O'zbekiston tarixi
-§. Oktabr to‘ntarishi. Turkiston o‘lkasida Sho‘rolar istibdodining
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
2-§. Oktabr to‘ntarishi. Turkiston o‘lkasida Sho‘rolar istibdodining
o‘rnatilishi 1917-yil Petrograddagi iyul voqealari (3—4 iyulda ishchilar namoyishining o„qqa tutilishi) bolsheviklar partiyasining V.I.Lenin rahbarligida hokimiyatni qurolli qo„zg„olon yoii bilan, kuch ishlatib, qon to„kish asosida egallashga azmu qaror qilganligini ko„rsatdi. Ammo iyuldagi «repetitsiya» (mashq) muvafaqqiyat qozonmadi. Bolsheviklar partiyasi qurolli qo„zg„olonni tayyorlash uchun yashirin faoliyat ko„rsatishga o„tdi. Bu faoliyat 1917-yil iyul, oktabr oylarini o„z ichiga oladi. Ana shu muddat davomida V.I.Lenin va bolsheviklar partiyasi Kayzer Germaniyasidan katta miqdorda mablag 1 olib, omma orasida inqilobiy harakatni kuchaytirib yubordi va hokimiyatni qurolli qo„zg„olon yo„li bilan qo„lga olish sari yo„l tutdi. Muvaqqat hukumat iyul oyida V.I.Leninni «Vatan xoini», «nemis agenti» deb bekorga harbiy tribunal sudiga bermagan edi. Sho„rolar davrida yozilgan adabiyotlarda esa bu haqiqat «Lenin va bolsheviklarga tuhmat» deb talqin qilinadi. Ammo oyni etak bilan yopib boimaganidek, dalillardan ham qochib boimaydi. 1992-yilda «Argumenti i fakti» haftanomasining 29-30- sonida V.Miloserdov (Vena)ning «Skolko stoila oktabrskaya revolyutsiya?» («Oktabr inqilobi qanchaga tushgan edi?») maqolasi bosildi. Unda Germaniyaning V.I.Lenin va oktabmi moliyaviy jihatdan ta‟minlanganligi aniqlanganligi qayd etiladi. Mana ulardan ba‟zi birlari: «Telegramma: «1917-yil 21-aprel, Bosh shtab ........................ Tashqi ishlar vazirligida Boshqo„mondonlik shtabi Berlindagi bosh 27 shtabning siyosiy boiimidan quyidagi maiumotni beradi... 1917-yil 17- aprelda Stokgolmdan Shtaynvaxs telegraf qiladi: V.I.Leninning Rossiyaga kirishi ta‟minlanadi. U batamom bizning xohishimiz bo„yicha ishlaydi... Nemis hukumati Lenin xizmatidan mamnun...». «Berlin, 1/4, 1917, Tezda! Maxfiy! ... Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada tashviqot uchun qoidaning 5- bobi, 6-abzasiga asosan 5 million marka ajratmog„i kerak. Imkoni boricha tezroq bajarilishidan minnatdor boiur edim. Davlat kotibi». «Berlin, 9 noyabr 1917-yil. Bugun. ... Tashqi ishlar vazirligi bosh vazir Shreder bilan kelishuvga asosan Rossiyada siyosiy tashviqot uchun 10 million marka ajratilishi kerak... Davlat kotibi». Germaniyaning Moskvadagi elchisi graf Mirbax 1918-yil 18- maydagi telegrammasida Leninning tartib-qoidalari mamlakat ichida qonli totalitar hukmronlik va tashqaridan esa mo„tadil sotsial- inqilobiy kuchlar bilan qoilab-quvatlanishi lozimligini ta‟kidlaydi. Bunga javoban Germaniya davlat kotibi 1918-yil 12-iyunda Rossiya uchun so„ralgan 40 million marka tasdiqlanganini xabar qiladi. Xullas, Germaniya hukumati Lenninga Rossiyada Oktabr to„ntarishini amalga oshirish va bolsheviklar hukmronligini mus- tahkamlash maqsadlari uchun j ami 1 milliardga yaqin nemis markasi hajmida mablag 1 ajratdi. Bu fikmi «Istoriya Rossii» kitobi mualliflari 1 ham asosli dalillar bilan tasdiqlaydilar. Nima sababdan Kayzer Germaniyasi bolsheviklarga muvaqqat hukumatni ag„darishda moddiy yordam berdi?, degan qonuniy savol tug„ilishi tabiiydir. Buning sababi shunda ediki, birinchi jahon urushida uchlik ittifoqida turib jang qilayotgan Germaniya hukumati Antantaning asosiy kuchlaridan boigan Rossiyani safdan chiqarishga Lenin boshliq bolsheviklar timsolida o„zining ishonchli ittifoqchisini ko„rdi. Chunki bolsheviklar imperialistik urushda Rossiyaning yengilishini yoqlashdan iborat Lenincha taktikani maydonga otgan edilar. Rossiyaning urushdagi magiubiyati inqilobiy kuchlar g„alabasini ta‟minlar va Rossiyannig Antanta ittifoqidan chiqib ketishiga olib kelar edi. 0„z navbatida Rossiyaning urushdan chiqib ketishi esa uchlik ittifoqining Antanta kuchlari ustidan g„alaba qozonishiga ko„maklashardi. Xullas, 1917-yil iyuldan oktabrga qadar Muvaqqat hukumat 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling