O'zbekiston tarixi


‘zbegim. «Zvezda Vostoka»jumalikutubxonasi.-Т.: 1992, 175-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 0‘zbegim. «Zvezda Vostoka»jumalikutubxonasi.-Т.: 1992, 175-bet.
2
 0‘sha manba, 176-bet.
305


to„ntarishidan 22 kun o„tgach, Zaki Validiy Boshqirdistonda milliy 
muxtoriyat hukumati va milliy qo„shin tuzdi. Sho„ro hokimiyatiga qarshi 
bosh ko„targan Kolchak uni 1918-yil 3-fevralda sho„ro tarafdori sifatida 
qamoqqa oldi. Aprel oyida Z.Validiy qamoqdan qochib chiqib, harbiy vazir 
va hukumat boshlig„i sifatida Boshqirdiston mustaqilligini himoya qildi. 
Nihoyat, 1919-yil 18-fevralda A.Z.Validiy boshliq Muvaqqat hukumati 
RSFSR hukumatiga yordam berish va ittifoqdosh boiishni so„rab murojaat 
etdi. Tez orada «bitim» ham imzolandi. Shundan so„ng u Lenin, Stalin va 
boshqa Kreml rahbarlari bilan 15 oy hamkorlikda ishladi. Lekin bu davrda 
Z.Validiyning milliy masalada markaz bilan kelishmovchiligi jiddiy tus 
oladi. Nihoyat u Bokuda ish olib borgan Sharq xalqlari qurultoyida 
yashirincha borib qatnashadi va u erda Turkiston vakillari (T.Risqulov, 
Munavvar qori, T.Norbo„tabekov va boshqalar) bilan uchrashadi, o„zaro 
muloqot va suhbatlar chogida Sho„rolaming hamma turk-musulmon muxtor 
hukumatlari va xalqlariga nisbatan bir xil mustamlakachilik siyosati olib 
borayotganligi oshkor boiadi. Zaki Validiy 1920-yil 12- sentabrda Lenin, 
Stalin, Troskiy va Rikovga maxsus xatlar yozib, Turkistonning milliy birligi 
g„oyasi uchun ochiq kurashishga ahd qildi. Bu xatlarida A.Z.Validiy sho„ro 
hukumatining Turkiston va Boshqirdistonga nisbatan ikki yuzlamachilik 
siyosatini fosh etib bunday deb yozadi: «SKning bizga qarshi siyosat tuta 
boshlashidan 
anglashildiki, 
siz 
Preobrajenskiy, 
Artem 
va 
ular 
safdoshlarining, ya‟ni haqiqiy millatchi rus shovinistlarining fikrlarini Sharq 
xalqlariga nisbatan olib boradigan siyosatingizning asosi qilib qabul 
etibsiz... Turkkomissiyaning tepasida turgan Frunze va Kuybishev bu 
tashkilotning umumiy yigilishida yerli Turkiston kommunistlariga qarshi olti 
oydan beri riyokor bir siyosat o„tkazib kelayotganini, Turk SIK bilan 
hamkorlikning yasamaligini va faqat Risqulov va uning do„stlari bu 
tashkilotdan chiqqanidan so„nggina bu siyosatning riyokorona ekanligini 
ochiq aytish imkoni hosil boiganini... gapirdilar. Ayni Turkkomissiya 
a‟zolaridan biri esa bulardan ham o„tkazib, yerli Turkiston aholisida sinfiy 
kurashni atayin qizitmoqqa kelishilganini va millatchilar (millatparvarlar 
ma‟nosida - mual.) mahalliy mehnatkash sinfining dushmani deb 
ko„rsatajaklarini, Risqulov va Validov sheriklarini o„sha sinfining dushmani 
qilib o„rtaga chiqarishlarini... bildirgan». U yana bu sinfiy 
306


kurash to„g„risidagi fikrini davom ettirib yozadi: «SK bu xususda qay 
darajada xato yoiga burilib ketganini yaqinda ko„rajak va «sinfiy kurash»ni 
faqat terror va sun‟iy yaratmoq yoiiga kirajakdir... 
Siz mahalliy xalq orasida tabaqalashuv hosil boimayotganini ko„rgach, 
buning uchun mahalliy millatchilami ayblaysiz va hamisha bular orasidan 
bir qismini mehnatkashlaming sinfiy dushmani, boshqalarini esa «soi 
oktabrchi» qilib olib, haligilarini ezasiz. Va galma-gal bu «soi oktabrchi»lar 
«sinfiy dushman»ga chiqarila borib, ezila-ezila mahalliy aholi orasida ziyoli 
sinf bitib, birgina o„qib yoza olmaydigan, faqat eshagi bilan ho„kizi-yu 
belkuragini bilgan yerli dehqon qolgunga qadar bu ish davom etadi»
1

Darhaqiqat, Lenin boshliq Kompartiya MQ va Sho„ro hukumati 
Turkiston oikasida umuman boimagan sun‟iy sinfiy kurash to„g„risidagi 
g„oyani dastlabki kunlardanoq amalga oshirib, ming-minglab gunohsiz tub 
yerli aholini qatag„on qildi. Haqiqiy millatparvar va umuminsoniy 
baynalminalchi boigan Risqulov va uning maslakdoshlarining «milliy 
og„machilikda» aybsiz ayblanishi ham ana shu sun‟iylik mahsuli boidi. 
Amalda Markaziy Qo„mita va Sho„ro hukumati musulmon millatlari 
orasidagi «sinfiy dushmanlar»ga qarshi kurash bahonasida millatning eng 
ilg„or ziyolilarini vaqti-vaqti bilan tugatish yoiidan bordi. Bu jarayon
xususan, 1923-yildan so„ng kuchli tus oldi. 
Shu 1923-yil 9-12 iyun kunlari RKP(b) MQ partiyaning XII qurultoyi 
ko„rsatmalarini hayotga tadbiq etish maqsadi bilan milliy respublika va 
viloyatlar mas‟ul xodimlarining IV kengaytirilgan «kengashi»ni chaqirdi. 
Unda Leninning «mahalliy millat og„ma- chiliklari»ga qarshi kurash 
to„g„risidagi xati asosida «Sulton- G„oliyevning ishi» muhokama qilindi va 
«sinfiy dushman»ga qarshi kurashning asosiy taktik yoilari ishlab chiqildi. 
Ana shu kundan boshlab mahalliy xalqlar orasida «sinfiy dushman»lami 
tugatish kompaniyasi avj oldi. A.Z.Validiy o„z Vatani Boshqirdistonda 
sho„ro hukumatining «sinfiy dushmani»ga aylangach, Turkistondagi kuchlar 
bilan birgalikda Sho'roga qarshi kurashish maqsadida o'zining 60 ming 
kishilik boshqird armiyasi bilan Turkistonga kelgan edi. U dastlab Xivada 
boidi va undan so„ng Buxoroga o„tdi. A.Z.Validiyni katta izzat va hurmat 
bilan kutib olishdi. Unga sho„ro hukumatiga qarshi yashirin ish olib borish 
va tashkiliy faoliyat ko„rsatish 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling