O'zbekiston tarixi
- §. Turkiston muxtoriyatining omma tomonidan
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
4-
§. Turkiston muxtoriyatining omma tomonidan qo‘llab-quwatlanishi Qo„qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo„lib o„tganligi va unda Turkiston muxtoriyatining tashkil etilganligi to„g„risidagi xabar tezda butun o„lka mehnatkashlar ommasi o„rtasida keng tarqaldi va katta qiziqish uyg„otdi. Turli shaharlar va tumanlarda Turkiston muxtoriyati shodu hurramlik 1 «Ulug„ Turkiston» gazetasi. 1917-yil, 8-dekabr. 50 bilan kutib olindi. Muxtoriyatni qo„llab-quwatlab joylarda ko„p raing kishilik miting va namoyishlar uyushtirildi. Jumladan, 1917- yil 6-dekabrda Toshkent shahridagi Eski Juvadagi Beklarbegi jome‟ masjidida uyushtirilgan miting bu xususda xarakterlidir. Unda 60 ming shaharlik fuqarolar qatnashadi. Mazkur miting tashkilotchilari «Sho„roi Islomiya» va «Sho„roi Ulamo» jamiyati a‟zolari edi. «Ulug„ Turkiston» gazetasining bergan xabariga qaraganda, «Masjidning ichki sahni va tomlari odam bilan liq to„lgan». Miting Saidg„ani Mahmud raisligida o„tgan (Munawarqori Abdurashidxonov, Mulla Odil, Sherali Lapin va boshqalar uning o„rinbosarlari edilar). Gazeta miting qatnashchilarining Turkiston muxtoriyatini batamom qo„llab- quwatlaganliklarini yozadi. Miting Turkiston muxtoriyatidan boshqa hukumatni tan olmaslik to„g„risida qaror qabul qiladi. Miting ishtirokchilari «Omin, Allohu akbar!» deb yuzlariga fotiha tortib Xalq kengashiga sodiq qolishga qasamyod qildilar. Qabul qilingan qarorda, jumladan, quyidagi satrlar bor edi: «Biz musulmonlar sinf va ayirmalarga qaramasdan, Turkiston muxtoriyatini olqishlagan holda, Qo„qondagi favqulodda qurultoy tarafidan e‟lon etilgan Turkistonda xalq hukumati vujudga keltiruv haqidagi qarorga butun vujudimiz birla qo„shilib, ishonamizki, buyuk Rossiya inqilobi tarafidan e‟lon etilgan hokimiyat asoslarining suyunchi haqini Rossiyaning birlashgan demokratiyasi Turkiston xalqining tarafidan bir og„izdan bayon etilgan tilagiga qo„shilar va o„z kunimizni o„zimiz ko„ra boshlashda yordam etar. Shunga imom etgan holda biz o„lkadagi hamma musulmonlami Muxtoriyatli Turkiston hukumati atrofida jipslashib, hozirgi o„lka idorasi boshida bo„lib turgan muvaqqat tashkilotlar bilan qanday bo„lmasin dushmanlarcha muomala qiluvdan saqlanishga da‟vat qilamiz. Turkiston Muxtoriyati amaliy sur‟atda tezroq vujudga kelishi uchun tinch va totuvlikni saqlashimiz kerak. Toki shuning orqasida so„g„ish (urush - mualliflar.) va bugundan e‟tiboran hur bo„lgan Turkistonning bir to„g„on kabi xalqlarimiz orasida gunohsiz qon to„kilmasin. «Yashasun Muxtoriyatli Turkiston!» 1 Miting qatnashchilari Sho„ro hukumatiga nisbatan ham o„z munosabatlarini bildirdilar. «Ulug„ Turkiston» gazetasi tarqatgan xabarlarga qaraganda mitingda hozir bo„lganlar «Xalq komissarlari 1 «Ulug„ Turkiston» gazetasi. 1917-yil, 10-dekabr. Sho„rosining» Davlat Dumasini tarqatib yuborish to„g„risida»gi buyrug„ini «... bugungi kunda mutlaqo mumkin bo„lmagan hodisa» deb qoralaganlar. Chunki «300 ming kishi nomidan demokratik yoi bilan to„rt bosqichli saylov haqidagi qonunga muvofiq saylangan Toshkent Dumasi a‟zolari o„miga 700- 800 askar va ishchilar Aleksandrov parkida saylagan 4-5 komissar bilan almashtirilgan, xolos» 1 . Xullas, Toshkentda 6 dekabrda tashkil etilgan miting Turkiston muxtoriyatini himoya qilish bayrog„i ostida o„tdi va mehnatkashlar ommasining faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega boidi. Turkiston muxtoriyatini qo„llab-quwatlash va unga xayrixohlik harakatlari o„lka shahar va qishloqlarida ham bo„ldi. 1917-yil 1 -dekabrda Namangan uyezdida 100 ming kishi qatnashgan ommaviy xalq namoyishi bo„lib o„tadi. Undanamoyish qatnashchilari «Yashasin muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!» degan shiorlar yozilgan da‟vatlami ko„tarib bordilar 2 . Abdurauf Fitrat «Muxtoriyat» maqolasida dunyoga yangi kelgan muxtoriyatga nisbatan otashin mehr, his va hayajon tuyg„usini quyidagi so„zlarda ifodalaydi: «Turkiston muxtoriyati... Temur hoqonning chin bolalari yonida turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug„urli, mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so„zni borligiga ishonmayman. Turkiston turkning qonini qaynatuvchi, imonini yuksaltiruvchi bir quwat bor esa yolg„uz shu so„zda bordur: Turkiston muxtoriyati! Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo„limiz bog„landi, tilimiz kesildi, og„zimiz qopondi, erimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumurildi, nomusimiz g„asb qilindi, huquqimizga tajovuzlar bo„ldi, insonligimiz ayog„lar ostig„a olindi-tuzumli turlik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyrugg„a bo„ysundik, butun borlig„imizni qo„ldan berdik. Yolg„iz bir fikmi bermadik, yashunturdik, imonlarimizma avrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!... Mahkama eshiklaridan yig„lab qaytganda, yoruqsiz turmalarda yotganda, yirtg„uvchi jandarmaning tepgusi bilan yiqilganda, yurtlarimiz yondurilg„anda, dindoshlarimiz osilg„anda ongimiz yo„qoldi, miyamiz buzuldi, ko„zimiz yoruqsiz qoldi, biror narsani ko„rolmadik. 1 O'shamanba, 1917-yil, 8-dekabr. 2 «Ulug„ Turkiston» gazetasi. 1917-yil, 13-dekabr. 52 Shul chog„da, tushgun ruhimizni коЧагтак uchun shul qop- qorong„u dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror narsaga o„tmagan ko„zimiz shuni ko„rar edi. U1 nima edi? Turkiston muxtoriyati! ...Biz ishongan edik kim rus demokratiyasi, haqga tayang„an bir inqilob chiqarib, har millatning o„z haqlarini qaytarur; Inqilob bo„ldi. Rossiyaning «qo„shma xalq jumhuriyati» usuli bilan idora etiluri jarlandi (e‟lon qilindi). Shul e‟lon uzra yasalg„on Ukraina, tatar va boshqa millatlar muxtoriyatlari tasdiq etildi. Ko„nuk (navbat) Turkistonniki edi. Turkistonning tarixan poytaxtlaridan ikkinchisi bo„lgan Xo„qand shahrinda to„plangan Turkiston qurultoyi 27 noyabming (milliy laylatulqadrimiz bo„lgan) yarim kechasinda Turkiston muxtoriyatini e‟lon qildi. Lekin shunisi borkim, bir millatning muxtoriyati yolg„uz bir qurultoyning e‟loni bilan tamom bo„lmas. Muxtoriyatni olmoq va saqlamoq kerakdur. Qurultoy o„z ishini qildi. Qolganlari butun millatning vazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdur. Bulami millat hozir qilsun» 1 . Endigina 20 bahomi qarshilagan Abdulhamid Cho„lpon 1918- yilda Turkiston Muxtoriyatini tabriklab «Ollohu akbar» va «Ozod Turk bayrami» kabi she‟rlarini bitadi. Uning «Ozod Turk bayrami» degan she‟ri madhiya sifatida qabul qilingan edi. Jadid shoiri o„z quvonchini quyidagi o„tli satrlarda bayon etadi: Ko„z oching, boqing har yon! Qardoshlar, qanday zamon! Shodlikka to„lar jahon! Fido bu kunlarga jon! N a q o r a t : Turkistonli - shonimiz, Turonli - unvonimiz. Vatan - bizim jonimiz, fido o„lsun qonimiz! Bizlar temir jonlimiz! Shavkatlimiz, shonlimiz! Nomusli, vijdonlimiz! Qaynagan turk qonimiz! 1 «Hurriyat» gazetasi. 1917-yil, 5- dekabr. 53 Muxtoriyat olindi, Ishlar yo„lga solindi. Milliy marshlar chalindi, Dushman o„rtandi endi!... Qonli voqea sodir etilgan zahotiyoq Toshkentdan Petrogradga Xalq Komissarlari Kengashiga quyidagi mazmunda telegramma jo„natiladi: «Qo„qonda reaksion burjuaziya tomonidan tayyorlangan musulmonlar qurultoyi Turkiston muxtoriyatini e‟lon qildi, endi vujudga kelgan muxtoriyat hukumati Turkiston proletar ommasi tomonidan tan olingani holda, bor kuchi bilan o„lkaning ayrim shaharlarida muxtoriyatni e‟lon qilishga tayyorlanmoqda. Shu yil 13 dekabrda Muhammad payg„ambar tug„ilgan kunda Toshkentda muxtoriyat e‟lon qilindi» 1 . Mazkur telegrammaga javoban Petrograddan: «Joylarda hokimiyat siz, o„zingiz, demak, siz o„zingiz buyruqlarni ishlab chiqing» degan mazmunda telegramma Toshkentga jo„natildi. Ana shundan so„ng Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi Muxtoriyat masalasida maxsus qaror qabul qildi va uni Ijroiya Qo„mita tasdiqlaydi. Mazkur qaror deyarli bolsheviklaming nashriga aylanib qolgan «Nasha gazeta»da e‟lon qilindi. Unda, jumladan, bunday deyilgan: «Qora kuchlar aytishicha, biz muxtoriyatga qarshi emasmiz, biz faqat qog„ozda muxtoriyat tarafdori-yu, uni hayotga joriy etishga qarshi ekanmiz. Axir, biz bir necha bor o„quvchilarimiz e‟tiboriga, asosan musulmon aholiga... bizlar prinsip jihatdan muxtoriyat tarafdorlarimiz, shu bois ezilgan va xo„rlangan musulmon aholining nafaqat ozod bo„lishlari, balki musulmon aholining tezdan fikrlari ochilmog„i va milliy ishtiyoqlarining amalga oshishiga chin dildan harakat qilamiz». Turkiston Ta‟sis qurultoyi chaqiriladi. Faqat uning o„zigina Turkiston o„lkasi Muxtoriyatini e‟lon qilishga haqlidir 2 . Bu qaror ortiqcha izohga muhtoj emas. Bolsheviklar Turkiston musulmonlarining favqulodda chaqirilgan IV qurultoyi tomonidan e‟lon qilingan Turkiston Muxtoriyatini tan olmaydilar. Ular Turkiston o„lkasi Ta‟sis majlisini o„z tashabbuslari bilan chaqirib o„zlariga ma‟qul va o„zlariga yoqadigan muxtoriyatni kelajakda tashkil etishni rejalashtirgan edilar. Oqibatda xuddi shunday bo„ldi ham. Shu narsaga alohida e‟tibor berish kerakki, Turkiston o„lkasidagi 1 «Наша газета», 1917-yil, 15-dekabr. 2 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling