O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
A’zamxo‘jayev S. Turkiston muxtoriyati. Т.: Fan, 1996, 34-bet.
2 A’zamxo‘jayev S. Turkiston mustaqilligi va biriligi uchun kurash sahi- falaridan. - Т.: Fan, 1996, 32-bet. 3 A’zamxo‘jayev S. Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sahifalaridan. Т.: Fan, 1996, 32-bet. 4 Хасанов М. «Кокандская автономия и некоторые еѐ уроки». «Общественные науки в Узбекистане», 1990, № 2, 43-bet. 46 Turkiston muxtor jumhuriyati mafkurasining negizini Islom dini g„oyalari tashkil etishi qurultoyda maxsus ko„rsatildi. Bu 0„lka musulmonlarining II va III qurultoylarida ham ta‟kidlangan edi. Qurultoy o„z ishini yakunlashi oldidan yana bir marta Turkiston Muxtor jumhuriyat deb e‟ Ion qilinganini tantanali sur‟atda takrorlaydi. Noiblar bu so„zlarini tik turib tingladilar, xudoga shukronalar bildirib, Qur‟oni Karim suralaridan tilovat qildilar 1 . Turkiston muxtoriyatining muvaqqat hukumat nomidan uning a‟zolari M.Tinishpayev, M.Cho„qayev, U.Xo„jayev, Yu.Og„ayev, O.Mahmudov, A.O„razayev, I.Shoahmedov, S.Gersfeld imzosi ostida xalqqa qarata murojaati e‟lon qilindi. Murojaatnoma «Ulug„ Turkiston»da (1917-yil 8- dekabr) e‟lon etildi. Murojaatda ko„p millatli Turkiston xalqining istagiga muvofiq demokratik inqilobning ulug„ asoslari bo„lmish xalqlaming ozodligi, millatlaming o„z taqdirini o„zi belgilashini amalga oshirish maqsadida Turkiston umummusulmonlarining favqulodda 0„lka qurultoyi Turkistonni Rossiya Federatsiyasi Jumhuriyatining tarkibidagi muxtor jumhuriyat, deb e‟lon qilgani qayd etiladi. 0„lkadagi jamiki uyushmalar oldida turgan muhim va mas‟uliyatli masalalami e‟tiborga olib, Turkistonda yashayotgan turli millatlar ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot darajalarini hisobga olib va ular o„rtasida do„stlikni ta‟minlash uchun o'lkaning hamma joylarida tartib va intizom o„matish maqsadida oika musulmonlar qurultoyi Muvaqqat Turkiston xalqi Kengashi (Milliy majlis)ni sayladi, mazkur Kengashi hay‟ati Turkiston muxtoriyatining muvaqqat hukumatini tashkil qildi, deyiladi unda. Bu hukumat zimmasiga mumkin qadar tezroq Turkiston Ta‟sis majlisini chaqirish, Turkiston xalqini oziq-ovqat bilan ta‟minlash choralarini ko„rish, shu maqsadda «Sharqiy-Janubiy Ittifoq» bilan aloqa o„matish, o„lka muxtoriyati moliya ishlarini ta‟sis qilishga kirishish, xalq milisiyasini tashkil qilish, mahalliy millatlar huquqlarini himoya qiluvchi tadbirlar belgilash, askar tashkil qilish va boshqa vazifalar yuklatilganligi murojaatda ta‟kidlandi. Umummusulmonlar o„lka qurultoyi birlik, hurriyat, tenglik asoslarini tasdiq etdi. Turkistonning barcha fuqarolarini, musul- monlarini, rus yahudiylarini, ishchi, askar va Yevropalik dehqonlami, o„lkadayashovchihammaelat,xalqlami,shaharvazemstvoidoralarini, 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling