.F.Manjara bunday degan edi: «Milliy siyosatda yo„l qo„ygan xatolarimiz tufayli Qo„qon muxtoriyati vujudga keldi... Uni yo„qotish payti yana bir xatoga yo„1 qo „ydik. Qurol- yarog „ i deyarli bo „ lmagan muxtoriyatchilar j oylashgan eski shahami qamal qilish o„miga biz to„plardan o„qqa tutdik, keyin dashnoqlaming qurolli to„dalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj, Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling