O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
HCC
. DHH. - Т.: 1996, 149-bet. boshqarish va hokimiyat bizlaming, ruslaming ixtiyoridadir. Mahalliy aholi esa biz ularga nima bersak, shu bilan qanoatlanmog„i kerak» 1 , - degan edi. Mahalliy aholi tili, dini,urf-odati, maqsadi boshqa bo „ lgan Ye vropa millati vakillari boshchiligidagi mazkur sovetlarga ergashmadi, ularga ishonmadi. Mahalliy musulmon aholi asosan islom ulamolari va jadidlarga ergashdilar. Bu davrda jadidchilik harakati Turkistonda ayniqsa keng rivoj topdi. 0„lkaning Toshkent va Qo„qon singari shaharlari jadidchilik harakatining yirik markazlariga aylandilar. Podsholik Rossiya ma‟murlari 1917-yil fevral burjua-demokratik inqilobi arafasida Turkistonda 100 ga yaqin jadidchilik maktablari bo„lganligini ro„yxatga olgan edilar, holbuki, bunday maktablar asr boshlarida o„lkada 50 ta edi, xolos. Yangi usuldagi jadidchilik maktablari Sirdaryo viloyatida - 39 ta, Farg„ona viloyatida - 30 ta, Yettisuvda - 18 ta, Samarqandda - 5 ta edi va hokazo 2 . Ular asosan musulmon ulamolari va jadidlar tashabbusi va rahbarligida tashkil etilgan musulmonlar ishchi, dehqon deputatlari sovetlariga ergashdilar va ulami qo„llab-quwatladilar. Bunday Sovetlar Toshkentning eski shaharida, Samarqand, Sirdaryo, Farg„ona, Andijon va boshqa viloyatlarda tashkil topadi. Musulmon ishchi-dehqon Sovetlari o„z majlislarida harakat birligini ta‟minlash va ommaning siyosiy kurashiga boshchilik qilish maqsadida siyosiy tashkilot tuzishga kirishdi. Ana shunday tashkilotlardan dastlabkisi «Sho„roi Islomiya» edi. 1917-yil 14-martda «Sho„roi Islomiya»ning Toshkentda majlisi bo„ldi. Unda tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi 15 kishidan iborat rayosat saylandi. Rayosatini tuzishda jadidlaming rahbarlaridan biri Munawar Qori Abdurashidxonov faollik ko„rsatadi. Rayosat a‟zoligiga shoir Fitrat, II Davlat dumasining a‟zolari Abulvohid Qori, Mirkomilboy Mo„minov, Ahmadbek Hoji Temirbekov, Ubaydullaxo„ja Asadullaxo„jayev, Shokiijon Rahimiy, Ashurali Zohiriy, Salimxon Tillaxonovlar saylandilar. «Sho„roi Islomiya» va uning markaziy rayosati Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta o„rin tutdi. Turkistonning turli shahar va qishloqlarida «Sho„roi ulamo»ning quyi sho„balari tashkil topdi. «Turon», «Ittihodi taraqqiy» tashkilotlari, 5-martda Eski shaharda ziyolilaming «Yerlilar» qo„mitasi, 8-martda o„qituvchilar, tibbiyot xodimlari, muassasa 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling