O'zbekiston tarixi
Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qoiyozma. 86-87-betlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qoiyozma. 86-87-betlar. 2 Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qoiyozma. 86-97-betlar. 299 Jadid tashkilotlari mustaqillikka erishishning asosiy yoilaridan biri hukumat va boshqa davlat korxona, idora va muassasalari rahbar kadrlarini mahalliy kadrlar bilan almashtirishdan iborat deb bildi. Shuning uchun ham ular kompartiyaning mahalliylashtirish siyosatidan keng foydalanishga harakat qildilar. Istiqlolchi jadidlar hukumat idoralarini mahalliylashtirish bilan hokimiyatni qoiga olmoqchi boidilar. Shu boisdan «Milliy istiqlol» markazida maxsus tuzilgan «uchlik» mahalliylashtirish bilan shug„ullandi. Uning biri hukumatning mahalliylashtirish komissiyasi bilan yaqindan aloqada boidi. Ikkinchisi, matbuot tahririyatlarida, uchinchisi esa hukumat muassasalarida ishlab o„zlariga yaqin milliy ruhdagi kishilami rahbarlik lavozimlariga ko„tarishga, har xil idora va matbuot organlarida ishlashiga yordam berdi. Hukumatning mahalliylashtirish komissiyasini maium bir muddatda boshqargan Ali Rasulov «Milliy istiqlol» faollaridan biri boigan edi. Bu tashkilot a‟zolarining ko„pchiligi yuqori darajali hukumat va partiya lavozimlarida ishlab, muxolifatlik asosida bolshevistik partiya siyosatiga nisbatan o„zlarining aniq takliflarini bildirib turadilar. Ular kompartiyaning asosiy g„oyasi boigan sinfiy kurashni butunlay inkor etdilar. «Bizlaming, - deb yozgan edi Munavvar qori, - sinfiy dunyoqarashimiz negizida sinflami inkor etish yotadi. Bizlar sinflami bilmas edik, agar yirik burjuaziya deb hisoblanayotgan katta yer egalari va savdogarlaming juda ozgina guruhi hisobga olinmasa, bizlaming ko„z o„ngimizda hamma teng edi... Mana shundan bizning oktabr inqilobidan keyin mamlakat siyosiy hayotida tutgan rolimiz, sho„ro hukumati, yo„qsil diktaturasiga qarshi olib borgan kurashimiz boisa kerak» 1 . «Milliy istiqlobning Namangan boiimini Zaynutdin qori Nasriddinov boshqargan. Bu tashkilot o„z faollari Akram Isma- tullayev va R.B.Rizayev orqali Toshkent va shaxsan Munavvar qori bilan yaqindan aloqada boigan, Markazning ko„rgazma va topshiriqlarini bajarib turgan. Namanganlik istiqlolchilar U.Akramiy, M.G.Dadamuhamedov, F.Ismatullayev, X.B.Rizayev, I.K.Otaboyev, Jamol Sa‟diyev, Nasimjon Mahmudov, F.Usmonov, A.Musaboyev, A.X.G„ofurov, A.Zaynutdinov va boshqalar katta tashkilotchilik ishlarini olib bordilar. Ular omma orasida kompartiyaning ajnabiy- lashtirish, rahbar lavozimlarga esa savodsiz kishilami jalb qilish Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling