O'zbekiston tarixi
Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qo'lyozma. 85-86-betlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Abdurashidxonov M. Xotiralarim. Qo'lyozma. 85-86-betlar. 298 Davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollegiyasi o„zbekistonlik 87 istiqlolchining «jinoiy ishi» to„g„risida chiqargan qarorda shunday deb ko„rsatildi: «1921-23-yillarda «Milliy ittihod»ning ko„pgina a‟zolari joylardagi bosmachilar to„dasi orasida yoki bosmachilar boshliqlari bilan jinoyatkorona aloqada boiib, sovet hokimiyatiga qarshi qurolli kurashni tashkil etishda bevosita qatnashdi». Yana shu ayblov hujjatida «Milliy istiqlol» tashkiloti haqida quyidagilar yozilgan edi: «Bundan tashqari bu tashkilot bosmachilikka nisbatan ijobiy munosabatda boidi. Uning ba‟zi filial (boiim)lari, masalan, Namangan boiimi 1928-1929- yillardagi bosmachilar to„dasining sovet huku natiga qarshi qurolli chiqishlarida qatnashdi» 1 . Istiqlolchi jadidlar e‟tibor bergan asosiy masalalardan biri - milliy ruhni rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat boidi. Bu o„rinda Munavvar qorining o„zi shunday deb yozadi: «Milliy chegaralanish millatchilik (ya‟ni o„zligini anglash - mual.) mayllarining kuchayishiga turtki boidi. Bizlar millatchilikning o„sishini hamma jabhalarda - ommada ham, matbuotda ham, adabiyotda ham, ijtimoiy hayotning hamma sohasida kuzatib turdik. Bu holatdan bizlar milliylikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun foydalanishga azmu qaror qildik... Bizlarga milliy g„oya, milliy r u h n i mustahkamlash va rivojlashtirish sohasidagi targibot ishlarini o l i b borish kommunistik kadrlaming (saviyasi - mual.) past boiganligi sababli oson ko„chdi. Toshkentdagi gazeta va jumallaming redaksiyalarida hamda adabiyotda G„ozi Yunus, Julqunboy (A.Qodiriy), Sanjar, Elbek kabi milliy ziyolilar katta rol o„ynashi bilan birga, salmoqli ta‟sirga ega edilar. Gapning qisqasi, matbuotda milliy ta‟sir kommunistik ta‟sirdan kuchli edi. Masalan, G„ozi Yunus ochiqdan ochiq yozsa, boshqalar o„z milliy g„oyalarini inqilobiy so„zlar ostiga olgan holda, ehtiyotlik bilan yozadi» 2 . Haqiqatan ham 20-yillardagi shoir-u yozuvchilar, matbuot xodimlari va boshqa ijodiy ziyolilar asosini jadidlar tashkil etdi. Shuning uchun ham bu davr adabiyoti va darsliklarida milliylik va milliy ruh kuchli boidi. Bu esa keyinroq jadid va ulaming ta‟sirida boigan ziyolilaming kompartiya tomonidan qatag„on qilinishiga asosiy sabablardan biri boidi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling