O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 Sodiqov H. Hurriyatdan muxtoriyatgacha. «Fan va turmush», 1993-yil, 2-son, 18-bet. 
2
 Mustafo Cho‘qay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari (1917-yil xotiralari), 32-bet. 
15 


Turkiston general-gubematori Kuropatkin muvaqqat hukumatga zimdan 
bo„ysunmasdan, tub yerli «musulmonlar qo„zg„olon ko„tarmoqchi» degan 
mish-mishlami tarqatib amalda hukumatga qarshi harbiy qo„zg„olonga 
tayyorgarlik ko„rish to„g„risida maxfiy buyruq berdi. Bu sir ochilib qolgach, 
1917-yil 31-martda Kuropatkin qamoqqa olinadi va Sank-Peterburgga 
jo„natiladi. 
Fuqarolar vakillaridan yangi tashkil etilgan Turkiston qo„mitasining 
raisligiga kadetlar (Konstitutsiyaviy demokratlar) partiyasi arboblaridan 
bo„lgan N.Shchepkin tayinlandi. Mazkur qo„mita tarkibiga muvaqqat 
hukumatga sadoqatli bo„lgan musulmon vakillaridan 4 kishi kiritildi. Bular: 
general-mayor Abdulaziz Davletshin, Sadri Maqsudiy (Sodir Maqsudov), 
Muhammadjon Tinishpayev va Alijon Bukeyxanov (To„rg„ay viloyati 
komissari) lar edilar. Ulaming hammasi Rossiya Davlat dumasiga a‟zo edilar. 
Muvaqqat hukumatning Turkiston qo„mitasi o„zining tashkil topgan kunidan 
boshlab o„lkada Markaziy hokimiyatning vakili sifatida ish ko„rishga 
kirishdi, viloyatlar, shaharlar va uyezdlarda o„zining mahalliy boshqarish 
idorlarini shakllantirdi. 
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko„rinadiki, 1917-yil fevral inqilobi 
g„alabasidan so„ng Rossiyaning o„zida ikki hokimiyatchilik vujudga kelgan 
bo„lsa, Turkistonda uch hokimiyatchilik qaror topdi. 
Birinchisi, Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkistondagi vakili - 
Muvaqqat hukumatining Turkiston qo„mitasi va uning joylardagi idoralari. . 
Ikkinchisi, ishchi-dehqon va askar deputatlaming Turkiston o„lka soveti 
(sho„rosi). 
Uchinchisi, Turkiston musulmonlarining Markaziy Sho„rosi, uning 
joylardagi sho„balari edi. 
Kuchlaming bu xildagi taqsimoti Markaziy Osiyodagi inqilobiy 
demokratik harakatning asosan ikki yo„nalishida rivojlanib borganligini 
ko„rsatadi. Birinchi yo„nalish nomilliy yo„nalish bo„lib, ikki xil ko„rinishda 
faoliyat ko„rsatganligidan qat‟i nazar, uning asl va bosh maqsadi bir edi, u 
ham bo„Isa, qanday usul va shaklda bo„lsa-da turli xildagi hiyla va 
nayranglami ishga solib Turkistonni chor Rossiyasi mustamlakachiligi 
asoratidan saqlab qolish, o„lkada awalgi siyosatni olib borishdan iborat edi. 
Bu yo„nalish muvaqqat hukumatning Turkiston qo„mitasi va ishchi, dehqon 
va askar deputatlari Turkiston o„lka Soveti faoliyatida namoyon bo„ldi. 
16 


Ikkinchi yo„nalish milliy, antifeodal, demokratik, milliy ozod- lik, milliy 
mustaqillik harakati ko„rinishida sodir bo„ldi. Bu yo„lni Turkiston 
musulmonlari sho„rosi atrofida uyushgan Turkiston o„lkasining ilg„or va 
taraqqiyparvar qarashdagi vatanparvar, istiqlol harakati ziyolilari va 
ulamolari boshqardilar. Kuch va qudrat o„lka musulmonlari Markaziy 
sho„rosi tomonida bo„lib, uni mahalliy xalqning ko„pchiligi qo„llayotgan edi. 
Chunki u ilgari surgan dastur va g„oyalar mahalliy xalqning talab-ehtiyojlari 
va qiziqishlariga to„la javob berar edi. Birinchi yo„nalishdagi harakatga esa 
mahalliy xalq ergashmadi, ularga chaqirilmagan mehmonlar, bosqinchi, tili, 
dini, urf-odati, madaniyati, tarixi boshqa bo„lgan istilochilar deb qarashardi. 
Ayniqsa, ishchi, dehqon va askar deputatlari Turkiston o„lka Sovetlari ilgari 
surgan dastur va g„oyalar mahalliy aholi uchun tushunarsiz va begona edi. U 
holda musulmonlar qurultoyining muvaqqat hukumatiga ishonch bildirib 
qabul qilgan qaromi qanday baholamoq kerak? В uni biz vaqtinchalik 
ishlatilgan uzoq kelajakdagi maqsadni ko„zlab ilgari surilgan oqilona taktik 
yo„l deb hisoblaymiz va bu quyidagi holatlar bilan izohlanadi: Birinchidan, 
bir vaqtning o„zida ikki jabhada: ham muvaqqat hukumat va ham ishchi, 
dehqon va askar deputatlari sho„rosiga qarshi turish katta mushkulliklar 
keltirib chiqarar edi. Ikkinchidan, fevral inqilobi g„alabasidan so„ng 
muvaqqat hukumat ilgari surgan dasturiy vazifa va talablar Turkiston 
xalqlarining о „ sha davrdagi talab-ehtiyoj lariga mos bo „ lib tushayotgan 
edi. Chor Rossiyasi zulmi iskanjasida dahshat azoblaridan qalbi tilka- pora 
bo„lgan Turkiston xalqi muvaqqat hukumat timsolida, ma‟lum ma‟noda 
bo„lsa-da, o„z ezgu orzu-umidlarining ro„yobga chiqishiga ishongisi 
kelayotgandi. Musulmonlar qurultoyi ishlab chiqqan va hayotda amalga 
oshirilgan taktik yo„l to„g„ri bo„lib chiqdi. 
Biroq 
Turkiston 
musulmonlari 
Markaziy 
Sho„ro 
o„lkada 
mustamlakachilik tartib-qoidalarini saqlab qolishga jon-jahdlari bilan 
astoydil harakat qilayotgan kelgindi kuchlarga nisbatan umumiy maqsad 
yo„lida sust harakat qildilar, «mo„tadil» faoliyat ko„rsatdilar. «Mo„tadillik 
o„lka musulmon sho„rosi faoliyatiga xos xususiyat edi...»
1
. Biroq 
voqealaming rivojlanish jarayoni markazning ish shaklida va usullarida 
ko„p,safarbmlikni, qat‟iylikni, dastumi va taktik 


amaliy faoliyatni o„rtaga qo„ymadi»', tashabbuskorlik va ijodkorlik 
yetishmadi. 
0„lka musulmon sho„rosi faoliyatining talab darajasida rivoj- 
lanmaganligining yana bir sababi, tashkilot qatnashchilarida harakat 
birligining bo„lmaganligidir. Bulaming hammasi o„lkaning ijtimoiy-iqtisodiy 
va siyosiy taraqqiyot darajasining nochorligi bilan tavsiflanadi. 
Turkiston 
o„lkasi 
mehnatkashlari 
hayotida 
butunrossiya 
musulmonlarining qurultoylari ma‟lum darajada iz qoldirdi. Birinchi qurultoy 
1917-yil 1-2-may kunlari Moskvada bo„lib o„tdi. Uning faoliyatida deyarli 
barcha siyosiy oqimlar: o„ng konservatorlardan tortib to so„l radikal-
sotsialistlargacha vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida Turkiston, Buxoro va 
Xivadan musulmon vakillar qatnashdilar. Mustafo Cho„qayev, Ubaydulla 
Xo„jayev, Islom Shoahmedov, Sobir Yusupov va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
Qurultoyda bir qator muhim qarorlar qabul qilindi. Ana shulardan biri 
davom etib turgan urushga munosabat masalasi edi. Qabul qilingan qarorda 
butun dunyodagi musulmonlar Yevropa imperializmining qurboni boiib 
qolayotganligi, xalqaro qirg„inbarot urushlaming ham bosh sababchisi 
imperialistlar ekanligi qayd etildi, millat va xalqlar o„z taqdirini o„zi 
belgilash huquqi asosida darhol anneksiya
2
va kontributsiyasiz
3
sulh tuzish 
talabi qo„yildi
4
. Shuningdek, qurultoy 8 soatlik ish kunini joriy etish, ishchi 
musulmon sho„rosi tuzish, cho„l viloyat va Yettisuvdagi mahalliy aholining 
ko„chirilishini to„xtatish va yerlami tortib olishga barham berish, darslami 
ona tilida o„qitiladigan maktablar tarmog„ini kengaytirish, diniy ehtiyojlar 
uchun muvaqqat diniy idora tuzish, muvaqqat hukumat ichki siyosatida 
musulmon aholi manfaatlarini, ayniqsa yer va mahalliy o„z-o„zini boshqaruv 
kabi masalalarda himoya qilishga qaror qiladi. Musulmon xotin-qizlari 
masalasidagi maxsus qarorda shariat bo„yicha ayollaming teng huquqqa ega 
ekanligi ko„rsatildi. Shu sababdan ular shariat bo'yicha siyosiy, ijtimoiy-
jamoat ishlari va saylovda erkaklar bilan teng huquqli asosda qatnashadilar
5

deya ta‟kidlandi. 
1
O
l
sha joyda. 
2

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling