O'zbekiston tarixi
l- §. Turkistonda 1917-yil fevral inqilobidan
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agzamxodjayev S. D
l-
§. Turkistonda 1917-yil fevral inqilobidan keyingi tarixiy vaziyat 1916- yilning oxirlari - 1917-yilning boshlarida butun Chor hukumati boigani kabi uning mustamlakasi bo„lgan Turkistonda ham inqilobiy tanglikning barcha alomatlari har tomonlama pishib yetiladi. Bu inqilobiy tanglik 1917-yil 27-fevralda Petrogradda chor monarxiya tuzumining ag„darilishiga olib keladi. Mamlakatda ikki hokimiyatchilik paydo bo„ldi. Bir tomonda knyaz Lvov boshchiligida burjua-pomeshchiklar hukumati - muvaqqat hukumat, ikkinchi tomonda esa ishchi va askar deputatlar organi bo„lgan sovetlar ish boshladi. Muvaqqat hukumat asosan o„rta va yirik buijuaziya manfaatlari ifodachisi bo„lgan konstitutsiyaviy demokratlar (kadetlar) partiyasi a‟zolaridan tuzilgan bo„lsa, sovetlar sotsialist-inqilobchilar (eserlar) va Rossiya sotsial-demokrat ishchilar partiyasi (RSDRP) tomonidan tashkil etilgan boiib, rahbarlik mensheviklar qo„lida edi. Rossiyada qariyb 300-yil hukmronlik qilgan Romanovlar sulolasining taxtdan ag„darilishi mamlakatning ij'timoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‟naviy hayotiga jiddiy ta‟sir qildi. Inqilob g„alabasini Rossiya fuqarolari zo„r shodu- xurramlik bilan qarshi oldilar. Chunki uning ezgu shiori ozodlik, tenglik va birodarlik edi. Fevral inqilobi tufayli Rossiya xalqiga keng sharoit vujudga keldi. U katta-kichik millatlaming o„z taqdirini hal qilishiga imkoniyat yaratdi, vijdon erkinligini joriy qildi, mahalliy idoralami saylashda umumiy bevosita teng va yashirin ovoz berishni yo„lga qo„yadi. Muvaqqat hukumatning mahalliy xalq vakillaridan front orqasidagi ishlarga, mardikorlikka olishga chek qo„yiladiki, bu tadbirlar millati, irqi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat‟i nazar, barcha xalqlaming istak-orzulariga mos edi. Rossiyada o„n bitta partiya erkin tarzda o„z faoliyatini olib bora boshladi. Xullas, qisqa muddat ichida fevral inqilobi g„alabasi tufayli Rossiya harbiy feodal monarxistik mamlakatdan ilg„or demokratik mamlakatga aylanganday bo„ldi. Fevral inqilobi Rossiyaning xalqaro maydondagi ahvoliga ham jiddiy o„zgarishlar kiritish imkoniyatini yaratdi. Inqilob sharofati tufayli Rossiya uzoq davom etayotgan jahon urushidan chiqib ketishi va mamlakat fuqarolarining ezgu niyatlarini ro„yobga chiqarishi mumkin edi. Aslida fevral burjua-demokratik inqilobi jamiyat taraqqiyotining ob‟ektiv rivojlanish qonunlaridan kelib chiqqan hayotiy zarurat edi. 6 1917-yilgi fevral burjua-demokratik inqilobining g„alabasini Turkiston fuqarolari ham zo„r xursandchilik va katta umidlar bilan kutib oldilar. Podsho Nikolay II ning taxtdan ketganligi to„g„risidagi xabar Toshkentga 28-fevralda kechasi yetib keldi. Ammo Turkiston general-gubematori Kuropatkin monarxiyaning qayta tiklanishidan umidvor bo„lib bu xabami xalqqa bildirishni istamadi. 3-martda fevral inqilobining g„alabasi to„g„risidagi telegramma matbuotda bosilgach, uning siri fosh bo„ldi. Bu inqilobga nisbatan mamlakatimiz jadidchilari ham xayrixohlik hissi bilan qarab baho berdilar. Jumladan, Abdulhamid Cho„lpon fevral inqilobini 1789-1793- yillardagi buyuk fransuz inqilobiga o„xshatgan edi. Fevral inqilobita‟siriostidaTurkistono„lkasidaommaviy inqilobiy harakatlar avj olib ketdi. Toshkent, Samarqand, Skobelev (Farg„ona), Kogon, Namangan, Qo„qon va boshqa shaharlarda ko„p ming kishilik miting va namoyishlar bo„lib o„tadi. Fevral inqilobi haqidagi xabar matbuotda e‟lon qilingan kuniyoq Toshkentda katta namoyish bo„ldi. Namoyish qatnashchilari shahaming Skver (Amir Temur xiyoboni) va Sobomiy (Mustaqillik) maydonlari, turli ko„chalar bo„ylab bayroqlar ko„tarib, inqilobni qarshi oldilar. 5-martda Samarqand shahrida ko„p ming kishilik miting uyushtirildi. Kogon (Buxoro) dagi namoyishchilar soni 6 ming kishiga yetadi. 7-martda Petro- Aleksandrovskda bo„lgan ommaviy mitingda Amudaryo gamizoni askarlari ham qatnashdilar. Amudaryo bolimining boshlig„i va shahar pristavi mitingni tarqatishga harakat qiladi. Bunga javoban miting qatnashchilari ulami qurolsizlantirib, qamab qo„ydilar. Askarlaming namoyishkorona chiqishlari 10 martda Samarqand shahrida ham bo„ladi. Unda 12 mingga yaqin kishi qatnashdi. Xullas, mehnatkashlar ommasi hamda qo„shinlaming ommaviy miting va namoyishlari Turkiston o„lkasining boshqa hududlarida butun mart oyi va undan keyin ham to„xtamadi. Ammo bu miting va namoyishlaming tashabbuskorlari va faol qatnashchilari asosan Rossiyadan Turkistonga kelgan o„zga millatlaming vakillari edilar. Bundan tub yerli mahalliy xalqlar miting va namoyishlardan chetda turdilar degan xulosa chiqmaydi. Turkiston o„lkasining bir qator uyezd va shaharlarida jadidlar, Islom dini ulamolari rahbarligida tub yerli aholi qatnashgan miting va namoyishlar bo„lib o„tdi. Jumladan, 6, 9 va 13-mart kunlari Toshkentning Eski Juva, Shayxontohur va boshqa mavzelarida jadidlar tashabbusi bilan ko„p ming kishilik musulmon ahlining miting va namoyishlari uyushtirildi. Demokratik inqilob va uning maqsad- vazifalariga katta umidvorlik bilan qaragan jadidlar mehnatkashlar ommasini milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun milliy birlik, jipslik va ahillikka chaqirdilar. Ana shunday mitinglardan biri 9-martda Toshkentning Chorsu maydonida bo„ldi. Jome‟ masjidi oldida to„plangan mitingni jadidlaming «Turon» jamiyati uyushtirdi va unga Munawar qori Abdurashidxonov, Islombek Hudoyorxonov kabilar rahnamolik qildilar. Fevral inqilobi ta‟siri ostida o„lka musulmonlarining ommaviy harakatlari Qo„qon, Namangan, 0„sh, Jalolobod, Samarqand, Andijon, Kattaqo„rg„on muzoffotlari va boshqa hududlarda ham sodir bo„ldi. Turkiston oTkasidagi ana shu ommaviy chiqishlar va xalq harakatlari ta‟siri ostida sho„rolar tashkiloti birin-ketin vujudga kela boshladi. Turkistonda ishchi deputatlaming birinchi Kengashi (Soveti) Toshkentda 2-martda 0„rta Osiyo temir yo„li Bosh ustaxonasi (hozirgi Temir yo„llar teplovoz-vagon ta‟mirlash zavodi) da rus ishchilari tashabbusi bilan tashkil etildi. Kengash tarkibiga shu kuni bo„lib o„tgan mitingda saylangan 12 kishi va boshqalar bor edi. Bunday Kengashlar Toshkent shahrining boshqa zavodlari, ustaxonalari, korxonalari va jamoat tashkilotlarida ham saylandi. 3 martda zavodlar, ustaxonalar, korxonalar va jamoat tashkilotlaridan saylangan vakillardan Toshkent ishchi deputatlari Sho„rosi Kengashi tuzildi. 4-martda Askar deputatlarining Toshkent Soveti tashkil topdi. Mart oyining oxirlarida Toshkent ishchi deputatlari Soveti bilan askar deputatlari Soveti birlashdi. Ular hamkorlikda «Nasha gazeta» gazetasini nashr etishni yo„lga qo„ydilar. Gazetaning birinchi soni 1917-yil 2-aprelda chop etiladi. Turkistonda Sovetlar tuzish harkati ommaviy tus oldi. Fevral inqilobining dastlabki kunlaridanoq ishchi va askar deputatlari Sovetlari Samarqand, Yangi Buxoro (Kogon), Andijon, Namangan, Qo„qon, Skobelev va boshqa shaharlarda vujudga keldi. Faqat mart oyining o„zida Turkistonda 75 ishchi va askar deputatlari Sovetlari faoliyat ko'rsata boshladi. Bu Umumrossiya ko„rsatkichining 13,5 foiziga teng (Rossiyada jami 600 ta Sovet tashkil etilgan) edi. Ammo bu Sovetlar tarkibidagi a‟zolar asosan Yevropalik aholi vakillaridan bo„lib, uning rahbariyatida mahalliy millatlaming vakillari umuman yo „ q edi. Buni Toshkent Soveti rahbariyati misolida ко „rsa ham bo „ ladi. Toshkent Soveti rahbarligiga I.I.Belkov, A.Ya.Pershin, A.S.Lyapin, A.A.Kazakov, N.Kaleginlar saylandilar. 6-martda saylangan Andijon ishchi va askar deputatlari Soveti hay‟atiga V.A.Chaykin (rais), ishchi Pershin, askar Maslov (o„rinbosarlar) kirgan edi. Sovetning 7 a‟zosidan 4 tasi ishchi, 3 tasi askar bo„lib, ulaming hammasi boshqa millatga mansub kishilar edilar 1 . Shaharlar bilan bir qatorda viloyatlarda ham Sovetlar shakllana bordi. Turkiston о„lkasidamanashundaysovetlardan birinchisi 1917- yil mart oyining o„rtalarida vujudga kelgan Farg„ona viloyat Soveti bo„ldi. Aprel oyida Sirdaryo viloyat Soveti va may oyida Samarqand viloyat Soveti vujudga keldi. Turkiston o„lkasi Sovetidan tortib to viloyatlar, shaharlar va uyezdlar Sovetlarigacha barcha rahbarlik lavozimlarini Rossiyaning markazida tashkil etilgan mensheviklar va eserlar partiyalariga mansub bo„lgan vakillar egallab oldilar. Bu vaziyatni 1917-yil 7-apreldan 15-aprelga qadar Toshkentda o„z ishini olib borgan I Turkiston o„lkasi ishchi va askar deputatlari qurultoyi qonun yo„li bilan mustahkamladi. Hokimiyat masalasi muhokama qilingan mazkur qurultoyda 263 deputatdan bor-yo„g„i 5 kishi tub yerli musulmonlaming vakillari edilar, xolos 2 . Shu boisdan qurultoy barcha asosiy masalalarda mustamlakachilik ruhida qarorlar qabul qildi. Turkistonda o„lka sho„rosining raisligiga menshevik M.Fiterman, rais o„rinbosari qilib esa menshevik G.I.Broyda saylandi. Farg„ona viloyati Sovetiga eserlardan V.V.Chaykin, V.D.Doriomedov, L.A.Maevskiylar saylandilar. Toshkent, Andijon shaharlari, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ham xuddi ana shu vaziyat bo„lganligi haqida yuqorida ta‟kidlanadi. Bu davrda bolsheviklar vakillari Turkistonda sonda ham, hisobda ham Sovetlarda hech qanday ta‟sirga ega emas edilar. 1917-yil 9-16-aprelda Toshkentda Turkiston o„lkasi ijroya qo„mitalarining qurultoyi o„z ishini olib bordi. Unda 74 jamoa tashkilotidan 171 vakil qatnashdi. Shundan 99 tasi Ovrupo millatlariga va 72 kishi tub yerli millatlar vakillariga mansub edilar. Unda ham hokimiyat masalasi muhokama qilindi. Mustafo Cho„qayev mazkur qurultoyda so„zga chiqqan Qo„qon o„qituvchilari Ittifoqining raisi L.S.Nikorinning shovinistik so„zlarini eslab bu qurultoyning qabul qilgan qarorlari mohiyatini ochib bergan edi. Qurultoyda L.S.Nikorin sharmuhayonibir chekkagasurib qo„yib: «Inqilobnirus inqilobchilari, rus ishchilari, rus askarlari qildilar. Shuning uchun Turkistonni 1 «Туркестанский голос», 1917 йил, март, 27-сон. 2 Qarang. Agzamxodjayev S. D Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling