O'zbekiston tarixi
Turon tarixi. To'plam. - Т.: 1992, 21-
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
Turon tarixi. To'plam. - Т.: 1992, 21-
bet. 283 Islomiya»dir. U hokimiyatning yangi shakli bo„lib, milliy hokimiyat va istiqlol uchun tinch yo„1 bilan demokratik kurash olib bordi. «Turkiston muxtoriyati» hukumatini tashkil etdi. Ammo bu hukumat bolsheviklar tomonidan qonga botirildi. «Sho„roi Islomiya» millatchi va aksilinqilobiy tashkilot sifatida qoralandi va unga qarshi kurash olib borildi. «Sho„roi Islomiya»ning rahbarlari Munavvar qori Abdurashidxonov boshchiligida sho„ro hukumatining doimiy ta‟qibi ostida faoliyat olib bordilar. 1917-yil 15-mart kuni Munavvar qori hovlisida «Sho„roi Islomiya»ning birinchi tashkiliy majlisi boiib o„tadi. Uning raisligiga Abduvohid qori Abdurauf qori o„g„li, muovinligiga esa Munavvar qori Abdurashidxonov saylanadi. Keyinroq Abduvohid qori Shayxontohur dahasiga qozi qilib saylangach, «Sho„roi Islomiya»ga rais boiib Ubaydullaxo„jaev saylanadi. «Sho„roi Islomiya»ning tashkilotchisi va mafkuraviy asoschisi inqilobdan oldinroq «Toshkent jadidlarining otasi» deb nom qozongan, shaharda katta obro„ga ega boigan Munavvar qori edi. «Sho„roi Islomiya» umummusulmon milliy umumdemokratik va inqilobiy harakat markazi hamda mahalliy boshqaruv idorasi sifatida ish olib bordi. Turkistonning boshqa shaharlarida ham uning boiim va tarmoqlari tashkil topdi. «Sho„roi Islomiya» o„zining dasturiy maqsad va vazifalarini «Najot», «Sho„roi Islomiya», «Kengash», «Hurriyat», «Е1 bayrogi» gazetalari orqali xalqqa yetkazib turdi. Bu maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat edi 1 . - 1. Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, milliy va ijtimoiy jihatdan zamonga muvofiq iqtisodiy islohotlar o„tkazish g„oyalarini keng yoyish; 2. Turkiston musulmonlarini yagona maqsad, maslak va g„oya asosida birlashtirish chora - tadbirlarini ko„rish; 3. Ozod mamlakatning mustaqillik va demokratiyaga asoslangan yangi boshqaruv idora usuli va shakllari haqidagi g„oya hamda maiumotlami to„plab Ta‟sis majlisiga tayyorgarlik ko„rish; 4. Turkistonning shahar, qishloq va ovullarida mitinglar o„tkazish, ijtimoiy-siyosiy va ilmiy xutba (ma‟ruza)lar tashkil qilish; 5. Eski ma‟muriy rahbarlar o„miga yangilarini saylashning demokratik yoilarini targ„ib qilish; Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling