O'zbekiston tarixi


 Islom Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. - Т.: 0‘zbekiston, 1996


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Islom Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. - Т.: 0‘zbekiston, 1996, 
81-bet.
494


997.802 nafar
1
edi. Ana shu turkistonlik Qizil Armiya askarlarining 
kattagina qismi nemislar tomonidan asir olindi. To„rg„ay shahrida 
joylashgan Germaniya harbiy asirlari Boshqarmasining 1943-yilda bergan 
maiumotlariga qaraganda, urushning dastlabki yillaridayoq (1941-1942) 
Sovet Armiyasidan 1.700.000 ga yaqin turkistonlik asir olindi. 1942-yilning 
yoziga qadar bulardan faqat 400 ming
2
kishi hayot qoldi, qolganlari ochlik, 
kasallik, sovuq tufayli qirilib ketdi, bir qismi otib tashlandi. «Turkiston 
legioni»ning asosini ana shu asirlar tashkil etdi. 
Urushning boshidayoq bunchalik ko„p sonlik turkistonlikning 
nemislarga asir tushganligining sababi nimada? Albatta sabablar ko„p. Ana 
shu sabablardan eng birinchisi, turkistonliklar Sovet hokimiyati yillarida 
muntazam armiyada xizmat qilish malakasidan mahrum etilgan edilar. 
Aniqrogi, urush boshlangan davrda 0„rta Osiyo respublikalarining 
birontasida muntazam milliy armiya boimagan. Chunki, Sho„rolar turkiy 
xalqlarga ishonmas, ulami ikkinchi toifa xalq hisoblar, eng muhimi, ulardan 
qo„rqar edi. Shu bois turkiy xalqlaming milliy armiyasini yo„q qildi. 1935- 
yil oxirlariga qadar Turkiston turklari Sovet armiyasiga safarbar qilinmas 
edi. 1935-yilda qabul qilingan «Sovet Armiyasiga safarbarlik» qonuniga 
asosan 1935-1938-yillar ichida turkistonliklar Qizil Armiya xizmatlariga bir 
oz boisa-da olingan edi. 1939- yilning oxirlariga kelganda turkistonliklardan 
armiyaga olish ancha ortdi. Chunki, Sovet Ittifoqi bilan Finlyandiya 
o„rtasida umsh boshlangan edi. 1941-yil iyunda Germaniya bilan Sovet 
Ittifoqi o„rtasida umsh boshlangandan so„ng esa, Turkiston turklarini 18 
yoshdan 65 yoshgacha hammasini yoppasiga umshga safarbar qilindi. 
Maiumotlarga qaraganda 1941-1943-yillar davomida tax- minan, 4.847.775 
turkistonlik
3
Sovet Armiyasiga jalb etilgan edi. Ulaming aksariyati hech 
qanday tayyorgarliksiz front jabhasining oldingi chizig„iga tashlangan 
edilar. Toshkent, Samarqand, Qarshi, Termiz va boshqa shaharlarda Milliy 
gvardiya va diviziyalar tashkil qilinib, ularga hech qanday harb ilmi 
o„rgatilmay va maxsus tayyorgarlikdan o'tkazilmasdan armiyaga jo„natildi. 
Bu ishda ham mustamlakachilikning o„ziga xos shovinistik maqsadlari o„z 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling