O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 A’zamxo‘jayev S. Turkiston muxtoriyati. - Т.: Fan, 1996, 44—45-betlar. 
2
«Ulug„ Turkiston», 1918-yil 26-yanvar. 
3
A’zamxo‘jayev S. «Turkiston muxtoriyati». Т., «Fan». 1996, 45-bet. 
56 


qaradilar va shul bahona ila idorani muxtoriyat hukumatiga bermiylar edi. 
Endi bu bahonag„a joy qolmag„on boisa kerak. Chunki hozir Turkiston 
muxtoriyati rabochiy, dehqon va ular tarafidan buyuk bir miqdorda vakillar 
saylanib, muxtoriyat idorasi tamomila demokratiya asosina qo„yildi. Bundan 
so„ng bolshevoylar qanday bir bahona topib muxtoriyatta qarshi turalar 
ekan?»'. 
Turkiston muxtoriyatiga nisbatan munosabat Qo„qonda ochilgan 
qurultoyning bosh vazifasi hisoblanar edi. Musulmonlaming ishchi, askar va 
dehqon deputatlari 1-Qurultoyining ochilishini Turkiston Harbiy Kengashi 
rahbari Orif Klevleev, Qo„qon musulmonlari Harbiy Kengashi vakili askar 
Ismat Ubaydullin, Kavkaz musulmonlaridan Piri Mirsilzoda, Samarqand 
ishchi va askar deputatlari Kengashi vakili Ponomarev, Qo„qon uyezd 
komissari Akayev, Toshkent Harbiy Kengashi a‟zosi Sultonov, Qo„qon 
shahar hokimi o„rinbosari 
O.Mahmudov va boshqalar qutlashdi. Qurultoyda Muvaqqat xalq majlisi 
nomidan Islom Shoahmedov va eserlaming vakili Miller nutq so„zlab 
tabrikladilar. 
Qurultoy ishtirokchilari 1917-yil 13-dekabrda Toshkentda boiib o„tgan 
xunrezlik va fojialar munosabati bilan qurbon bo„lganlar xotirasini yodga 
oldilar va Qur‟oni Karimdan tilovatlar o„qidilar. Shundan so„ng qurultoy 
hay‟ati saylandi. Uning tarkibiga Abdulla Avloniy, Sanjar Asfandiyorov va 
boshqalar kiritildi
2

Kun tartibidagi Turkiston Muxtoriyatiga munosabat masalasi qurultoyda 
keskin bahs, munozaralar va tortishuvlar bilan bir necha kun muhokama 
qilindi. Nihoyat qurultoy Turkiston muxtoriyati Muvaqqat hukumatini 
qo„llab-quwatlash to„g„risida qaror qabul qildi. Qurultoy qabul qilgan 
qarorda musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari anjumani vakillarini 
Turkiston muxtoriyati muvaqqat hukumati tarkibiga kiritishni maqsadga 
muvofiq deb topiladi. 
Qurultoyda Xalq komissarlari Kengashi raisi V.I.Lenin nomiga 
telegaramma yuborishga qaror qilindi. 1917-yil 27-dekabrda jo„natilgan 
telegrammada bunday deyilgan edi: «Xalq Komissarlari Kengashi e‟lon 
qilgan shiorlar Turkistonda joriy etilmoqda. Butun Turkiston xalqi 
qurultoyda Turkiston Muxtoriyatini bir ovozdan e‟lon qildi va Turkiston 
Ta‟sis majlisiga o„lkani boshqarishning so„nggi shaklini ishlab chiqish taklif 
etildi. Barcha shahar va qishloqlaming 
1
«Ulug„ Turkiston». 1918-yil 4 yanvar. 
2
«Ulug„ Turkiston» gazetasi. 1918-yil 26 yanvar. 
57 


turli tashkilotlari namoyishlar va qarorlarida muxtoriyatning e‟lon qilinishini 
qo„llab-quwatlayaptilar. Saylangan Xalq Kengashida ruslar va yevropaliklar 
shahar va qishloq aholisining 2 foizini tashkil etsa-da, biz tomonimizdan 33 
foiz o„rin ajratilgan, xalqlaming urushiga chek qo„yilishi, anneksiya va 
kontribusiyasiz sulh tuzilishiga bir ovozdan qo„shilamiz. 
Musulmon proletariatining favqulodda Qurultoyi Xalq komissarlari 
Kengashi tomonidan Turkiston muxtoriyatining mus- tahkamlanishi uchun 
haqiqiy choralar ko„riladi, shu bilan xalqlaming o„z huquqlarini o„zlari 
belgilash to„g„risidagi shiorining qat‟iyligi va bunga chin dildan 
intilayotganligini namoyish etadi, deb ishonadi. Turkiston musulmon ishchi, 
askar va dehqon deputatlarining 1-favqulodda qurultoyida qabul etilgan 
qarorlar haqida ma‟lumot berib, sizlardan Rossiya demokratik 
respublikasining oliy hokimiyati sifatida Toshkent Xalq Komissarlari Sho„ro 
hokimiyatini Turkiston muvaqqat hukumatiga topshirish to„g„risida 
farmoyish berishingizni so„raymiz. Bu bilan siz Turkistonni juda katta 
falokatga olib keluvchi anarxiya va qo„sh hokimiyatchilikdan qutqargan 
boiur edingiz»
1

Mazkur telegrammaga 1918-yil 5 yanvarda Sho„ro hukumatining 
millatlar ishlari bo„yicha komissari I.V.Stalindan quyidagi mazmunda javob 
keladi: «Toshkentdagi Sho„ro komissariatini yo„q etish haqida Petrogradga 
murojaat qilishning ehtiyoji yo„q, agar komissariatni istamasangiz, uni kuch 
bilan yo'qota bilasiz?»
2
. Butun Rossiya Ta‟sis majlisiga Farg„onadan 
saylangan eser Vadim Chaykinning Qo„qonda tashkil topgan muxtor 
jumhuriyatni saqlab qolishda yordam so„rab o„sha I.V.Stalinga telegraf orqali 
murojaatiga kelgan javobi ham xuddi shu telegramma ruhida yozilgan edi. 
Bu telegramma o„z mohiyat-mazmuniga ko„ra Sho„ro hukumati 
zo„rlikka tayanuvchi mustamlakachilik siyosatining yorqin ko„rinishi edi. 
Chunki uning mazmuniga ko„ra Sho„ro hukumati Turkiston o„lkasidagi tub 
yerli musulmon aholi istak-xohishi bilan hisoblashmas, o„z taqdirini o„zi 
belgilamoqchi bo„lgan o„lka xalqlarini Sho„ro Rossiyasi bilan to„g„ridan-
to„g„ri qon to„kishga, urushga chorlar edi. Petrograddagi mustamlakachi 
bolsheviklar bu urushda albatta g„alaba qozonajaklarini yaxshi bilar edilar. 
Turkiston muxtoriyatida kuch yo„q edi, u hali hokimiyat sifatida batamom 
shakllanib ulgurmagan edi. 
1
«Ishchilar dunyosi», 1918-yil, 2-son, 22-23-betlar. 
2

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling