O'zbekiston tarixi
- §. Amirlik tuzumining
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
10-
§. Amirlik tuzumining ag‘darilishi. Buxoro hududlarining bosib olinishi 1920-yil yanvarida F.Xo„jayev Moskvadan qaytib kelgach, iyunning o„rtalarida ilgari kompartiya safiga kirishdan bosh tortgan «yosh buxoroliklar» partiyasining konferensiyasini chaqirdi. Konferensiya F.Xo„jayev tomonidan yozilgan dastumi qabul qildi. Dasturda yangi jamiyat va davlat qurilishi asoslari ishlab chiqildi, odil sudlov ishlarining asosida shariat qoidalari turishi ko„rsatildi. Bundan tashqari unda yana amirlik tugatilgach, umumiy saylov asosida Ta‟sis majlisi chaqirilishi, demokratik xalq respublikasi tashkil etilishi belgilangan edi. Dastuming asosiy mazmuni RKP (b) dasturidan olingan edi. Shuning uchun ham F.Xo„jayev mahalliy kommunistik partiya rahbarlari bilan o„zi o'rtasidagi kelishmovchilikni hisobga olib, to„g„ridan-to„g„ri Leninga xat yozdi va o„z partiyasini Rossiya kompartiyasiga qo„shib olinishini iltimos qildi. Lenin ushbu xatga ilova qilingan dastur bilan tanishdi va uni RKP (b) Tashkiliy byurosiga topshirdi. Tashkiliy byuro dasturdagi sotsializmga zid boigan g„oyalami hisobga olib, bu partiyani Rossiya kompartiyasiga qabul qilishni vaqtincha kechiktirdi. Nihoyat, bu masala Toshkentda Turkkomissiyaning muhoka- masiga qo„yildi. Turkkomissiya o„zining 1920-yil 3-avgustdagi majlisida markazning ko„rsatmasiga ko„ra «yosh buxoroliklar»ning inqilobiy guruhi bilan Buxoro kompartiyasini birlashtirish masalasini muhokama qildi. Har ikki tomon o„z faoliyati va asl maqsadi to„g„risida axborot berdi. «Yosh buxoroliklar» o„zlarini kommunistik nuqtai nazarda ekanliklarini ko„rsatib, Buxoroda amir hokimiyati ag„darilganidan keyin kompartiya safiga kirish to„g„risida fikr bildirdilar. Ushbu g„oyani hisobga olgan holda turkkomissiya bu ikki partiya hozir birgalikda ittifoq tuzib, amirga qarshi inqilobiy is h olib borishi mumkin, degan mazmunda qaror qabul qildi. Bu qaror sho„ro hukumati va kompartiyasining Buxoroga nisbatan dushmanlik, bosqinchilik va mustamlakachilik harakatini amaliy jihatdan yangi bosqichga ko„tardi. «Buxoroda revolyutsiya yetilib kelayotganligi sababli qurolli qo„zg„olonni tayyorlash va o„tkazishga rahbarlik qilish uchun Harbiy revolyutsion byuro tuzildi. Byuroga Turkfront bosh qo„mondoni M.V.Frunze, «Yosh buxorolik inqilobiylar» markaziy byurosi raisi F.Xo„jayev, Sharqda intemasional targibot 230 olib boruvchi kengashning raisi Geller va Turkiston Kompartiyasi vakili N.To„raqulov kiritildi. Voqealaming rivojlanib borishi shundan dalolat bermoqdaki, Buxoroda hech qanday inqilobiy vaziyat ham, inqilobchilaming o„zi ham bo„lgan emas, u bolsheviklar va ularga aldangan bir guruh «Mahalliy inqilobchilar» tomonidan sun‟iy ravishda tayyorlandi. Nomigagina tuzilgan Buxoro «Harbiy inqilobiy byurosi» Turkfront va uning qo„mondoni M.V.Frunzega bo„ysunar va uning buyrug„ini bajarar edi. Shu bois ham bu soxta «Harbiy inqilobiy byuro»ni «qonunlashtirish» maqsadida 1920-yil 16 avgustda Choijo„yda Buxoro kompartiyasining IV qurultoyi chaqirildi. Qurultoy asosan ikki masalani hal qildi: 1) Amirga qarshi to„g„ridan- to„g„ri urush eion qildi; 2) «Yosh buxoroliklar»ning vaqtinchalik ittifoqini tuzdi. Bu ikki partiya o„rtasida amirga qarshi tuzilgan ittifoq g„ayri tabiiy boidi. Buxorodagi «Yosh buxoroliklar» partiyasi bilan kommunistik partiya o„rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud edi. Shu sababdan hatto «yosh buxoroliklar»ning rahbari F.Xo„jayev qurultoy ga delegat qilib saylanmagan ham edi. Buning ustiga qurultoyda bir guruh kommunistlar (Shayx Hasan Galsev, Mirza Bigram va Abdulla Sa‟dullayev) F.Xo„jayevni xoin sifatida otishga hukm chiqarish taklifi bilan chiqdilar. Kommunist Ergash Darg„a esa minbarga chiqib, cho„ntagidan bir g„aram pul va revolver «smit»ni chiqarib bulami menga Fayzulla Shayx Hasan va Mirza G„ulomni oidirish uchun bergan deb aytdi. Fayzulla Xo„jayevni qurultoyga kooptasiya qilish kerakligi to„g„risidagi takliflar ham boidi. F.Xo„jayev esa qurultoyga kooptasiya qilinib chaqirilsa ham kelmaydi 1 . Qurultoyda asosiy ma‟ruzachi boigan A.Akchurinning yozishicha, uni «yosh buxoroliklar» bilan birlashish masalasida sotqin deb ayblaganlar ham boigan. Abduqodir Muhitdinov boshliq bir guruh kommunist deputatlar hatto qurultoyni tashlab chiqib ketdilar. Bundan ko„rinadiki, qurultoy ikki guruh o„rtasida to„qnashuv maydoniga aylangan, o„ta murosasizlikda o„tgan. Lekin shunga qaramay qurultoyga bosh-qosh boigan V.Kuybishev boshliq bolsheviklar ikki qarama-qarshi guruhni amirga qarshi kurashish uchun bir «ittifoq»qa (blokka) birlashtirishga muvaffaq boidilar. Chunki Turkkomissiya 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling