O'zbekiston tarixi
O'z RDMXQ arxivi. I-33391-ish, 19-jild, 276a-varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
O'z RDMXQ arxivi. I-33391-ish, 19-jild, 276a-varaq.
302 kechirim so„raganlaridan so„ng qat‟iy ogohlantirilar edilar. Agar bu ish yana ikkinchi marta qaytarilsa yoki ongli ravishda xatolikka yo„1 qo„ysa, xoinlik qilsa, bunday a‟zolar maxsus tuzilgan «uchlik» komissiyasida muhokama qilinishi belgilangan. «Milliy istiqlol» 1929-yilda OGPU tomonidan fosh etildi. 6 noyabrda uning faollaridan 26 kishi qamoqqa olindi. Tez orada jami bo„lib 87 kishi qoiga olindi va rosa bir yil-u besh oy dastlab Toshkent, so„ngra Moskva avaxtaxonalarida qattiq azoblar bilan tergov qilindilar. Nihoyat, 1931 -yil 25- aprelda ulaming ustidan SSSR Birlashgan Bosh Siyosiy Boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollegiyasi «oliy hukm» chiqardi. Hukmni Ayzenberg ismli shaxs o„qib eshittirdi. OGPU sudlov kollegiyasida vatandoshlarmizdan yana boshqa 19 kishining «jinoiy ishi» ham ko„rib chiqildi. Ularga ham «oliy jazo» belgilandi. Kollegiya qarori bilan «Milliy istiqlol» ishi bo„yicha ayblanganlaming 15 tasiga otuv, 6 tasiga 10-yillik konslagerga almashtirish sharti bilan otuv, 25 tasiga 10-yillik, 21 tasiga 5-yillik, 15 tasiga 3-yillik konslagerga yuborish, 3 tasiga SSSRning 12 ta belgilangan shaharlarida yashash huquqidan mahrum qilingan holda qamoqdan ozod qilish, birtasini ajrim qilish haqida hukm chiqarildi. Faqat birgina kishi qamoqdan ozod qilindi. U ham boisa, siyosiy boshqarmaning ayg„oqchisi, xalq xoini Madhiddin Solihovich Muhamedov edi. Chunki, uning GPU oldidagi xizmatlari katta edi. M.S.Muhamedov jadidchilami, o„z o'qituvchilari, qarin- dosh-urugiari, birga o„qigan va bir xonadonda yashagan «do„st- lari»dan ellik kishini ular faoliyatiga «siyosiy baho» berib sotgan edi. 0„rta Osiyo Davlat universiteti Sharq fakultetining 3 kurs talabasi boigan sotqin bu paytda 19 yoshda boiib, Eldirim taxallusi bilan shoir boiish orzusida she‟rlar ham mashq qilib yurgan. Uning siyosiy boshqarmaga yozgan xatlaridan ayrim namunalar millat va Vatan sotqinining qiyofasini ko„z oldimizga keltirishda yordam beradi: «Agar jadidlaming hozirgi mafkurasiga nazar solsak, ular sovet hokimiyatining ashaddiy dushmani ekanliklarini, bu hokimiyat qachon qularkan, deb intiq boiayotganlarini osongina bilib olamiz. Qulashiga esa, ular qat‟iy ishonadilar. Ular sovet hokimiyatining (chet) dushmanlari bilan bir safdadirlar va bu hokimiyatni tugatishda ishtirok etish niyatlari bor. Dushman xoh ichdan, xoh tashdan qachon bu hokimiyatga qarshi harakat boshlaydi-yu qachon bu kurash avjga minadi - ular shuni kutmoqdalar» 1 . 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling