O'zbekiston tarixi


 Xo'jayev F. Tanlangan asarlar. Uch jiidlik, 1-jild - Т.: Fan, 1978, 249-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Xo'jayev F. Tanlangan asarlar. Uch jiidlik, 1-jild - Т.: Fan, 1978, 249-bet. 
2
 Qilichev F. Zulmatdan sadolar. Т.: Adolat, 1994, 25-bet. 
255


ko„p ko„rsatilsin... Rusiya iqtisodiy siyosatini qoilash va uni amalga 
oshirishdan qochish kerak. 
Boshqaruv va siyosatda esa rahbariy lavozimlarda o„z odamlarimiz 
ishlashiga erishish kerak. 
VKP (b)ni, ulaming mhida ishlayotganimizga ishontirishimiz kerak... 
Rus vakolatxonalarida o„z xufiya kishilarimiz tinmay kuzatish olib borishi 
lozim»
1

Sho„rolar Rossiyasi 1924-yilda 0„rta Osiyoda Milliy davlat 
chegaralanishini amalga oshirgach yagona Turkistonni milliy jihatdan 
parchalab tashladi. Shundan so„ng SSSR Xalq Komissarlari Sho„rosi 1925-
yil 11 dekabrda 136-sonli maxsus qaror
2
bilan 0„zbekiston va Turkmaniston 
hududlarida 1926-yil 1 yanvardan boshlab Buxoro tangalarini chiqarish va 
uni muomalada yuritishni taqiqlab qo„ydi Markaziy Osiyoni har tomonlama 
o„zining poiat panjalari iskanjasiga oldi. F.Xo„jayev bu ishlaming 
hammasiga o„zimizning madaniy-ma‟rifiy saviyamizning pastligi sabab 
bo„lganligini ta‟kidlab yana bir hujjatda quyidagilami yozgan edi: «0„z 
ustimizda ishlamayapmiz, madaniy darajamiz va ma‟naviy qiyofamiz 
achinarli 
holga 
kelib 
qoldi. 
Biz 
ana 
shu 
savodsizligimiz 
va 
madaniyatsizligimiz oqibatida Buxoroni, vatanni boy berib qo„ydik. Shu 
sababli ham o„z vatanimizda rahbarlik ishlarini qo„lga ololmadik va 
mustaqillik yo„lida aql bilan ish yurita bilmadik»
3

F.Xo„jayev Buxoro taqdiri bo„yicha o„z qilgan ishlari, xatti- 
harakatidan qoniqish hosil qilmaydi, yo„1 qo„ygan xatolarini tushunib 
afsuslanadi. Ammo endi kech edi. 
F.Xo„jayevning milliy istiqlol yoiida qilgan xizmatlaridan yana bittasi 
shuki, u turkiy xalqlar milliy ozodligi va mustaqilligining yirik 
bayroqdorlaridan biri boigan boshqirdistonlik Zaki Validiy To„g„on va 
Turkiston jadidlarining sardorlaridan Munavvar Qori Abdurashidxonovlami 
o„z qanoti ostiga oladi. Zaki Validiy To„g„on Boshqirdiston milliy hukumati 
bostirilgach, katta umidlar bilan bu yerga kelgan edi. Munavvar Qori esa 
Turkistondan surgun qilindi. Shu bois u bilan birga «Milliy ittihod» (yoki 
«Ittihodi milliy») ham bu yerga ko„chadi. Ulaming faolligi natijasida 
Buxoroda Markaziy Osiyodagi turkiy musulmon xalqlarining yashirin milliy 
ozodlik tashkilotlarining markazi - ya‟ni Munavvar Qori ta‟kidlaganidek, 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling