O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

sonlar, 175-bet.


bog„ida, Matrid mahallasidagi bog„chada va boshqa joylarda maxfiy 
sur‟atda bo„lib o„tdi. 
Samarqand kongressida «Turkiston milliy birligi»ning 24 banddan 
iborat Nizomi va Turkiston milliy bayrog„i qabul qilindi. Bayroq qabul 
qilingan kun - 6 sentabr milliy bayram kuni deb e‟lon qilindi. Turkistonning, 
millatning bu ozodlik bayrog„i Mahmud Qoshg„ariy asarida ko„rsatilgan 
saljuqiylar va qoraxoniylar davridagi bayroq asosida, shuningdek, buyuk 
Amir Temur va uning o„g„illari zamonidagi miniatyuralardan foydalangan 
holda tayyorlandi. U binafsha rangda boiib besh qizil, to„rt oq yo„1 
chizilgan, chetiga ko„k popuk tikilgan. Uni Zaki Validiy, Munavvar qori, 
To„raqul Jonuzoq o„gii tayyorladilar. Kongressda har bir qo„rboshi huzuriga 
bittadan siyosiy maslahatchi yuborishga qaror qilindi. Jumladan, Samarqand 
viloyatining Bosh qo„rboshisi Ochil Payonga Qori Kamol ismlik obroii va 
o„tkir siyosatchi yuborilgan edi. 
«Turkiston milliy birligi»ni maium muddat Buxoro Sho„ro respublikasi 
boshligi Usmon Xo„ja boshqardi. 1922-yili u xorijga chiqib ketishga majbur 
boidi. 
1923- 
yil 18-20-sentabrda «Turkiston milliy birligi»ning yettin- chi 
kongressi Toshkentda boiib o„tdi. Bu paytda Turkistonda ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat juda ham og„ir edi. Sho„ro armiyasi bu davrda o„z g„alabasini 
tantana qilayotgan edi, yakka kommunisttik hukmronlik mustahkamlangan, 
Turkistonni parchalash - «milliy» Sho„ro respublikalarini tashkil etish 
harakati kuchaygan edi. Siyosiy ta‟qib ham avj olgan edi. Shunga qaramay, 
kongress Toshkentda o„ta ehtiyotkorlik bilan va yashirin holatda o„tdi. Unga 
o„n olti kishi qatnashdi. GPU kuzatuvida boigan Turkistonning taniqli 
siyosiy arboblari: Munavvar qori, Alixon Bo„kayxon, Turor Risqulov, 
Ahmad Boytursun, Muhammadjon Tinishbayev, Mirza Abdulqodir 
Muhitdinov, Qaqajon Berdiyev va boshqalar bu kongress ishida qatnasha 
olmadilar. Ammo ular bu kongressda muhokama qilingan masalalardan toia 
xabardor edilar. 
Kongressda tashkiliy masala muhokama qilindi va quyidagicha qaror 
qabul qilindi: «0„rta Osiyo musulmon Milliy Xalq Jumhuriyatlari 
federatsiyasi» degan nom o„miga oldingi «Turkiston Milliy Birligi» degan 
nomning o„zi tiklandi; «Alash 0„rda» o„miga «G„arbiy Turkiston» nomini 
qoilash; Turkiston masalasini Rossiyaning eski masalasi deb emas, balki 
xalqaro masala deb ko„rsatish; Turkistonning milliy talablarini chet el 
jamoatchiligiga 
310


yetkazish; A.Z. Validiyning Turkistondan chetga chiqib ketganligini 
inobatga olib, Mustafo Cho„qay bilan birgalikda Turkiston Milliy Birligini 
chet elda tashkil etish va hokazo. 
Kongressning uch majlisi uch kecha uch joyda o„tkazildi. Hukumat 
doirasida va hatto, maxfiy siyosiy polisiya GPU xodimlari orasida ham 
«Turkiston Milliy Birligi»ning a‟zolari bor edi. Shuning uchun ham 
kongress tinch-omon, hech qanday xavf-xatarsiz o„tdi. Kongress 
qatnashchilari A.Z.Validiyning xavfsizligini muhofaza qilish bo„yicha 
maxsus reja ham ishlab chiqdilar. 
«Biz uchun, - deb yozadi A.Z.Validiy - Toshkentda va uning yaqin 
atrofidagi to„rt yerda yashirin joy tayyorlashgandi. Biri bog„ ichida. 
Ikkinchisi, Beshyog„och mahallasidagi bir uy. Uchinchisi, Keles degan erda 
yashovchi qozoqlardan Abdurahmon mingboshi nomli kishining uyi. 
To'rtinchisi, avloqdagi o„z uyimiz. Kunduzlari Kelesda boiib, yigilishlami 
Beshyog„ochdagi hovlida va o„sha Ivanov bogida o„tkazmoqqa kelishdik»
1

«Turkiston milliy birligi» Turkistonda bor-yo„g„i uch yil faoliyat 
ko„rsatadi. Bu qisqa muddat ichida u milliy ozodlik va mustaqillik uchun 
kurash tarixida katta iz qoldiradi. Eng muhimi, u umumturkiy olam birligi, 
Turkiston milliy birligi g„oyasini mustahkamlashga, shuningdek, 
mustaqillikka umummilliy birlik asosida erishish mumkinligi tushunchasini 
keng omma ongiga singdirish va shakllantirishga samarali hissa qo„shdi. 
«Turkiston milliy birligi» istiqlolchilik harakati rahbarlari va 
qo„rboshilar bilan yaqindan aloqada boidi. Ulaming huzurlariga o„z 
vakillarini tez-tez yuborib turdi va siyosiy rahbarlik qildi. 
Jumladan, tashkilotning oxirgi kongressi so„nggi kunida ham Sharqiy 
Buxorodagi ahvol to„g„risida maxsus xabamoma keldi. Unda Anvar Poshsho 
vafotidan so„ng «bosmachilik urushi»ga Hoji Somiy bilan dogistonlik 
Doniyolbek rahbarlik qilayotganligi ko„rsatilgan edi. 
1923- 
yil 21-oktabr kechqumn «Turkiston milliy birligi»ning 
Toshkentdagi rahbar va faollarining so„nggi yigilishi boidi. Bu yigilishda 
A.Z.Validiyning chet elga chiqib ketishi masalasi muhokama qilindi. Uning 
o„zi bu haqda quyidagilami aytgan edi: «21-kuni kechqumn o„rtoqlarim 
to„planishni taklif qilishdi. Eronga 
1
Zaki Validiy To„g„on. Xotiralar. «Sharq Yulduzi» jumali, 1993-yil, 9-son, 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling