O'zbekiston tarixi


partiya maktabi o„qituvchisi Muhiddin Husanov, Farg„onadagi 0„zbekiston


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix


partiya maktabi o„qituvchisi Muhiddin Husanov, Farg„onadagi 0„zbekiston 
Markaziy Pedagogika texnikumi o„qituvchisi, komsomol Turg„un Parpiyev, 
Farg„ona viloyat Maorifi bo„limining mudiri, komsomol Abdulla Xolmatov 
va boshqalar ana shular jumlasidandir. Tergov ishining boshlig„i Solovev, 
tergovchi Gaynutdinov edi.A.Zohiriy tergov chog„ida quyidagi ko„rsatmani 
bergan: 
I. «Biz tashqaridan (Sho„rolarga qarshi kurashni va 0„zbe- kistonni 
Ittifoqdan ajratib olish uchun - muall.) yordam olish uchun 0„zbekiston 
boiimi Eron, Afg„oniston, Turkiya va Angliya bilan yaqindan 
maslahatlashish kerak edi. «Botir gapchilar» yigilishda aytadiki, ular bilan 
aloqa bogiagach, u yerga o„qituvchilar yuborish kerak... 
П. «Botir gapchilar»ning a‟zolari quyidagilar edi: ular o„zbek 
millatchilari boiib, o„z harakatlari bilan butun 
0
„zbekistonga tanilgan 
tashkilotdir... 
445


III. 1925-1926-yillarda yer islohoti davrida «Yangi Farg„ona» 
gazetasida islohot haqida izchillik bilan maqolalar chiqarganman. 
Maqolalarimda islohot noto„g„ri boryapti, bu siyosatga qo„shilib boimaydi, 
yer hammaga - boylarga ham kambag„allarga ham teng boiishi kerak. Yemi 
tortib olish aholini qashshoq qiladi, hamma ham yerdan to„g„ri foydalana 
olmaydi, uni haqiqiy dehqonlarga berish lozim... Shu sababli gazeta 
sotishdan to„xtatilgan»'. 
Ko„rinib turibdiki, A.Zohiriyning mazkur ko„rgazmalarida na 
millatchilik, na aksilinqilobiy va na aksilsho„raviy qarashlardan zarracha 
boisada nishona yo„q. Aksincha u salkam 70-yil ilgari «mustaqil», 
«suveren» davlat oiaroq 
0
„zbekistonga eng ogir muammolardan biri yer 
masalasini oqilona hal qilish va mustaqil tashqi siyosat olib borishning 
birdan bir dono yoiini ko„rsatib bergan edi. 
A.Zohiriy taqdirini hal qilishda «Botir gapchilar» guruhining a‟zosi 
Yoqub Omonovning 1931-yil 31-avgustda Davlat Xavfsizlik Qo„mitasi 
tergovchisining so„roqlariga bergan javobi hal qiluvchi o„rin tutdi. Biz uni 
zamondoshlarimizga saboq boiib xizmat qili- shini nazarda tutib batafsilroq 
keltiramiz: 
«- Zohiriyni qayoqdan bilasiz? 
- 1918-yilda uning qoiida o„qiganman, tarbiya topganman. U orqali 
«Botir gapchilar»ga a‟zo boiganman. 
- Zohiriy Qo„qonda sizga «Botir gapchilar» aksilinqilobiy millatchilik 
tashkiloti tarkibidagi partiya rahbarlari xususida nimalar degan?
- Bu aksilinqilobiy tashkilotning II yigilishida Ashurali Zohiriy 
tashkilotga Lutfulla Alimov (jumalist), Maxsumov (Qo„qon okrug partiya 
qo„mitasi kotibi)ni yollash zarurligi haqida gapirdi. 
0„zbekiston Xalq Komissarlari Kengashi raisining muovini Abdulla 
Karimovni ham yollashni buyurib, L.Alimiy nomzodini tashkilot raisligiga 
o„zim ko„rsataman, dedi. 
Shunda A.Zohiriy hech tap tortmay: Bu nomzod okrug bo„yicha ish 
ko„rishi kerakligi uchun, u tashkilot faoliyatini jumhuriyat miqyosigacha 
olib chiqib, tarkibni kengaytiradi, faoliyatni hatto Abdulla Karimovgacha 
yetkazib, uni yollaydi. U A.Karimov orqali Akmal Ikromovni ham 
tashkilotimizga yaqinlashtiradi. Biroq bu takliflar yigilishda muhokama 
etilmadi... 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling