O'zbekiston tarixi


partiyasi qurultoyiga yuborishga qaror qildilar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


partiyasi qurultoyiga yuborishga qaror qildilar. 
Albatta, Yettisuv musulmonlarining bo„linishdan iborat tutgan bu yoii 
Turkiston Muxtoriyati uchun kurash jabhasi kuchlarini kuchsizlantirdi. 
Bundan Toshkent Sho„rosidagi qizil saltanat mustamlakachilari ustalik bilan 
foydalanadilar. Ular Turkiston Muxtoriyatini tan olmasdan, o„zlarining butun 
diqqat-e‟tiborlarini uni yo„qotishga qaratdilar. Toshkent Sho„rosii o„z 
tashviqot-targibotla- 
rida 
Turkiston 
Muxtoriyatini 
keng 
ommaga 
aksilinqilobchi, buijua millatchi hukumat deya tushuntirdilar. Bu borada 
ularga «Nasha gazeta» gazetasi qo„l keldi. 
Toshkent Sho„rosi Turkiston Muxtoriyatini yakkalab qo„yish 
maqsadlarini ko„zlab barcha imkoniyatlami ishga soldilar. Toshkent shahar 
Dumasini tarqatdi, «Turkestanskiy vestnik» gazetasini yopib qo„ydi va 
hokazo
1
. Sho„ro hukumatining bu va shunga o„xshash tadbirlari Turkiston 
Muxtoriyatiga nisbatan amaliy va rejali hujum boshlanganligidan dalolat 
berar edi. 
5- 
§. Turkiston Muxtoriyatining qulashi 
Toshkent Sho„ro hukumati 1918-yil yanvaridan e‟tiboran Turkiston 
Muxtoriyatini tugatish maqsadida ochiqdan-ochiq amaliy harakatlami 
boshlab yubordi. Buni o„sha yili 19-26-yanvarda boiib o„tgan Turkiston 
oikasi Sho„rolarining IV qurultoyi qabul qilgan qarorlar yaqqol ko„rsatdi. 
Qurultoyda so„zga chiqqan Toshkentda Sho„ro raisi bolshevik I.O.Tobolin 
bunday degan edi: «Biz nafaqat Rossiya haqida, balki mehnatkashlar 
to„g„risida qayg„uryapmiz, agar xalq xohish-irodasi bu oikaning Rossiyadan 
ajralib chiqishini referendum orqali hal etishni istasa, uning ajralib chiqish 
huquqini saqlab qolamiz»
2

I. О .Tobolin о „ z so „ zining oxirida qurultoy qatnashchilari e ‟ tiboriga 
muhokama etilayotgan masala yuzasidan bolsheviklar fraksiyasi qarori 
matnini o„qib berdi: «Inqilobchi sotsial-demokratlar partiyasi proletariat 
Muxtoriyatini tashkil etish uchun harakat qiladi», shu bois deputatlaming 
kasaba Sovet (soyuz) lariga jalb etib, musulmon proletariatining sinfiy ongini 
ko„tarish» bo„yicha proletariat ommasini tayyorlash asosiy masala etib e‟lon 
qilinadi. Muxtoriyatni eion qilish masalasi esa noaniq muddatga kechiktirib 
qoldiriladi. 
1
O'sha manba. 48-49-betlar. 
2
O'sha manba. 
60 


Turkiston Sho„rosi IV oika qurultoyi Turkiston muxtoriyatiga 
munosabat masalasini qizg„in muhokama qilib turgan bir paytda Turkiston 
muxtoriyati hukumati qurultoy nomiga telegramma yuboradi. Telegrammada 
1918-yil 20-martda «umumiy, to„g„ridan- to„g„ri, teng va yashirin ovoz 
berish asosida» Turkistonda Ta‟sis majlisi chaqirish tadoriki borligi ma‟lum 
qilinadi. Telegrammada yana shu narsa ta‟kidlanadiki: «Turkiston Ta‟sis 
majlisi xalqlaming barcha orzu-istaklarini amalga oshirishga da‟vat etilgan 
boiib, Turkiston muxtoriyatida o„lkaning oz sonli aholisi va mehnatkash xalq 
huquqlarini himoya qilib, Rossiya inqilobi tomonidan oldinga surilgan 
demokratik qonun-qoidalar bilan to„la kelishgan holda demokratiyani tashkil 
etadi». 
Ana shu munosabat bilan muxtor Turkistonning Xalq Majlisi (milliy 
majlis) yana bir marta Turkiston xalqlariga «Xalq majlisi tomonidan mazkur 
holatning (moddaning) ishlab chiqilayotgani, hayotga tadbiq etilishi 
yuzasidan choralar ko„rilayotganini baralla ma‟lum qilishni o„z vazifasi deb 
biladi»
1

Ammo shunga qaramasdan Turkiston oikasi Sho„rosining IV Qurultoyi 
Turkiston muxtoriyati hukumatini tan olishdan bosh tortdi, uning a‟zolarini 
qonundan tashqari deb e‟lon qildi va hatto ulaming boshliqlarini qamoqqa 
olish to„g„risida qaror qabul qildi. Xususan masalani yanada o„tlashtirgan 
holat Bayramali ishchi va askar deputatlari sho„ro hukumatining «... boylar 
tomonidan e‟lon qilingan Qo„qon hukumati tan olinmasin, uning a‟zolari esa 
qonundan tashqari deb topilsin, boshliqlari qamoqqa olinsin!», degan 
talabidan so„ng kuchayadi. Qurultoy qarorida bunday deyilgan edi: 
«Inqilobiy sotsial-demokratlar partiyasi bir to„da rus va musulmon 
reaksionerlari boshchiligidagi buijua muxtoriyatiga qarshi shafqatsiz kurash 
e‟lon qiladi va oikada proletar muxtoriyati tuzishga intiladi»
2

Turkiston Muxtoriyatiga 
qarshi boshlangan siyosiy xuruj 
va 
qirg„inbarotningotashinvafaoltashkilotchilariI.O.Tobolin,F.Kolesov, 
Ye.Babushkin, Turkiston harbiy komissari Ye.Perfilev va boshqalar boidilar. 
Ular o„z faoliyatlarida qonxo„r bolsheviklar partiyasi va qizil mustamlakachi 
saltanat Sho„ro hukumatining yoiboshchilari V.I.Lenin, I.Stalin va boshqa 
bolsheviklaming to„g„ridan-to„g„ri buymq va ko„rgazmalarini ado etdilar. 
Turkiston Muxtoriyati rahbarlari 1918-yil boshlarida Toshkentda 
o„zlariga qarshi mislsiz fojiaviy qirginga tayyorgarlik ketayotganda 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling