O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotiralar. «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 9-son
sonlar, 175-bet.
bog„ida, Matrid mahallasidagi bog„chada va boshqa joylarda maxfiy sur‟atda bo„lib o„tdi. Samarqand kongressida «Turkiston milliy birligi»ning 24 banddan iborat Nizomi va Turkiston milliy bayrog„i qabul qilindi. Bayroq qabul qilingan kun - 6 sentabr milliy bayram kuni deb e‟lon qilindi. Turkistonning, millatning bu ozodlik bayrog„i Mahmud Qoshg„ariy asarida ko„rsatilgan saljuqiylar va qoraxoniylar davridagi bayroq asosida, shuningdek, buyuk Amir Temur va uning o„g„illari zamonidagi miniatyuralardan foydalangan holda tayyorlandi. U binafsha rangda boiib besh qizil, to„rt oq yo„1 chizilgan, chetiga ko„k popuk tikilgan. Uni Zaki Validiy, Munavvar qori, To„raqul Jonuzoq o„gii tayyorladilar. Kongressda har bir qo„rboshi huzuriga bittadan siyosiy maslahatchi yuborishga qaror qilindi. Jumladan, Samarqand viloyatining Bosh qo„rboshisi Ochil Payonga Qori Kamol ismlik obroii va o„tkir siyosatchi yuborilgan edi. «Turkiston milliy birligi»ni maium muddat Buxoro Sho„ro respublikasi boshligi Usmon Xo„ja boshqardi. 1922-yili u xorijga chiqib ketishga majbur boidi. 1923- yil 18-20-sentabrda «Turkiston milliy birligi»ning yettin- chi kongressi Toshkentda boiib o„tdi. Bu paytda Turkistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyat juda ham og„ir edi. Sho„ro armiyasi bu davrda o„z g„alabasini tantana qilayotgan edi, yakka kommunisttik hukmronlik mustahkamlangan, Turkistonni parchalash - «milliy» Sho„ro respublikalarini tashkil etish harakati kuchaygan edi. Siyosiy ta‟qib ham avj olgan edi. Shunga qaramay, kongress Toshkentda o„ta ehtiyotkorlik bilan va yashirin holatda o„tdi. Unga o„n olti kishi qatnashdi. GPU kuzatuvida boigan Turkistonning taniqli siyosiy arboblari: Munavvar qori, Alixon Bo„kayxon, Turor Risqulov, Ahmad Boytursun, Muhammadjon Tinishbayev, Mirza Abdulqodir Muhitdinov, Qaqajon Berdiyev va boshqalar bu kongress ishida qatnasha olmadilar. Ammo ular bu kongressda muhokama qilingan masalalardan toia xabardor edilar. Kongressda tashkiliy masala muhokama qilindi va quyidagicha qaror qabul qilindi: «0„rta Osiyo musulmon Milliy Xalq Jumhuriyatlari federatsiyasi» degan nom o„miga oldingi «Turkiston Milliy Birligi» degan nomning o„zi tiklandi; «Alash 0„rda» o„miga «G„arbiy Turkiston» nomini qoilash; Turkiston masalasini Rossiyaning eski masalasi deb emas, balki xalqaro masala deb ko„rsatish; Turkistonning milliy talablarini chet el jamoatchiligiga 310 yetkazish; A.Z. Validiyning Turkistondan chetga chiqib ketganligini inobatga olib, Mustafo Cho„qay bilan birgalikda Turkiston Milliy Birligini chet elda tashkil etish va hokazo. Kongressning uch majlisi uch kecha uch joyda o„tkazildi. Hukumat doirasida va hatto, maxfiy siyosiy polisiya GPU xodimlari orasida ham «Turkiston Milliy Birligi»ning a‟zolari bor edi. Shuning uchun ham kongress tinch-omon, hech qanday xavf-xatarsiz o„tdi. Kongress qatnashchilari A.Z.Validiyning xavfsizligini muhofaza qilish bo„yicha maxsus reja ham ishlab chiqdilar. «Biz uchun, - deb yozadi A.Z.Validiy - Toshkentda va uning yaqin atrofidagi to„rt yerda yashirin joy tayyorlashgandi. Biri bog„ ichida. Ikkinchisi, Beshyog„och mahallasidagi bir uy. Uchinchisi, Keles degan erda yashovchi qozoqlardan Abdurahmon mingboshi nomli kishining uyi. To'rtinchisi, avloqdagi o„z uyimiz. Kunduzlari Kelesda boiib, yigilishlami Beshyog„ochdagi hovlida va o„sha Ivanov bogida o„tkazmoqqa kelishdik» 1 . «Turkiston milliy birligi» Turkistonda bor-yo„g„i uch yil faoliyat ko„rsatadi. Bu qisqa muddat ichida u milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash tarixida katta iz qoldiradi. Eng muhimi, u umumturkiy olam birligi, Turkiston milliy birligi g„oyasini mustahkamlashga, shuningdek, mustaqillikka umummilliy birlik asosida erishish mumkinligi tushunchasini keng omma ongiga singdirish va shakllantirishga samarali hissa qo„shdi. «Turkiston milliy birligi» istiqlolchilik harakati rahbarlari va qo„rboshilar bilan yaqindan aloqada boidi. Ulaming huzurlariga o„z vakillarini tez-tez yuborib turdi va siyosiy rahbarlik qildi. Jumladan, tashkilotning oxirgi kongressi so„nggi kunida ham Sharqiy Buxorodagi ahvol to„g„risida maxsus xabamoma keldi. Unda Anvar Poshsho vafotidan so„ng «bosmachilik urushi»ga Hoji Somiy bilan dogistonlik Doniyolbek rahbarlik qilayotganligi ko„rsatilgan edi. 1923- yil 21-oktabr kechqumn «Turkiston milliy birligi»ning Toshkentdagi rahbar va faollarining so„nggi yigilishi boidi. Bu yigilishda A.Z.Validiyning chet elga chiqib ketishi masalasi muhokama qilindi. Uning o„zi bu haqda quyidagilami aytgan edi: «21-kuni kechqumn o„rtoqlarim to„planishni taklif qilishdi. Eronga 1 Zaki Validiy To„g„on. Xotiralar. «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 9-son, Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling