O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
Mustafo Cho‘qay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari. (1917-yil xotiralari) - Т.: G„afur G„ulom
nomidagi Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1992, 23-bet. 2 0„zR. MDA, S-47-fond, 1-ro„yxat, 955-ish, 230-varaq. 10 xizmatchilari jamiyatlari; Andijon shahrida «Ozod xalq», «Hurriyat», «Ma‟rifat», «Miftahul maorif» va boshqa tashkilotlar, Samarqandda «Murvajjul Islom», «Klub Islomiya», «Musulmon mehnatkashlari ittifoqi», Kattaqo„rg„onda «Ravnaqul Islom», «Guliston», Xo„jandda «Muinut- tolibon» kabi tashkilotlar va to„garaklar ana shular jumlasidandir. Bundan tashqari o„lkaning katta shaharlarida «Sho„roi Islomiya», «Ulamo», «Turon», «Titor» 1 , «Musklub» («Musulmonlar klubi») kabi tashkilotlar harakat maydoniga keldi. Bu bejiz emas edi, albatta. Chunki jadidchilik harakatining rahnamolaridan biri Mahmudxo„ja Behbudiyning shiori «Haq olinur, berilmas» bo„lsa, Munawar Qori Abdurashidxonov esa: «hurriya olinur, berilmas» der edi. «Sho„roi Islomiya» va yuqorida nomlari tilga olingan tashkilot va jamiyatlar o„z matbuot organlarini tashkil qildilar. Bular: Toshkentda «Xurshid», «Sadoyi Turkiston», «Turon», «Turk eli», «Najot», «Kengash», «Sho„roi Islomiya», «Ulug„ Turkiston»; Samarqandd - «Oyina», «Hurriyat»; Buxoroda - «Turon», «Buxoroi Sharif»; Qo„qonda - «Sadoyi Farg„ona», «Tirik so„z», «Kengash», «Yurt», «Hurriyat»; Farg„onada - «Farg„ona nidosi»; Namanganda - «Farg„ona sahifasi» va boshqa gazeta-jumallardir. Mazkur ommaviy axborot vositalari sahifalarida milliy istiqlol uchun kurash vazifalari omma o„rtasida keng muhokama qilindi, targ„ib etildi. Bu dasturiy vazifalaming asosiy yo„nalishlari «Sho„roi Islomiya» tashkilotining tashabbusi bilan 1917-yil 16-aprelda Toshkentda bo„lib o„tgan Umumturkiston musulmonlari qurultoyida ishlab chiqildi. Unda Turkiston oTkasi mahalliy aholisi vakillaridan 150 kishi ishtirok etdi. Qurultoy hay‟ati tarkibiga Mustafo Cho„qayev, Munawar Qori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo„ja Asadullaxo„jayev, Sherali Lyapin, Toshpo „ latbek Norbo „ tabekov, Sobiij on Yusupov, Ahmad Zaki Validiy, Sodiq Sattorov, Islom Shoahmedov, Serginboy Akayev, Ahmadbek Qo„yboqarov, Abdurahmon 0„razayev, Abduljabbor Mahmudovlar a‟zo edilar 2 . Qurultoy ishida muvaqqat hukumatining Turkiston qo„mitasi rahbari N.Shchepkin va qo„mita a‟zolari A.Davletshin, S.Maqsudiy, M.Tinishpayevlar ham ishtirok etdilar. Kun tartibiga Muvaqqat hukumatiga munosabat, Rossiyada boshqaruv shakli, 1 «Kengash» gazetasi, 1917-yil 9-iyundagi 3-soni; «Najot» gazetasi, 1917-yil 26- mart soni. 2 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling