O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
A’zamxo‘jayev S. Turkiston birligi. Т.: Fan, 1995, 5-bet.
11 Butunrossiya Ta‟sis Majlisiga tayyorgarlik, Turkistonda mahalliy fuqarolik muassasalari, o„lkadagi diniy muassasalar, moliya ishlari, oldingi zamonalardan qolgan muassasalami yangilash, oziq-ovqat masalasi, urushga munosabat, mardikorlar masalasi, o„lka «Sho„roi Islomiya» sini tashkil etish, Umumrossiya musulmonlari qurultoyiga vakillar saylash, yer va suv ishlari, maktab, madrasa va vaqf ishlari masalalari qo„yilgan edi. Qurultoy Rossiyada boshqarishning shakli va Turkiston musulmonlarining tashkiliy birdamligi masalasiga alohida ahamiyat berdi. Mazkur masala haqida so„zga chiqqan Ahmad Zaki Validiy federatsiya g„oyasini ilgari surdi. Bu g„oyani Mahmudxo„ja Behbudiy, Obidjon Mahmudov, Muhammadjon Tinishpayev va sotsialist inqilobchi Vadim Chaykinlar qo„lladilar. Jadidlardan Sadri Maqsudiy, Kabir Bakir va boshqalar esa «Demokratik Rossiya Respublikasi» g„oyasini ilgari surdilar. Bu g„oyani Munawar Qori Abdurashidxonov va Ubaydullaxo'ja Asadullaxo„jayevlar quwatladilar. Qurultoy Turkistonning bo„lajak davlat qurilishi masalalariga ham katta e‟tibor berdi. Munawar Qori Abdurashidxonov, Mustafo Cho„qayev va Sadri Maqsudiylar milliy-hududiy boshqarish g„oyasi talabiga qarshi chiqdilar. Ulaming fikricha musulmonlar yer-suv ishlarini boshqarishni o„zlari uddalay olmaydi. Shu bois hozirgacha madaniy-ma‟rifiy masalalardagina muxtoriyatga erishishning o„zi yetarlidir. Umuman ushbu masalada yakdillik bo„lmaydi: Turkiston, Qirg„iziston, Kavkaz va Qrim musulmonlari vakillari qurultoyda federativ jumhuriyat tarafdorlari bo„ladilar. Ular o„zlarini «federalistlar» deb atadilar. Volga bo„yi musulmonlari vakillari esa unitar, ya‟ni yagona, bir butun qo„shma respublika tarafdori bo„lganliklaridan ular «unitaristlar» nomini oldilar. Qurultoy qatnashchilari demokratik va federativ tamoyillar asosida tayyorlanadigan Rossiyaning bo„lajak konstitutsiyasida musulmonlar uchun teng huquqlar ishlab chiqishga chaqirdilar. Mazkur Konstitusiyada barcha viloyatlar qatorida Turkiston o„lkasiga ham keng muxtoriyat maqomini beradigan Rossiya Federativ Demokratik Respublikasining huquqiy asoslanishini ilgari surdilar. Bu g„oyani amalga oshirish uchun Turkiston xalqiga ittifoq, hamkorlik va birlik kerakligini qurultoy qatnashchilari yaxshi bilar edilar. Turkiston o„lkasi musulmonlarining birinchi qurultoyi Markaziy rahbar organ - Turkiston o„lka musulmon sho„rosi (Kraymus - sovet)ni tashkil etish to„g„risida g„oyatda muhim qaror qabul qildi. Uning birinchi 12 majlisida Mustafo Cho„qaev Markazning raisi, Munawar Qori Abdurashidxonov rais muovini, Ahmad Zaki Validiy To„g„on kotib, Mahmudxo„ja Behbudiy, Ubaydulla xo„ja Asadullaxo„jayevlar va boshqalar a‟zo etib saylandilar. Markaziy sho„ro tashkiliy bo„limiga Ahmad Zaki Validiy To„g„on, Farid Tohiriy, Tolibjon Musaboy, Ibn Yamin Yanboyev, Muhammadamin Afandizoda, Nizomiddin Asomiy, Abdusami Qori, Murodxo„ja Solixo„ja, Shokirxo„ja Rahimiy, Tuzel Jonboy, Abdulla Avloniy, Salohiddin Muftizoda, Piri Mursilzoda, Muhammadjon Toshxo„jayevlar kiradilar. Markaziy Sho„ro qoshida tashkil etilgan yana bir muhim bo„lim maorif bo„limi edi. Uning tarkibiga Munawarqori Abdurashidxonov, Zaki Validiy, Burxon Habib, Po„latxon Poshshabekov, Abdulqosim Aminzoda, Abdusami Qori, Rustambek Yusufbek, Ibrohim Tohiriy, Nushiravon Yavushev va boshqalar kiradi. Markziy Sho„ro zimmasiga o„lkadagi barcha tarqoq, bir-biri bilan bog„lanmagan, nizom va dasturga ega bo„lmagan jamiyat va tashkilotlami birlashtirish vazifasi qo„yildi. Bunday jamiyat va tashkilotlar Turkiston o„lkasida juda ko„p bo„lib, ulaming har biri o„zicha mustaqil faoliyat ko„rsatar edi. Zaki Validiy To„g„on faqat Toshkent shahrining o„zida 20 ga yaqin jamiyat va tashkilotlar boiganligini ko„rsatgan edi. Bu tarqoq jamiyat va tashkilotlami birlashtirib boshini qovushtirishda qurultoy qaroriga asosan Markaziy Sho„roning joylarda sho„ba (bo„lim)laming tashkil etilishi g„oyat muhim o„rin tutdi. Samarqand sho„basini Mahmudxo„ja Behbudiy, Farg„ona sho„‟basini Nosirxon To„ra, Toshkent sho„basini Munawar Qori Abdurashidxonov boshqardi. Demokratik ziyolilar va jadidlar ommaga musulmonlaming kuch- qudrati ulaming siyosiy tashkilotidadir, deb tushuntirdilar. Agar ular ana shu siyosiy tashkilotga birlashmas ekanlar, o„z maqsad- muddaolariga erisha olmaydilar, musulmonlaming muxtoriyat uchun kurashi barbodbo„lishi mumkin 1 . Bu borada Zaki Validiy To„g„onning quyidagi fikrlari g„oyatda qimmatlidir: «Ma‟lumki, hozir dunyoda xalq o„z maqsadiga faqat yaxshi jipslikdagina erishadi. Buning uchun tashkilot kerak. Agar xalq tashkilotga ega bo„lmasa, u hech narsaga erisha olmaydi. Yaxshi tashkilotiga ega bo„lmagan millat nafaqat muxtoriyatga munosib emas, balki aksincha, bunday millat o„lim va inqirozga mahkum bo„ladur... Turkiston musulmonlari, qo„lni qo„lga bering. Va hammangiz bir yo„ldan yurib, bu maqsadni 1 «Kengash» gazetasi, 1917-yil, 19-iyundagi soni. 13 ro„yobga chiqaring. Birgalikda quwat, degan so„zni aslo xotiradan chiqarmang» 1 . Umuman olganda, qurultoy 1917-yil fevral inqilobining natijasi o„laroq vujudga kelgan muvaqqat hukumatni qo„llab-quwatlash shiori ostida o„tdi. Tatar jadidlarining faollaridan bo„lgan Sadri Maqsudiy qurultoyda so„zlagan nutqida muvaqqat hukumatni qo„llab-quwatlagani holda turkiy musulmon xalqlari birligi g„oyasini ilgari surdi va buyuk turk saltanatini vujudga keltirishga da‟vat etdi. Turkiston o„lka qurultoyida qatnashgan muvaqqat hukumatning Turkistondagi vakili kadet N.Shchepkin qurultoyni va uning qatnashchilarini tabrikladi. U o„z nutqida qurultoyda ilgari surilgan qoidalar bizning dasturimizga to„la muvofiq keladi va shu boisdan muvaqqat hukumat sizga va sizning qo„llab-quwatlanishingizga ishonadi, deydi N.Shchepkin muvaqqat hukumat nomidan gapirar ekan, sizlaming asosiy vazifangiz Sovetlami emas, balki ta‟sis majlisini himoya qilishdan iboratdir, deb qurultoy qatnashchilarini da‟vat etdi. U bu da‟vatni «Turkistonda davlat hokimiyati kuchsiz, aniqrog„i u yo„qdir» 2 , degan xulosadan kelib chiqib ilgari surgan edi. Xullas, qurultoy muvaqqat hukumatga to„la ishonch bildirdi va mahalliy aholini Milyukov, Kerenskiy atrofida jipslashishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. Turkistonda voqealaming bu tahlitda rivojlanib borishi jadidlaming mehnatkash omma o„rtasida ta‟sir doirasining kuchayib borayotganidan darak berar edi. 0„lka musulmon sho„rosi borgan sayin harakat faoliyatini jadallashtirdi. 1917-yil 12- iyunda uning majlisi bo„ldi va hukumat nizomi qabul qilindi. Mazkur nizomga ko„ra «Sho„roi Islomiya», «Ravnaqul islom», «Mirvaj ul- islom», «Muallimlar jamiyati», «Talabalar jamiyati» kabi musulmon jamiyat va tashkilotlari milliy hamda sinfiy farqlarga qaramasdan viloyat, shahar va uyezd musulmon deputatlari bo„limlari sho„rosi (markaziy sho„rosi)ga bo„linishlari kerak edi. Shunday qilib, Turkiston milliy istiqloli uchun o„lkada barcha musulmonlaming yagona jabha va yakdil qadami qo„yildi. Tarixda ilk bor Turkiston o„lkasi musulmonlari qurultoyi chaqirildi va unda muhim qarorlar qabul qilindi. Qurultoyda asoslangan maqsad va harakatlaming ifodasi o„laroq 1 «Kengash» gazetasi, 1917-yil, 19-iyundagi soni. 2 Q„zR, MDA, S-1044-fond, 1-ro„yxat. 1-ish, 17-varaq. 14 Turkiston musulmonlari Markaziy Sho„ro paydo bo„ldi. Bu tashkilot umum Turkiston jamoatchiligi, ayniqsa, milliy istiqlol harakati uchun kurashning oldingi safida boruvchi, uning ilg„or qismi, xususan, jadidlar tomonidan milliy markaz sifatida tushunildi. Albatta, bu katta muvafaqqiyat edi. Jadidlaming yirik vakillaridan biri Mirmuhsin Shermuhamedovning obrazli ifodasi bilan aytganda, «Turkiston boboy»ning mustamlaka, qullik asoratlaridan tinkasi va sillasi qurib, «qari chol»ning g„aflat va notavonlik uyqusidan uyg„onayotganligini ko„rsatar edi. Albatta, bu hoi Rossiya mustamlakachilarini, shu jumladan muvaqqat hukumatni boshqargan hukmdorlami ham tashvishga solar edi, ular bu jarayonga befarq qaray olmas edilar. Rossiya muvaqqat hukumati Turkistonda mustamlaka tizimini saqlab qolish niyatida dastlab bu yerda eski chor amaldorlarini o„zgartirishga ortiqcha harakat qilmadi. Muvaqqat hukumatda adliya vazirligida ishlagan, keyinchalik Bosh vazir lavozimini egallagan Kerenskiy ham 1915-yildayoq Davlat dumasi majlisida so„zlagan nutqida: «Turkiston bu Tula yoki Tambov gubematorligi emas, unga ingliz va fransuzlar o„z mustamlakalariga qaragandek muomalada boyish» 1 kerakligi to„g„risida maslahat bergan edi. U vazirlar bilan bo„lgan kengashda Buxoro amirligi va Xiva xonligining ham yarim mustaqilligini tugatib, ulami Rossiya batamom «qo„shib» olishni taklif etadi. Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, Buxoro amirligi qoshida muvaqqat hukumat prezidenti va Xivada Rossiya Harbiy komissari lavozimlari tashkil qilindi. Kerenskiyning mahalliy aholiga nisbatan bepisand va shovinistik munosabatdabo„lganliginiquyidagioddiy voqeadanhambilsabo„ladi. Mustafo Cho„qayev Turkiston musulmonlari (Sho„roi Islomiya) ning o„lka sho„rosi raisi etib saylagach, Kerenskiy unga savol bilan murojaat qildi: «Endi siz bu reaksioner ulamo ko„pchiligiga itoat etasizmi?» M.Cho„qayev esa unga «tabiiy, itoat etaman va etamiz» deya javob qaytaradi. Shunda Kerenskiy M.Cho„qayevga «unda yaramas inqilobchi ekansiz» 2 , deydi. Muvaqqat hukumat faqat 1917-yil 31-martga kelib Turkiston general- gubematorligini tugatishga majbur bo„lgan edi va 7-aprelda o„lkani boshqarish uchun muvaqqat hukumatning 9 kishidan iborat Turkiston qo„mitasi tashkil etildi. Buning asosiy sababi shundaki, 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling