O'zbekiston tarixi
«0‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, Т., 1992-yil 3-aprel
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotiralar. - «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 7-8
1
«0‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, Т., 1992-yil 3-aprel. uchun to„la sharoit yaratildi. A.Z.Validiy mahalliy jadidlaming Turkiston milliy birligi g„oyasini qoilab-quwatladi va uni tashkiliy uyushtirishda katta jonbozlik namunasini ko„rsatdi. Turkistonda jadidlaming yirik namoyondasi Munavvar qori ham «Risqulov guruhi»da va «milliy og„machilik»da ayblanib, Buxoroga surgun qilingan edi. U Buxoro sho„ro hukumatining Xalq maorifi komissarligi kollegiyasi a‟zosi va shahami oziq-ovqat bilan ta‟minlash bo„yicha mas‟ullik vazifasini bajarayotgan edi. A.Z.Validiy va Munavvar qori sobiq «Yosh buxoroliklar» harakatining asoschilari, hukumat rahbarlari Fayzulla Xo„jayev, Mirza Abdulqodir Muhitdinov, U.Abdulhamid, Fitrat, Abdulhamid Orifov va boshqalar bilan hamkorlikda «Turkiston milliy birligi»ni tashkil etish sohasida katta ishlami amalga oshirdilar. 1921-yil boshlaridan boshlab butun Turkiston bo„ylab, shu jumladan, Buxoro, Xiva, Turkmaniston, Qozog„iston, Farg„ona va boshqa hududlarda harakat qilayotgan milliy istiqlol harakati rahbarlari - qo„rboshilar huzuriga maxsus choparlar yuborildi. Shundan so„ng Buxoroga juda ko„p joylardan Turkiston milliy birligi g„oyasi fidoyilari keldilar. Masalan, turkman Qaqajon Berdiev, qozoqlaming Alash 0„rda vakillari Hayritdin Bolg„inboev, Muxtor Avezovlar keldilar. Buxoro yaqinidagi maxsus belgilangan Xargush qishlog„i va sobiq amiming Mohi Xossa saroyida yashirin maslahat kengashlari o„tkazildi. Nihoyat, mavjud sotsialist boimagan va dinga tayanuvchi jadidlar partiyasi, sotsialistik «Erk» partiyasi va qozoqlaming Alash 0„rda partiyasi birlashib «Turkiston milliy birligi»ni tashkil etishga qaror qildilar. Uning yetti moddadan iborat «Umum platformasi»ni A.Z.Validiy ishlab chiqqan edi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Milliy mustaqillikka erishish; 2. Demokratik jumhuriyatni tashkil etish; 3. Milliy armiyani tuzish; 4. Iqtisodiy idora, temir yo„1 qurish, kanallar qazish, Turkistonning asl mustaqillik asoslarini yuzaga keltirish; 5. Maorifni tamoman zamonaviy kamolotga ko„tarish va uni Ovro„pa madaniyatiga tenglashtirish uchun choralar ko„rish; 6. Milliy maktablar, mamlakatning tabiiy boyliklaridan foyda- lanish masalalarini millatlaming o„zaro manfaatlariga mos ravishda hal qilish; 308 7. Dinga to„la hurriyat berib, u bilan dunyoviy ishlami aralash- tirmaslik 1 . Qozoqlar Dinshenni vakil sifatida qoldirib yurtlariga qaytganlaridan so„ng «Jadid» va «Erk» partiyalarining alohida- alohida boigan dasturiy yo„nalishlari ko„rib chiqildi. «Turkiston milliy birligi»ning umumqo„mita raisini saylash masalasi tortishuvlar bilan o„tdi. A.Z.Validiy va boshqird vakillari bu lavozimga Munavvar qorini tavsiya etdilar. Ammo bunga buxorolik faollar qarshi boidilar. Shundan so„ng Sadriddin Ayniy nomzodi tavsiya etildi. Bu taklifga Sadriddin Ayniy agar tashkilot ochiq holatda ish yuritsagina men raislik lavozimida ishlayman deb turib oldi. Munavvar qori esa, yashirin ishlashga ham rozi edi. «Turkiston milliy birligi»ning tashkil topishi va undagi ba‟zi bir kelishmovchiliklami bartaraf etishda turkiyalik qardosh arbob va faollaming xizmatlari katta boidi. Turkiya Buyuk millat majlisi a‟zosi Islom So„fi o„g„li Mustafo Kamol poshshoning topshirigi bilan Buxoroga kelgan edi. U kommunist boiganligi uchun Turkistonda erkin sayohat qila olar edi. Islom So„fi o„g„li 1921-yil 30-iyul kechasi Mirza Abdulqodir Muhitdinovning uyidagi ziyofat yigilishda qatnashdi va to„planganlami murosaga chaqirib, A.Z.Validiyni umumqo„mita raisi etib saylashni tavsiya etdi. Bu nomzod hammaga ma‟qul boidi. Shu oqshom Markaziy qo„mita a‟zolari ham saylandilar. 1921-yil 2-5-avgustda chaqiril- gan «Turkiston milliy birligi»ning ta‟sis kongressida umumqo„mita «0„rta Osiyo milliy musulmon jamiyatlari Federatsiyasi» deb qayta nomlandi. A.Z.Validiy uning raisi etib saylandi. Mazkur kongressda tashkilot ustavining asosiy yo„nalishlari qabul qilindi va uni qiyomiga yetkazib tayyorlash vazifasi topshirildi. Bu Moskva kongressidan keyingi beshinchi (Turkistondagi birinchi) kongress boidi. Navbatdagi kongressni Samarqandda o„tkazishga kelishib olindi. 1921-yil 5-7-sentabrda «Turkiston milliy birligi»ning navbatdagi oltinchi (ikkinchi) kongressi Samarqandda boiib o„tdi. Uning majlislari ehtiyotlik nuqtai nazaridan Ko„zi Haydar degan kishining 1 Zaki Validiy To„g„on. Xotiralar. - «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 7-8- Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling