O'zbekiston tarixi
' Karimov Sh. G‘alabaga qo‘shilgan hissa. - Т.: 0‘zbekiston, 1990, 110-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
' Karimov Sh. G‘alabaga qo‘shilgan hissa. - Т.: 0‘zbekiston, 1990, 110-bet.
2 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. - Т.: 0‘zbekiston, 1996, 80-bet. 489 qahramonlik ko„rsatganlar orasida 0„zbekistonda tuzilgan harbiy qismlar - 44-kavaleriya diviziyasi, 21-kavaleriya diviziyasi, 259- o„qchi diviziyasi va boshqalar ham bor edi. 44-kavaleriya divi- ziyasining jangchi va komandirlaridan 106 kishi SSSR ordenlari va medallari bilan mukofotlandi. 21-kavaleriya diviziyasi jangda ko„rsatgan qahramonliklari uchun 14- gvardiyachi kavaleriya divi- ziyasiga aylantirildi. 259-o„qchi diviziyasi gvardiyachi diviziya nomini oldi. Moskva uchun jang qilgan I.V.Panfilov nomidagi mashhur 8- gvardiyachi diviziyaning shaxsiy tarkibida o„zbekistonlik baho- dirlar Zarif Ibrohimov, G„ulom Abdukarimov va boshqalar mislsiz jasorat ko„rsatdilar. Yovuz dushmanga nafrat hatto o'zbekistonlik ayollarimizni ham qoiga qurol olib jangga otlantirdi. 0„zbekistonlik Zebo G„aniyevaning Moskva himoyasi uchun ko„rsatgan jasorati tillarda doston boidi. Zeboxon xalq ko„ngillilari safida Moskva mudofaasiga otlandi. U o„z hayotini bir necha bor xavf ostida qoldirib razvedkachilar safida 12 marta «til» (dushmanning rejalari - planini bilib olish maqsadida tirik asir tutib kelish) operasiyatsida ishtirok etib shuhrat qozondi. Zebo G'aniyeva jang maydonlarida 28 fashistni yer tishlatdi. «Qizil bayroq» ordeni bilan mukofotlandi. Jami boiib, Moskva himoyasi uchun olib borilgan janglarda qatnashgan o„zbekistonlik askar va ofitserlardan 1753 kishi SSSR Oliy Sovetining Farmoni bilan «Moskva mudofaasi uchun» medaliga sazovor boidi. Fashistlaming yashin tezligidagi urush rejasi Moskva ostonalarida sharmandalarcha barbod boidi. Dushman Stalingrad yo„nalishida jangga o„tdi. Minglaming biri sifatida respublika oqsoqoli Yoidosh Oxunboboyev Stalingrad jangi arafasida o„zbek jangchilariga quyidagicha murojaat qildi: «Sovet Ittifoqining qahramoni, fashistlar istehkomini tanho o„zi zabt etgan Qo„chqor Turdiyevning tarixiy qahramonligi mamlakatimiz xalqlari tilida doston boimoqda. Beshariqlik Sirojiddin Valiyev, toshkentlik kolxozchi Rustambekov, To„qimachilik kombinatining ishchisi chavandoz Ahmad Doliyev, buxorolik Xayitov, ota-bobolarining mardlik xislatlarini o„zida gavdalantirgan boshqa yuzlab sher yigitlarimizning nomini xalqimiz hamisha faxr va ehtirom bilan tilga oladi... Besh marta jangga kirganida uch yuzdan ko„p gitlerchini qirib tashlagan bahodir farzandi Xayitovga xalqimiz: «Balli, azamat, dushmanga omon bermay qira 490 ber, yenga ber, yengilma» deydi. Chunki o„zbek xalqi o„z farzandlariga «mard boisang, kuchingni maydonda ko„rsat» deb taiim beradi» 1 . 0„zbekistonliklar Stalingrad ostonalarida jangning oldingi saflarida boidilar. Natijada 0„zbekistonning 2788 jangchisiga «Stalingrad mudofaasi uchun» medali 2 topshirildi. Stalingrad jangida «qish qahratonidan yengilgan» dushman g„alaba qilish ishtiyoqida 1943-yilning iyul oyi boshida 232-diviziya bilan Kursk- Oryol-Belgorod yoyi bo„ylab hujumga o„tdi. Ammo dushman bu yerda ham yengilib, fashistlar Germaniyasi halokat yoqasiga yaqinlashib qoldi. 0„zbekistonlik mard jangchilar Ukraina v«_ Belorussiya, Kavkaz va Boltiqbo„yi yerlarini dushmandan ozod qilishda, qamalda qolgan Leningradni himoya qilish, xullas, SSSRni dushmandan tozalash, qardosh Yevropa xalqlariga yordam qoiini cho„zishda hamda gitlerchilar fashizmini o„z uyasida tor-mor keltirishda qahramonlik namunalarini ko„rsatdilar. Faqat 1944-yilda fashistlardan Kavkaz yerlarini ozod qilishda mardlik va jasurlik namunalarini ko„rsatganliklari uchun o„zbekistonlik jangchilardan 2974 kishi Sovet Ittifoqining orden va medallari bilan taqdirlangan edi. Qizil Armiyaning 1944-yildagi umumiy hujumi davrida o„zbekistonlik jangchilardan 78 bahodir Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boiadi, bular orasida Farg„ona oblastidan Abdusalom Dehqonboyev, andijonlik Ostonaqul Shokirov, samarqandlik Elboy Qoraboyev va boshqalar bor edilar. Qahramon o„zbek o„g„loni Ostanaqul Shokirov litvaliklar uchun, ayniqsa qadrdon va aziz boiib qoldi. Litva tuprog„ini fashistlardan ozod qilishdagi jasurligi hurmati uchun Ostonaqul Shokirovga atab Vilnyusdagi 27-maktab kollektivi muzey tashkil qildilar 3 . 0„zbek xalqi fashist gazandalaridan Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Albaniya hamda Germaniya xalqlarini ozod qilishda qatnashib, o„zining baynalmi- lalchilik burchini ado etgan, asl farzandlari bilan haqli sur‟atda faxrlanadi. Bular orasida Qizil Armiya generallari, Sovet Ittifoqi Qahramonlari Mullajon Uzoqov va Fayzulla Norxo„jayevlar alohida e‟tiborga loyiqdir. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling